Kimyo texnologiya



Yüklə 2,29 Mb.
səhifə6/48
tarix27.05.2023
ölçüsü2,29 Mb.
#113414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
MA\'RUZA MATNI

Biostimulyatorlar. Biostimuoyatorlar asosan donni o’siishini tezlashtirishda va solod fermentini faolligini oshirish uchun ishlatiladi. Kuchli stimulyatorlarga gibbere kislotasi – gibberellin A2 kiradi.
Gibberellin – oq yoki sarg’ish kristall poroshok bo’lib, suvda yomon eriydi, spirtda esa yaxshi eriydi. Qizdirganda gibberellin tez buziladi va biologik faolligini yo’qotadi. Gibberellin 1,3 va 5 kg bankada saqlanadi. 10oSdan past xaroratda saqlanadi. Eritmasini tayyorlash uchun 1 g gibberellinga 20 ml spi rva 1 l suv solinadi. Ushbu eritma o’stirilayotgan don ustiga sepiladi. Eritmani 1 sutka saqlashga ruxsat beriladi.
YUvuvchi va antimikrob vositalar.
Spirt ishlab chiqarish korxonalarida jixozlarni yuvishda yuvuvchi va antimikrob vositalar ishlatiladi. Buning uchun kaustik soda , soda, xlolrli oxak, antiformin va formalin ishlatiladi. Sungi yillarda sintetik yuvuchi vositalardan xam foydalanilyapti.
Xlorli oxak – oq kukun bo’lib utkir xidga ega va kuchli oksidlovchi xisoblanadi. Uning asosiy qismi giroxlorit –xlorli kislotani kalyiyli tuzi bo’lib – Sa(OS1)2, suv bilan reaksiyaga kirishib atomar kislorod va xlor xosil qiladi.

Sa(OS1)2 + 2N2O = Sa(ON)2 + 2NOS1;


NOS1 + NS1 + O;
Sa(OS1)2 + 4NS1 = SaS12 + 2S12 + N2O.

Ajralib chiqayotgan xlor va kislorod mikroblar uchun o’ta zaxarli xisoblanadi.


Antiformin. Bu yig’ma antimikrob preparat bo’lib, xlorli oxakdan, natriy karbonad, kaustik soda va suvni 10:7,5:1:97,5 nisbatda aralashtirilib tayyorlanadi. Aralashma 12-24 soat saqlangandan so’ng 0,1% aktiv xlor xosil qilish uchun 1:3 nisbatda suv Bilan suyultiriladi.
Xloramin B. Xlolramin B – benzolsulfoxloramidni natriyli tuzi bo’lib, oq kristall kukun xolida bo’ladi. Suvda 1:20 nisbatta yaxshi eriydi, 25-29% aktiv xlor bo’ladi. Bakteriyalarga nisbatan bakterisid xususiyatga ega.
Formalin. Formalin – bu 37% formaldegidni (NSON) suvli eritmasi.
Spirt ishlab chiqarish korxonalarida texnik formalin ishlatiladi. Tarkibida 1,0 metanol bo’ladi. SHisha, yog’ochli, emallangan yoki alyuminiy bochkalarda saqlanadi. Mikroorganizmlarni o’ldirish uchun 2%li eritmasi ishlatiladi.
Antibiotiklar.
Amaliyotda laktosid issiqlikga va spirtga chidamli sut kislotali bakteriyalarga nisbatan faolligi yuqori bo’lgani uchun qo’llaniladi.

Yüklə 2,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə