Jismoniy tarbiya va sport umumiy xalq madaniyatining ajralmas bir qismi, mamlakatning har bir fuqarosi jismoniy hamda ma’naviy takomillashuvini ta’minlovchi zamin hisoblanadi



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə11/142
tarix29.11.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#141101
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   142
Salomov 1-jild. lotin

2.3. Jismoniy tarbiya tamoyillari


2.3.1. SHaxsni har tomonlama kamol toptirish tamoyili

Ma’naviy va jismoniy kuchlari har tomonlama kamol topgan kishilargina o‘z Vataniga sodiq bo‘ladi va uning taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shadi. Har taraflama barkamol kishilar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Ular muayyan ijtimoiy hayot sharoitlari ta’siri ostidagina shunday barkamol kishilar bo‘lib etishishi mumkinki, bu sharoitlar orasida tarbiya, jumladan, jismoniy tarbiya alohida rol o‘ynaydi.


Har tomonlama barkamol shaxs bo‘lib etishishga biologik qonuniyatlar ham, inson organizmining tizimlari va organlarining uyg‘un kamol topishiga bo‘lgan ehtiyoj ham ta’sir etadiki, odam ijtimoiy jihatdan ham, o‘zining biologik xususiyatlari jihatidan ham hamisha va har erda yagona ijtimoiy shaxsdir.
Bularning hammasi jismoniy tarbiya jarayonida insonga har taraflama ta’sir o‘tkazish xarakterini belgilaydi va tarbiyaning har xil turlari o‘rtasidagi uzviy aloqani belgilaydiki, bu jismoniy tarbiyaning barcha turlarida undan maqsadga muvofiq ravishda foydalanishni ham hisobga olishni taqazo etadi.
Odamning ruhiy dunyosi tashqi ta’sir ostida, dastavval, ijtimoiy muhit ta’sirida, shuningdek, insonning tevarak-atrofidagi muhit va o‘z-o‘zini o‘zgartirishga qaratilgan faol harakati tufayli vujudga kela boshlaydi. I.P.Pavlov ta’limotiga qaraganda, shartli refleks inson organizmi bilan muhit o‘rtasidagi aloqa shakli bo‘lib xizmat qiladi, shartli refleks ayni paytda ham jismoniy, ham psixik hodisadan iboratdir. Bosh miya qobig‘ida o‘rnashib qoladigan muvaqqat aloqalar tizimi psixik jarayonlarning moddiy in’ikosidir.
SHu nuqtai nazardan qaraganda, ta’lim va tarbiya jarayoni shartli reflekslardagi uzun qatorlarning vujudga kelishidan iboratdir. Ijtimoiy talablarga binoan shartli reflektorli aloqalarning hosil bo‘lishi shaxsning jismoniygina emas, ma’naviy tomonlarining shakllanishi uchun fiziologik poydevordan ham iboratdir.
Inson jismoniy va ma’naviy kamolotining yagonaligi tufayli jismoniy tarbiya jarayonida aqliy, axloqiy va estetik tarbiya vazifalarini hal etish uchun juda katta imkoniyatlarga ega. Bu vazifalarni hal etish shaxsni har taraflama kamol toptirish omili sifatida jismoniy tarbiyaning rolini kengaytiribgina qolmay, balki bevosita jismoniy tarbiyaning o‘z muvaffaqiyatini ta’minlaydi.
Jismoniy tarbiyaning boshqa tarbiya turlari bilan o‘zaro aloqasi inson kamolotining boshqa turli tomonlari yagonaligidan tashqari bizning sharoitimizda tarbiya maqsadlarining birligi bilan ham belgilanadi. SHu sababli, har taraflama kamol toptirish tamoyili quyidagi asosiy talablarni o‘z ichiga oladi:

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə