Kimyoviy texnologiya


Sintetik dizel yoqilg’isini ishlab chiqarish



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/53
tarix27.01.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#83177
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53
polimerbenzin olish jarayoni tahlili va uni samaradorligini oshirish yollar

Sintetik dizel yoqilg’isini ishlab chiqarish 

 

Sintetik  dizel  yoqilg’isini  ishlab  chiqarish  uchun  xomashyo  bo’lib  o’simlik 

moylari  (raps,  soya)  hamda  hayvon  yog’larini  ishlab  chiqarish  sanoatining 

chiqindilari  xizmat  qiladi.  Eng  mashhur  biodizel  yoqilg’isi  bo’lib  raps-metil  efiri 

(RME)  hisoblanadi,  uni raps  moyini  metanol bilan qayta etirifikastiyalab oladilar, 

u yuqori stetan soni va yuqori alangalanish harorati bilan tavsiflanadi, bu esa uning 

yong’inga  xavfsizligini  oshiradi.  Neftdan  olingan  dizel  yoqilg’isiga  qaraganda 

RME  eng  yaxshi  surkovlash  qobiliyatiga  ega.  Shu  bilan  birga  RME  past  yonish 

issiqligi  37500  kDj)  kg  (neft  dizel  yoqilg’isi  -  42000-43000  kDj/kg)  bilan  farq 

qiladi,  bu  dvigatel  quvvatining  pasayishiga  olib  keladi.  Hozirgi  vaqtda  RME  neft 

dizel yoqilg’isiga qo’shimcha sifatida qo’llanilishi mumkin.  

 

Yog’  kislotalarning  monoalkilefirlariga  asoslangan  biodizel  yoqilg’isini 



spirtning (odatda metanolning) hayvon yog’lari yoki o’simlik moylari bilan o’zaro 

ta’siri  natijasida  yoqilg’iga  ASTM  va  ERA  tomonidan  qo’yiladigan  standartlarni 

qoniqtiradigan oksigenizir-langan kimyoviy mahsulotlarni hosil qiladi.  

 

Bioalkanlarga  asoslangan  biodizel  yoqilg’isini  biomassa  manbalarini 



vodorod  va  katalizator  ishtirokida  termik  depolimerlash  bilan  oladilar.  Jarayonda 


vodorod triglisterid molekulasiga xuddi metanol kabi kirib oladi, ammo murakkab 

efirlarni  emas,  balki  past  haroratli  xossalarga  ega  bo’lgan  to’yingan  uzun  zanjirli 

uglevodorod molekulalarini hosil qiladi.  

Dizel  yoqilg’isi  sifatida  dimetil  efiri  (DME)  qo’llanilishi  mumkin.  U  past 

miqdorda  oltingugurtrtning  borligi  (5  rrm  gacha),  aromatik  uglevodorodlarning 

yo’qligi,  yuqori  stetan  soni  (55-60  birligi),  past  qotish  harorati  bilan  farq  qiladi. 

Ammo  DME  bu  gaz  bo’lib  AYoQSh  da  qo’yishning  maxsus  sistemasini, 

avtomobilda uni xavfsiz saqlashni hamda yonish kamerasiga uni etkazib berishning 

maxsus  sistemasi  bo’lishini  talab  qiladi.  Bundan  tashqari  DME  past  yonish 

issiqligiga ega -24800k Dj/kg, bu esa uning sarfini 1,5-1,6 martaga oshiradi. 





Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə