Kimyoviy texnologiya



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/53
tarix27.01.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#83177
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53
polimerbenzin olish jarayoni tahlili va uni samaradorligini oshirish yollar

 

 

Yuqori  parafinlarni  ajratish. 

Suyuq  va  qattiq  parafinlarni  olish  manbai 

neft  hisoblanadi.  Neftning  tarkibi  parafin,  naften  va  aromatik  uglevodorodlardan, 

kislorodli,  oltingugurtli  aralashmalardan  iborat.  Neftdagi  uglevodorodlarning  har 

bir sinfi normal va tarmoqlangan izomerlardan iborat, naftenlar besh va olti halqali, 

bir  yoki  bir  nechta  alkil  guruhli,  normal  va  tarmoqlangan  parafinlar;  aromatik 

uglevodorodlar  esa  benzol  va  uning  gomologlari  (toluol,  ksilollar)  holida  bo’ladi; 

shuningdek, naftalin va boshqa aromatik uglevodorodlardan tashkil topgan. 

 

Neftni  qayta  ishlashning  dastlabki  bosqichi  -  atmosfera  bosimida  to’g’ri 



haydashdir.  Bu  jarayon  natijasida  neftdan  quyidagi  frakstiyalar  ajratib  olinadi: 

benzin  (40-200°C);  turli  normal  va  tarmoqlangan  alkan  uglevodorodlari 




aralashmasi;  ligroin  (150-250°C), tarkibi alkanlardan  iborat;  kerosin  (180-300°C), 

tarkibi alifatik alkanlar,  naftalin, aromatik  uglevodorodlardan  iborat;  gazoyl  (250-

360°C) - dizel yoqilg’isi; mazut (qoldiq) - suyuq yoqilqi. 

 

Mazutni  vakuum  haydash  natijasida  turli  qovushqoklikdagi  surkov  moylari 



(solyar, transformator  moylari  va  h.k.) olinadi. Surkov  moylari,  gazoyl  va kerosin 

frakstiyalari tarkibi 30% gacha n-parafinlardan iborat. 

Benzinning  sifati  uning  oktan  soni  bilan  aniqlanadi.  U  benzindagi  izooktanni 

(2,2,4-trimetilpentan) hajmiy % miqdorini ko’rsatadi. 




Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə