Kimyo texnologiya


Mikroorganizmlarni sirt yuzasida ko’paytirish



Yüklə 2,29 Mb.
səhifə9/48
tarix27.05.2023
ölçüsü2,29 Mb.
#113414
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48
MA\'RUZA MATNI

Mikroorganizmlarni sirt yuzasida ko’paytirish.
Mikroorganizmlarni ko’paytirishni 2 xil usuli bor. 1. Sirt yuzasida o’stirish va 2. Suyuq muxit ichida o’stirish.
Birinchi usul asosan mog’or zambrug’larini o’stirishda qo’llaniladi. Bu qattiq va suyuqlik yuzasida miseliya ko’payishi bilan xarakterlanadi. Suyuq substrat yuzasida amilolitik ferment xosil qiluvchi miseliya qatlamidan tashqari ularni inaktivasiya qiluvchi organik kislotalar xosil bo’ladi. SHuning uchun qattiq substrat yuzali moddalardan (bo’g’doy kepagi, barda drobinasi, kartofel mezgasi va boshqalar) foydalaniladi.
YUqori faollikli fermentlar bo’g’doy kepagi ishlatilganda erishiladi. Barda drobinasi ozuqaviy moddalarga boy bo’lmagani uchun olinadigan fermentlarni faolligi bo’g’doy kepagiga nisbatan 4-5 marta kam bo’ladi.
Sirt yuzasida mikroorganizmlar ko’paytirilayotganda, bo’g’doy kepagi oldindan namlangan va sterilizasiyalangan bo’lishi kerak. Steril sharoitda ekish zambrug’i tayyorlanadi, lekin ularni o’stirish sterilsiz sharoitda – kyuvetalarda amalga oshiriladi. Zambrug’larni o’sish davomida xosil bo’ladigan issiqlik kondensirlovchi xavo kamerasi orqali chiqariladi.
Bo’g’doy kepagi tarkibida kraxmalni miqdori 16% dan kam bo’lmasligi kerak. Bundan tashkari ozuqa muxitini boyitish maqsadida kartofel mezgasi va solod o’simtasi ishlatish mumkin.
Ekin materiali sifatida zambrug’larning sporasi, miselliyasi va sporatashuvchi kulturasini ishlatish mumkin.
Qattiq ozuqa muxitida zambrug’larni o’stirish uchun, zambrug’ probirkada, agar-agar yuzasida spora xosil qilguncha o’stiriladi. So’ngra sporalar sterilizasiyalangan bo’g’doy kepagi solingan kolbaga ekiladi. Keyin spora tashuvchi kultura maxsus apparatlarga beriladi.
Sirt yuzasida mikroorganizmlarni o’stirish bir qancha afzalliklarga ega. Bo’g’doy kepagi yuzasida o’sayotgan mog’or zambrug’ aralashtirilmaydi, begona mikroorganizmlar yalpi massa bo’yicha tarqalmaydi, infeksiya kam joyga tushadi va ferment faolligiga ta’sir etmaydi. Lekin, bu ishlatilayotgan jixozlarni sterilizasiya qilmasa xam bo’ladi degani emas.
SHu usulda olingan ferment bo’g’doy kepagi bilan 10-11% namlik qolguncha quritiladi. Bu xolatda u uzoq muddatda aktivligini yo’qotmasdan saqlanishi mumkin.
Ushbu usulni kamchiligi shundaki, u mexanizasiyaga qiyin beriladi. Maxsulotni tan narxi qimmat.

Yüklə 2,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə