Kimyoviy texnologiya


 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/53
tarix27.01.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#83177
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53
polimerbenzin olish jarayoni tahlili va uni samaradorligini oshirish yollar

6. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI

......................................... 




KIRISH 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 

mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 

2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor 

yo‘nalishlariga bag‘ishlangan vazirlar mahkamasining kengaytirilgan 

majlisidagi ma’ruzasi 

Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya 

qilish,  texnik  va  texnologik  yangilashga  doir  loyihalarni  amalga  oshirish  uchun 

investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida e’tiborga loyiq. 

Ana shunday muhim obyektlar haqida gapirganda, janubiy koreyalik investor 

va  mutaxassislar  bilan  hamkorlikda  Surg‘il  koni  negizida  barpo  etilgan  Ustyurt 

gaz-kimyo  majmuasini  alohida  ta’kidlamoqchiman.  Umumiy  qiymati  4  milliard 

dollardan  oshadigan  ushbu  majmua  dunyodagi  eng  zamonaviy,  yuqori 

texnologiyalar  asosida  ishlaydigan,  yirik  korxonalardan  biri  bo‘ldi.  Majmuaning 

ishga  tushirilishi  yiliga  83  ming  tonna  noyob  polipropilen  mahsulotini  ishlab 

chiqarish  imkonini  beradi.  Holbuki,  bu  mahsulot  ilgari  mamlakatimizga  chetdan, 

katta  valyuta  hisobiga  olib  kelinar  edi.  Ayni  vaqtda  mazkur  korxona  polietilen 

ishlab  chiqarish  hajmini  3,1  barobar  ko‘paytirish,  mingdan  ziyod  yuqori  malakali 

mutaxassislarni  ish  bilan  ta’minlash  uchun  imkoniyat  yaratishi  bilan  ulkan 

ahamiyatga egadir. 

Mamlakatimizning 2016-yilga belgilab olingan marra va maqsadlari, ijtimoiy-

iqtisodiy  rivojlanishining  asosiy  ustuvor  yo‘nalishlarini  aniqlab  olishda  jahon 

miqyosidagi  hali-beri  davom  etayotgan  global  inqiroz  bilan  bog‘liq  yuzaga 

kelayotgan jiddiy muammolarni hisobga olmasligimiz mumkin emas, albatta. 

Ana  shu  muammolar  tufayli  bugungi  kunda  dunyo  bozorlarida  talabning 

keskin  kamayib,  noaniqlik  saqlanib  qolayotgani,  shafqatsiz  raqobatning  tobora 

kuchayib  borayotgani,  ishlab  chiqarish  sur’atlarining  pasayishi  jahondagi 

ko‘pchilik davlatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz. 

Bunday  o‘ta  murakkab  vaziyat  barchamizdan  ertangi  kunimizni  ko‘rishda, 

istiqbolimizni belgilab olishda, avvalo, eskicha qarashlar qolipidan voz kechishni,  



 

umrini o‘tab bo‘lgan, aytish mumkin, inersion usullardan to‘liq voz kechishni talab 

etadi. 

Biz  uchun  asosiy  vazifa  –  ishlab  chiqarishni  texnik  va  texnologik  jihatdan 

uzluksiz  yangilab  borish,  doimiy  ravishda  ichki  imkoniyat  va  zaxiralarni  izlab 

topish,  iqtisodiyotda  chuqur  tarkibiy  o‘zgarishlarni  amalga  oshirish,  sanoatni 

modernizatsiya  va diversifikatsiya qilishni  izchil davom ettirishdan  iborat bo‘lishi 

zarur. 


Ayni  shunday  yangicha  qarash  va  harakatlar  butun  faoliyatimizning  negizini 

tashkil etishi shart. Shu borada ichki imkoniyat va zaxiralarimizni ishga solishning 

eng  muhim  yo‘nalishi  bizning  zaminimizdagi  boy  mineral  xomashyo  va  o‘simlik 

dunyosi  resurslarini  chuqur  qayta  ishlashni  bosqichma-bosqich  oshirib  borish, 

shuningdek,  yuqori  qo‘shimcha  qiymatga  ega  bo‘lgan  mahsulotlar  ishlab 

chiqarishning hajmi va turini kengaytirishdan iborat bo‘lishi kerak. 

Boshqacha  aytganda,  xomashyoni  jahon  bozorida  talab  katta  bo‘lgan 

mahsulotga  aylantirish  uchun  qayta  ishlashning  3-4  bosqichli  tizimiga  o‘tishimiz 

zarur. 

Bu 


tizimning 

ma’no-mohiyati 

shundan 

iboratki, 

ubirinchi 

bosqichda xomashyoni  dastlabki  qayta  ishlash,  ya’ni 

yarim 

fabrikatlar 



tayyorlash, keyingi  bosqichda sanoat  asosida  ishlab  chiqarish  uchun  tayyor 

materiallarga  aylantirish, uchinchi,  yakuniy  bosqichda esa  iste’mol  uchun  tayyor 

mahsulot ishlab chiqarishni nazarda tutadi. 

Bu  boradagi  dasturlarni  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirishda  har  bir  turdagi 

birlamchi  xomashyo,  ya’ni  yarim  fabrikatlarni  chuqur  qayta  ishlashdan  tortib,  uni 

iste’mol  uchun  tayyor  mahsulotga  aylantirishgacha  bo‘lgan  yakuniy  bosqichga 

qadar  butun  ishlab  chiqarish  jarayonini  kuzatib  borish  zarurati  paydo  bo‘lmoqda. 

Muxtasar  aytganda,  ishlab  chiqarishni  tashkil  etishning  butun  jarayonini  – 

xomashyoni  chuqur  qayta  ishlashdan  toki  uni  tayyor  mahsulotga  aylantirishgacha 

bo‘lgan  yo‘lini  –  siklini,  sarflangan  xarajatlarning  maqsadga  muvofiqligi  va 

nechog‘liq  o‘zini  qoplashini  asoslab  bergan  holda,  prognoz  qilishni  ta’minlash 

darkor. 



Hisob-kitoblar  shuni  ko‘rsatmoqdaki,  yuqori  qo‘shimcha  qiymatga  ega 

bo‘lgan  mahsulotlar  ishlab  chiqarish  natijasida  2030-yilda,  yangi  turdagi  tovarlar 

tayyorlashni  o‘zlashtirish  asosida  neft-gaz-kimyo  sohasida  mahsulot  ishlab 

chiqarish  hajmi  3,2  barobar,  rangli  metall  mahsulotlari  2,2-marta,  qora  metalldan 

tayyorlanadigan  buyumlar  2,3  karra,  kimyo  sanoati  mahsulotlari,  jumladan, 

mineral  o‘g‘itlar  3,2  barobar  ko‘payishi  mumkin.  Ayni  shu  ko‘z  bilan  qaraydigan 

bo‘lsak, ya’ni, jahon iqtisodiyotining rivojlanish jarayonlarini chuqur tahlil qilgan, 

o‘zimizning resurs va imkoniyatlarimizni real baholagan holda, biz oldimizga aniq 

maqsadni  –  ya’ni,  2030-yilga  borib mamlakatimizda  yalpi  ichki  mahsulot  hajmini 

kamida  2  barobar  oshirish  vazifasini  qo‘yishimiz  uchun  bugun,  hech  shubhasiz, 

barcha asoslarimiz bor. 


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə