Kimyoviy texnologiya


O‘zbekiston gaz konlarini o‘zlashtirishning yangi bosqichi



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/53
tarix27.01.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#83177
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53
polimerbenzin olish jarayoni tahlili va uni samaradorligini oshirish yollar

O‘zbekiston gaz konlarini o‘zlashtirishning yangi bosqichi 

Neft-gaz  sanoati  O‘zbekiston  iqtisodiyotining  yetakchi  tarmoqlaridan  biri. 

Ushbu soha taraqqiyoti mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligi, sanoatining yuksalishi 

va xalqimiz farovonligi yanada oshishida muhim omil bo‘ladi. 

Prezidentimiz  Islom  Karimovning  2015-yil  4-martdagi  «2015-2019-yillarda 

ishlab  chiqarishni  tarkibiy  o‘zgartirish,  modernizatsiya  va  diversifikatsiya  qilishni 

ta’minlash  bo‘yicha  chora-tadbirlar  dasturi  to‘g‘risida»gi  farmonida  neft-gaz 

sanoatini  rivojlantirishning  yangi  istiqbollari  belgilab  berilgan.  Ushbu  hujjatga 

muvofiq  neft-gaz  sanoatida  tabiiy  gaz  va  gaz  kondensatini  chuqur  qayta  ishlash 

asosida  yuqori  qo‘shimcha  qiymatga  ega  mahsulot  ishlab  chiqarish  hajmini 

oshirish  va  turini  kengaytirish,  eksportni  ko‘paytirish,  mavjud  quvvatlarni 

modernizatsiya qilish va yangilarini barpo etish ishlari amalga oshirilmoqda. Joriy 

yilda  umumiy  qiymati  20,6  milliard  dollarlik  38  investitsiya  loyihasini  bajarish 

rejalashtirilgan.  Buxoro  viloyatida  joylashgan  Qandim  gazkondensat  konlari 

guruhini  o‘zlashtirishdagi  asosiy  ishlab  chiqarish  obyekti  hisoblangan  Qandim 

gazni qayta ishlash majmuasi ulardan biridir.  

“O‘zbekneftgaz”  milliy  xolding  kompaniyasi  Rossiyaning  «LUKOYL»  neft 

kompaniyasi  bilan  hamkorlikda  “Qandim-Havzak-Shodi-Qo‘ng‘irot”  mahsulotini 

taqsimlash  to‘g‘risidagi  bitim  doirasida  Qandim  gazkondensat  konlari  guruhini 



o‘zlashtirish  loyihasini  amalga  oshirmoqda.  Ushbu  guruhga  Qandim,  Quvachi-

Olot,  Oqqum,  Parsanko‘l,  Xo‘ja  va  G‘arbiy  Xo‘ja  kabi  oltita  gazkondensat  koni 

kiradi.  

Qandim  gazni  qayta  ishlash  majmuasi  tarkibiga  yiliga  8,1  milliard  kub  metr 

tabiiy gazni qayta ishlash quvvatiga ega zavod, shuningdek, 114 qazish qudug‘i, 11 

maxsus  maydon  va 4  yig‘uv punktini  o‘z ichiga olgan  tabiiy  gazni to‘plash tizimi 

kiradi.  Bundan  tashqari,  370  kilometr  gaz  quvuri,  160  kilometr  avtomobil  yo‘li 

qurish  rejalashtirilgan.  Majmua  va  infratuzilma  obyektlarini  barpo  etishga  7 

mingga yaqin kishi jalb etiladi.  

– Bu kompaniyamizning O‘zbekistondagi eng yirik investitsiya loyihasidir, – 

dedi  «LUKOYL»  kompaniyasi  prezidenti  Vagit  Alekperov.  –  Uskunalar  yetkazib 

berish, gazni qayta ishlash majmuasini qurish va Qandim konlar guruhini jihozlash 

bo‘yicha shartnoma qiymati 2,7 milliard dollarni tashkil etadi. Dastlabki bosqichda 

ushbu  loyihaga  yo‘naltiriladigan  jami  investitsiya  hajmi  3,3  milliard  dollar 

miqdorida  baholanmoqda.  Bu  yerga  eng  yaxshi  mutaxassislar  va  zamonaviy 

texnologiyalar  jalb  etiladi,  ishlab  chiqarish  xavfsizligi,  mehnat  va  atrof-muhitni 

muhofaza qilishga doir barcha standartlarga rioya etiladi.  

Muxtasar  aytganda,  Qandim  gazni  qayta  ishlash  majmuasining  barpo  etilishi 

O‘zbekiston  gaz  konlarini  o‘zlashtirishni  yangi  bosqichga  ko‘taradi.  Markaziy 

Osiyodagi  yirik  ishlab  chiqarish  majmualaridan  biri  bo‘lgan  ushbu  zavodda  2 

mingdan ziyod doimiy ish o‘rni yaratiladi. 

Toshkentda  “Sho‘rtan  gaz-kimyo  majmuasida  tozalangan  metan  asosida 

sintetik  suyuq  yonilg‘i  ishlab  chiqarish”  loyihasiga  bag‘ishlangan  kreditorlar 

forumi bo‘lib o‘tdi. 

Anjumanda  eksport-kredit  agentliklari,  xalqaro  neft-gaz  kompaniyalari, 

moliya  tashkilotlari,  qator  xalqaro  institutlar  vakillari  qatnashdi.  Tadbir 

“O‘zbekiston  GTL”  qo‘shma  korxonasining  “Oltin  yo'l  GTL”  zavodini  loyihaviy 

moliyalashtirish masalalariga bag‘ishlandi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  iqtisodiyot  vaziri  G.Saidova,  “O‘zbekiston  GTL” 

qo‘shma  korxonasi  bosh  direktori  J.Von  va  boshqalar  Prezident  Islom  Karimov 




rahnamoligida  iqtisodiyotning  barcha  tarmoqlarini,  jumladan,  neft-gaz  sohasini 

rivojlantirish, soha taraqqiyotiga xizmat qiladigan qulay sarmoyaviy muhit yaratish 

borasida  amalga  oshirilayotgan  keng  ko‘lamli  ishlar  yuksak  samaralar 

berayotganini alohida ta’kidladi. Sohada yangi korxonalar barpo etilib, mavjudlari 

zamon 

talablari 



asosida 

modernizatsiya 

qilinmoqda. 

Ishlab 


chiqarish 

samaradorligini oshirish, ichki bozorda mahalliy mahsulotlar ulushini ko‘paytirish, 

mahalliylashtirishni 

kengaytirish, 

korxonalararo 

kooperatsiya 

aloqalarini 

rivojlantirish uchun qulay imkoniyat va imtiyozlar yaratilmoqda. 




 


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə