Kimyo texnologiya


-ma’ruza. Kraxmalli xom ashyolarga qo’yiladigan talablar



Yüklə 2,29 Mb.
səhifə2/48
tarix27.05.2023
ölçüsü2,29 Mb.
#113414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
MA\'RUZA MATNI

2-ma’ruza. Kraxmalli xom ashyolarga qo’yiladigan talablar.
Reja
1. Xom ashyoga qo’yiladigan talablar.
2.Donli xom ashyolarni botanik tavsifi.
3. Don maxsulotlariga kuyiladigan talablar.
4. Donni kabul kilish va saklash.
Donli xom ashyolarning asosiy turlari va ularning botanik tavsifi.
Spirt ishlab chiqarish uchun don, shu jumladan, oziq-ovqat va em sifatida ishlatishga yaroqsiz bo’lgan donlarni ham ishlatish mumkin. Spirt ishlab chiqarish uchun bug’doy, arpa, javdar, makkajo’xori, tariq, suli kabi boshoqli ekinlar ishlatilishi mumkin. O’zbekistonda spirt ishlab chiqarish uchun asosan bug’doy doni ishlatiladi. Solod ishlab chiqarish uchun esa yuqori sifatli kondisiyali arpa, tariq va suli donlari ishlatiladi.
Donning tuzilishi.
Boshoqdoshlar oilasi o’simliklarining doni deyarli bir xil tuzilishga ega. Ular uchta asosiy qismdan: murtak, endosperm va qobiqdan iborat. Qobiq o’z navbatida gul qavati va urug’ qavatidan iborat. Gul qavati urug’ qavatining ustida joylashgan bo’ladi. Javdar, bug’doy va makkajo’xori donini yig’ib olishda ular gul qavatidan to’liq ajraladi. Arpa, suli va tariq esa gul qavatini saqlab qoladi. SHu s ababdan birinchi donlar (ya’ni, bug’doy, javdar, makkajo’xori) yalong’och urug’lilar, ikkinchisi esa (ya’ni, arpa, suli, tariq) po’stlog’li urug’lilar deb ataladi.
1-rasmda arpa donining makroskopik tuzilishi keltirilgan. Donning ichki qismi – endosperm unli bo’lib, u aleyron qavat bilan tutashgan bo’ladi. Aleyron qavat oqsil bilan boy bo’ladi. Qavat bir (masalan, javdar, bug’doy, suli, makkajo’xori, tariq) yoki bir necha qator qalin devordan iborat bo’ladi. Endosperm qalin devorli qurigan protoplazmadan iborat bo’lib, ichi kraxmal donlari bilan to’lgan bo’ladi.
Donning pastki qismida murtak joylashgan. Murtak urug’lanish navdasi va urug’lanish qavatidan iborat. Murtak endospermdan qobiq bilan ajratilgan.
Turli botanik guruhga kiruvchi makkajo’xori donlarini endospermining shishasimon qismi hajmi bilan farqlanadi. Ushbu qismda kraxmal granulalari oqsillar bilan mustahkam «sementlangan» bo’ladi. SHuning uchun ushbu granulalar ko’p qirrali shaklga ega. Endospermning kraxmalli qismidagi oqsildan iborat bo’lgan to’r yupqa va nozik, kraxmal granulalari esa yumaloq shaklda bo’ladi. Endosprem kremniyli makkajo’xori donining shishasimon qismi deyarli to’ldirsa, kraxmalli makkajo’xori donining yuqori qismida katta bo’lmagan hajmni egallaydi, tishsimonida esa, murtak bo’ylab simmetrik joylashgan segmentlar shaklida, taxminan yarmini tashkil etad.
Donli ekinlar turli qismlarining o’zaro nisbati (% mas. da) quyidagi jadvalda keltirilgan:
1-jadval

Donli ekinlar

Gul qobig’i

Meva va urug’ qavati

Aleyron qavat

Murtak

Endo-sperm

Javdar

0

11-15

11-12

2,5-3,3

70-75

Bug’doy

0

4-7

7-10

1,5-3,0

83-85

Arpa

7-18

5-7

11-13

2,5-5,0

65-68

Suli

23-45

2,5-4,0

4-6

3-4

61-68

Makkajo’xori

0

7-14

7-9

8-15

61-77



Yüklə 2,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə