Kimyo texnologiya


Gen injenerligi fermentlari



Yüklə 2,29 Mb.
səhifə14/48
tarix27.05.2023
ölçüsü2,29 Mb.
#113414
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48
MA\'RUZA MATNI

Gen injenerligi fermentlari
Gen injenerligida qo’llaniladiga asosiy komponentlarga fermentlar, genlarni o’tkazuvchi-tashuvchi vektorlar, ular asosida yaratilgan plazmidalar va faglar, shu bilan birga suniy ravishda sintezlangan oligonukleotidlar (linerlar, adapterlar, praymerlar, promotorlar, zondla va boshq.) kiradi.
Asosiy fermentlar. Bularga endonukleazalar (restriktazalar), metilazalar, DNK-ligaza, DNK-polimeraza kiradi.
Restriktazalar. Bakteriya xujayrasiga kirgan yod DNK endonukleaza -restriktaza fermenti ta’srida gidrolizlanadi. Bu ferment DNKni ma’lum saytlari bilan bog’lanadi va uni bulaklarga (restriklarga) gidrolizlaydi.
Bakteriyalardagi restriktazalar o’zini DNKsini gidrolizlamaydi, chunki gidrolizlaydigan saytlar metilaza fermenti bilan modifikasiyalangan bo’ladi.
Restriktaza va modifikasiya tizimlari xamma bakteriyalarda mavjud. Ba’zi bir achitqilarda ham topilgan. Restriktaza va metilaza R va M xarflari bilan belgilanadi. Bular plazmidalarda va faglarda kodlangan bo’ladi. Masalan EcoRI restriktaza plazmida R1, EcoPI restriktaza fag R1 kodlangan bo’ladi.
Restriktazalar 3 ta snifga bo’linadi. Birinchi snif restriktazalari DNKni duch kelgan joyidan gidrolizlaydi va ko’p restriktlar xosil qiladi. Ikkinchi va uchinchi snif restriktazalar DNKni ma’lum saytlariga ta’sir etadi.
Birinchi va uchinchi snif restriktazalar murakkab subbirlik strukturaga va ikki xil faollikka ega. Modifikasiyalovchi faollik va ATFga bog’lik endonukleaza faolligi. Gen injenerligida asosan ikkinchi snif restriktazalar qo’llaniladi. Uning molekulyar massasi bir necha o’n kilodaltondan iborat. Ularni faolligi uchun Mg++ ionlari kerak bo’ladi.
Ular faqat qo’sh zanjirli DNKga ta’sir etadi.


Modifikasiyalovchi metilaza.
Sayt-spesifik metilazalar DNKni restriktaza ta’siridan ximoyalash uchun qo’llaniladi.
Modifikasiyalovchi metilazani ta’sir etish mexanizmi shundan iboratki u metil gruppani S-adenozil-L-metionindan sitozin yoki adeninni xar bir saytiga o’tkazadi.

Yüklə 2,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə