Kimyo texnologiya


Aktivlangan ko’mir va sortirovkaga ishlov berishni



Yüklə 2,29 Mb.
səhifə48/48
tarix27.05.2023
ölçüsü2,29 Mb.
#113414
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
MA\'RUZA MATNI

Aktivlangan ko’mir va sortirovkaga ishlov berishni
fiziko-kimyoviy asoslari.
Spirt-suv aralashmasi - sortirovka yarim maxsulot xisoblanadi. U aktivlangan kumir bilan ishlov berilgandan so’ng aroqga mos ta’m va xidga ega bo’ladi. Avvallari sortirovka 0,7x4 metrli misdan yasalgan oddiy usulda yondirib kumir xoliga keltirilgan kumir bilan to’ldirilgan kolonkadan o’tkazilib tozalangan. Kumir bilan sortirovka 24 soat mobaynida kontakda bo’lishi kerak. Ishlatilgan kumir qaytadan regenerasiya qilish uchun yuqori xaroratda toblantirishgan.
30 yillarga kelib aktivlangan kumirni ishlatish boshlangan. Xozirgi vaqtda aktivlangan kumir daraxt kumir xom ashyosidan, tosh kumirni maxsus navidan, yarim koksdan va torfdan olinadi. Xom ashe 8000S da sanoat olov xonasida termik ishlov beriladi yoki bug’ bilan ishlov beriladi.
Aroq ishlab chiqarishda bereza daraxtidan tayyorlangan BAU markali aktivlangan kumir ishlatiladi. Termik ishlov berish bug’ bilan amalga oshiriladi.
Aktivlangan kumir g’ovakli sorbent bo’lib nisbiy yuzasi juda katta.
Makro g’ovaklar – bu yirik g’ovaklar. Radiusi kattaligi 100 nm dan 2000 nm. Nisbiy xajmi 0,2-0,8 sm3/g. Nisbiy yuzasi 0,5-2 m2/g. Bunday yuzani axamiyati kam.
Oraliq g’ovaklar. Bular makro g’ovaklarga nisbatan kam bo’ladi. Radiusi 1,5 dan 100 nm.
Mikro g’ovaklar. Bular juda kichik g’ovaklar bo’lib radiusi 1,5 nm dan kichik bo’ladi. Mikro g’ovaklarni nisbiy yuzasi 0,2-0,6 sm3/g. Adsorbsion jarayonga mikro g’ovaklarni axamiyati katta.
BAU tipdagi aktivlangan kumir gazli tipdagi aktivlangan kumirga kiradi. 1 l xajmli aktivlangan kumirni og’irligi 260 g teng. G’ovaklarni nisbiy xajmi qo’yidagicha: umumiy g’ovak 1,50 sm3/g, makrog’ovaklar 1,19 , oraliq g’ovaklar 0,08 , mikrog’ovaklar 0,23. Oraliq g’ovaklarni yuzasi 57 m2/g.
Aktivlangan kumir tarkibida uglerod 96%, vodorod 1-2,5 %, azot 0,3-1,5% va oltingugurt 0 -1% bo’lishi mumkin.
Sifatli aktivlangan kumir spirt bilan qaynatilganda va ishqoriy eritmada rangi spirtga chiqmasligi va begona xid va ta’m bermasligi kerak.
Uksus aldegidi suvli eritmadan aktivlangan kumirga tuliq adsorbsiyalanadi. Uksus kislotasini etil efiri spirtli eritmada suvli eritmaga nisbatan 3-6 marta kam adsorbsiyalanadi.
Izoamil, ikkilamchi butil spirti, furfurol, uksus kislotasi, asetaldegid va etilasetat aktivlangan kumirda yaxshi adsorbsiyalanadi va moddalarni molekulyar massasi oshishi va spirtni kuuvati kamayishi bilan adsorbsiyalanish kobiliyati oshadi.
Suv-spirtli eritma aktivlangan kumir bilan ishlov berilganda moddalarni va spirtlarni oksidlanish , eterifikasiyalanish va murakkab efirlarni gidrolizlanish reaksiyalari ketadi. Etil spirti oksidlanib uksus aldekgidi, uksus aldegid oksidlanib uksus kislotasi xosil bo’ladi.
Etil spirti bilan uksus kislotasi birikib etilasetat xosil qiladi.
Sortirovka uzoq muddat spirt bilan qolib ketsa, aldegidlarni miqdori oshadi. SHuning uchun kolonka silikagel katlami bilan taminlanadi. Silikagel aldegidlarni aktivlangan kumirga nisbatan yaxshi adsorbsiyalaydi.
Sortirovkani filtrlash.
Sortirovka tarkibida xar doim ma’lum miqdorda dispers mayda xarrachalar bo’ladi. U suvni tarkibidagi moddalar asosida xosil bo’ladi. Sortirovka aktivlangan kumirdan to’g’ridan to’gri o’tkazilsa, kumir asta sekin emiriladi. SHuning uchun sortirovka 2 marta, ya’ni aktivlangan kumirdan oldin va kaeyin filtrlanadi.
Filtrlovchi material sifatida kvarsli qum, g’ovakli keramika plitalari mshlatiladi. Kum zarrachalarini g’ovaklarini o’lchami, sortirovka tarkimbidagi zarrachalarni o’lchamidan kam bo’lgani uchun, kum yuzasida yig’ila boshlaydi.



Yüklə 2,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə