Kimyo texnologiya



Yüklə 2,29 Mb.
səhifə7/48
tarix27.05.2023
ölçüsü2,29 Mb.
#113414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48
MA\'RUZA MATNI

Ko’pik so’ndiruvchilar.
Ko’pik tindirish uchun sirt aktiv moddalar sifatida yog’, moy va yog’ kislotlari ishlatiladi. Bo’larga olein kislotasi, soapstok, gidrofuzlar, kasholot yog’i, silikonli ko’pik so’ndirgichlar kiradi.

4-ma’ruza..Mikroorganizmlardan fermentlarni olish texnologiyasi.
Reja.
1. Bijg’ish maxsulotlari ishlab chiqarishda qo’llaniladigan
fermentlar.
2. Mikroorganizmlar ferment manbai sifatida.
3. Mikroorganizmlarni o’stirish usullari.
4. Mikroorganizmlar uchun ozuqa muxit.
5. Ekish materialini olish.
6. Zambrug’larni sanoat darajasida o’stirish.

Spirt maxsulotlari ishlab chiqarishda gidrolitik fermentlarni axamiyati katta. Masalan sharob maxsulotlari ishlab chiqarishda pektolitik, proteolitik fermentlardan keng foydalanib kelinmoqda. Kraxmalli xom ashyolardan spirt ishlab chiqarishda, kraxmalni qandlashtirish uchun amilolitik fermentlardan tashqari sellyuloza va gemisellyulozani parchalaydigan fermentlar kerak bo’ladi. Achitqilarni azotli ozuqa bilan ta’minlash uchun proteolitik fermentlarni axamiyati katta.


Ferment manbai sifatida o’simliklar, xayvon organlari va mikroorganizmlar xizmat qiladi.
Mikroorganimlar xar xil fermentlarni sintez qilish qobiliyatiga ega. Ozuqa muxitini tarkibiga va o’stirish sharoitiga qarab ular bir fermenni sintezidan boshqa fermentni sinteziga o’tadi. Mikroorganizmlar qisqa o’sish sikliga (10-100 soat) ega va shuning uchun bir yilda ko’p maxsulot olish mumkin.
Ferment produsientlari sifatida bakteriyalar, zambrug’lar, achitqilar va aktinomisetlar bo’lishi mumkin. Sanoat uchun ferment ishlab chiqarish uchun tabiiy sharoitdan ajratilgan mikroorganizmlar shtammidan foydalaniladi.
Mikroorganizmlar bir vaqtda kompleks fermentlarni sintezlaydi, lekin ba’zi shtamm mutantlar ko’p miqdorda faqat bir fermentni sintezlaydi.
Spirt ishlab chiqarishda ko’p xollarda amilolitik ferment manbai sifatida mog’or zambrug’lari, kamroq achitqilar va bakteriya sporalaridan foydalaniladi.

Yüklə 2,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə