Shaxs ma’naviyatining shakllanishiga ijtimoiy muhit va davr ruxining ta’siri



Yüklə 43,12 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü43,12 Kb.
#160589
Shaxs ma’naviyatining shakllanishiga ijtimoiy muhit va davr ruxi-fayllar.org


Shaxs ma’naviyatining shakllanishiga ijtimoiy muhit va davr ruxining ta’siri


“Shaxs ma’naviyatining shakllanishiga ijtimoiy muhit va davr ruxining


ta’siri” 
Shaxs deganda muayyan jamiyatning a’zosi tushuniladi. Odam shaxs
bo‘lishi uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o‘z xususiyati va sifatlari 
bilan
boshqalardan farq qilishi lozim. Har bir odam shaxs sifatida turlicha 

namoyon
bo‘ladi. U o‘zining xarakteri qiziqishi va qobiliyati aqliy rivojlanganlik 


darajasi,
ehtiyoji, mehnat faoliyatiga munosabati bilan farqlanadi. Bular shaxsni 
o‘ziga xos
xususiyati bo‘lib, ana shu ruhiy xususiyatlari rivojlanib ma’lum bir 
bosqichga
yetsagina u mukammal kamol topgan inson deyiladi. Shaxsning ijtimoiy 
voqe’likka, mehnatga, kishilarga, jamiyatga bo‘lgan munosabati
turlicha,uning 
faollik darajasi va odob-axloq borasida yetukligi ham turlicha.
Shaxs tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar. Fanda odamning shaxs sifatida 
rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta’siri o‘rtasidagi
munosabatni 
belgilashga oid munozara ko‘pdan buyon davom etmoqda.
Insonning shaxs sifatida rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta’siri 
kuchli
bo‘ladimi? Yoki tabiiy omillar etakchi o‘rin tutadimi? Balki tarbiyaning 
ta’siri
yuqoridir? Ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat qanday? 
Fanda biologik yo‘nalish deb nomlangan nuqtai nazar etakchi
o‘rinlardan 
birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik
omillarni yuqori 
qo‘yadi. Ular tug‘ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi
o‘rnini

belgilab bergan, deydilar.


XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari 
esa
shaxs rivojlanishida naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va 

tarbiyaning


rolini inkor etadi. 


Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim – bixeviorizm XX asr boshlarida


yuzaga kelgan bo‘lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat 
nasldan-naslga
o‘tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili 
amerikalik olim
E.Torndaykdir. 
Pragmatizm oqimi va uning vakillari D.D’yul, A.Kombe ham shaxs
rivojlanishini biologik nuqtai nazardan asoslaydilar. Ular rivojlanishni 
faqat
miqdoriy o‘zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini 

absolyutlashtirib, uni


inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar. 
Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga
bog‘laydilar. 
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishni ijtimoiy
omil

bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik


rivojlanishi 
u yashaydigan muhitga bog‘liq, deb ko‘rsatadilar.
Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir 
tushuniladi. Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o‘zi yashaydigan
ijtimoiy 
sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.
Ular ijtimoiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. 
Demak,
odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning 
shaxs bo‘lib
kamolga etishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan 
sharoit),
shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek 
ahamiyatga
ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg‘or pedagogik olimlar, 
psixolog va
faylasuflar ta’limotiga tayaniladi. 
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hayotdagi
murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning 
munosabatlariga bog‘liq, deb hisoblaydilar.
Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga 


etadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o‘z navbatida


inson

faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma’lum ijtimoiy tuzum


mahsulidir. Jamiyat 
shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi yoki
yo‘q qilishi 
mumkin.
Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo‘lagi deb baholaydilar. Bu insondagi 
layoqat kurtaklari bo‘lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan
g‘oyani

ifodalaydi.


Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlarni 
yaratadi.
Demak, shaxs bilan jamiyat o‘rtasida ham uzviy aloqa mavjud. 
Shunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit,
inson o‘rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro‘y beradi, inson ularga 
faol ta’sir
etadi va shu yo‘l bilan hayoti va o‘z tabiatini o‘zgartiradi. 
Fiziologiya va ruhshunoslik fanining ko‘rsatishicha, inson bolasi
tayyor

qobiliyat bilan emas


, balki biror - bir qobiliyatning ruyobga chiqishi va 
rivojlanishi manbai - layoqat bilan tug‘iladi. Layoqat o‘zicha rivojlana
olmaydi, rivojlanishi uchun qulay muhit kerak. Muhit deganda kishiga 
ta’sir etadigan tashqi voqealarning yig‘indisini tushunamiz. Sa’diyning
fikricha qobiliyatli va kam qobiliyatli bolalar bo‘ladi. Ammo qobiliyat 
o‘z-o‘zidan rivojlanmaydi. Uning rivojlanishi uchun bolani tarbiyalash
kerak, tarbiya bo‘lmasa, boladagi bor qobiliyat ham yo‘qoladi. Uning 
kamol topishi uchun kamolatga asos bo‘ladigan qobiliyat negiz bo‘lishi
kerak. Sa’diy o‘z fikrini isboti uchun “Guliston” asarida “Bir vazirning 
takasaltang o‘g‘li bor edi. Vazir o‘g‘lini bir donishmand huzuriga eltib:
“Shuni tarbiya qil, shoyad aqli kirib, odam bo‘lsa” - deydi. Donishmand 
vazirzodani
uzoq muddat tarbiya qildi
, foydasi bo‘lmadi. Bolaning
otasiga bir odam orqali: “O‘g‘ling odam bo‘lmadi, meni ham aqldan 
ozdirdi” - deb xabar qildi. U bu voqeadan shunday xulosa chiqaradi:”
Qobiliyat bo‘lsa aslida, Tarbiya unga qiladi asar. Qancha urinsa bo‘lmas 
sayqali,Temir aslida bo‘lmas gavhari (143 bet) “Qobiliyatli odamni
tarbiya qilmaslik - zulmkorlik va noqobil odamga tarbiya hayfdir. 


Tarbiyangni ayab unisini nobud qilma, tarbiyangni bunisiga zoe


ketkazma”, - deb ta’kidlagan A.Navoiy. Bundan tarbiyaning natijasi 
odamni qobiyatlilik darajasiga bevosita bog‘liqligi asoslanayapti.
Masalan, qobiliyati bo‘lmagan insonni aqlli mehnat qilishga yo‘llash 
ijobiy natija bermasligini ta’kidlash kerak. YOki biror kasblarni
egallashga ham bu g‘oyani tadbiq etish mumkin.Bunga tabiiy muhit 
(geografik), ijtimoiy muhit, oila muhiti (mikromuhit) va boshqalar kiradi
va ular bolaning rivojlanishiga alohida ta’sir ko‘rsatadi. Agar bola o‘z 
tug‘ma layoqatiga mos sharoitda o‘sib, zarur faoliyat bilan shug‘ullansa,
layoqat erta ko‘rinib rivojlanishi, aksincha, bunday muhit bo‘lmasa, 
yo‘q bo‘lishi yoki “mudroq” ligicha qolib ketiishi mumkin. Demak,
boladagi irsiy belgilarning o‘sishi, 
kamol topishi insonlar muhiti
,
yashash sharoiti va tarbiyaga bog‘liq desak bo‘ladi. Bunga tarixda 

misollar juda ko‘p. A.Navoiy onasidan-shoir, Eynshteyn-fizik,


Ulug‘bek-astronom, Ibn Sino tabib bo‘lib tug‘ilmagan albatta. Inson 
bolasi, agar ijtimoiy muhitga emas,boshqa muhit, aytaylik
hayvonlar 
muhitiga tushib qolsa
, odamlarga xos sifatlar shakllanmasligi 
mumkin. Masalan: 1920 yili hindistonlik doktor Sing Kalkuttaning
janubiy-Qarbidagi Midnapur shahri yaqinida bo‘ri uyasidan ikkita bo‘ri 
bolasi bilan ikkita qizchani topib olgan. Ularning biri 7-8
yoshda,ikkinchisi 2 yoshlar chamasida edi. Amala (kichigi) bir yildan 
so‘ng vafot etdi. Kamola esa 1930 yilgacha yashadi. Odob, axloq, xulqiy
sifatlar- shaxsning barcha ruhiy sifatlari faqat muhit va tarbiyaning 
o‘zaro ta’siri asosida vujudga keladi. Shuning uchun irsiyat
rivojlanishga ta’sir etadi, ammo hal qiluvchi omil bo‘la olmaydi. 
Abdulla Avloniyning fikricha, “Axloq – bu xulqlar majmuidir. Xulq esa
kishida o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Ularning shakllanishi uchun 
ma’lum bir sharoit, tarbiya kerak. Kishilar tug‘ilishida yomon bo‘lib
tug‘ilmaydilar, ularni muayyan sharoit yomon qiladi.”1 Buyuk 
muallimning ta’kidlashicha, axloq tarbiyasi xususiy ish emas, ijtimoiy
ishdir. Har bir xalqning taraqqiy qilishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi 
avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Ijtimoiy pedagogikada
bolaning mikromuhit orqali jamiyatga kirib borishi ko‘rib chiqiladi. 
Mikromuhitda insonning hayoti va munosabatlari o‘zaro ta’sir



xususiyatiga ega. Muhit – bu nafaqat ko‘cha, uy va buyumlar. Muhit –


bu o‘ziga xos munosabat va qoidalar tizimiga ega bo‘lgan turli xil 
insonlar birligi.
SHuning uchun
, bir tomondan inson unga (muhitga)
nimadir shaxsan o‘zinikini olib kiradima’lum bir darajada unga tasir 
qiladi, uni o‘zgartiradi, lekin shu bilan birga muhit ham insonga ta’sir
ko‘rsatadi, unga o‘z talablarini qo‘yadi. Muhitning insonga bo‘lgan 
munosabati, uning o‘zini tutishi qanchalik muhitning ishonchiga to‘g‘ri
kelishi bilan aniqlanadi. Insonning o‘zini tutishi ko‘p holda jamiyatda u 
qanday o‘rinni egallashi bilan belgilanadi. Inson jamiyatda bir vaqtda bir
qancha o‘rinlarni egallashi mumkin. Masalan, ayol kishi o‘qituvchi, 
rafiqa, ona, qiz bo‘lishi mumkin. Har bir tutgan o‘rin insonga muayyan
bir talablarni qo‘yadi va shu bilan birga unga qandaydir huquqlarni 
beradi. Jamiyatda insonning o‘zini tutishi muayyan bir huquq va
majburiyatlar bilan tavsiflanadi, sotsiologiyada bu ijtimoiy maqom deb 
ataladi. Maqomlarning ba’zi birlari insonga tug‘ilishi bilan beriladi.
Inson maqomi jinsi, millati, tug‘ilgan joyi, ism-sharifi va boshqa omillar 
bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunday maqomlar tug‘ma yoki o‘zlashtirilgan deb
ataladi. Boshqalari esa insonning o‘zi mustaqil ravishda jamiyatda 
shaxsiy harakatlariga ko‘ra erishgani bilan aniqlanadi. Masalan,
pedagog, vrach, muhandis maqomini inson kerakli kasbiy ta’lim yurtida 
o‘qigani va diplom olgani uchun oladi. Bu holda erishilgan yoki olingan
maqom haqida gap yuritiladi. Maqom insonning jamiyatda o‘zini 
tutishini aniqlaydi. Ma’lum bir vaziyatlarda shaxs o‘zini
istaganicha 
emas
, balki o‘z maqomiga ko‘ra tutadi. Atrofidagi insonlar undan bu 

vaziyatlarda muayyan intizomni kutadi, ya’ni inson muayyan bir rolni


o‘ynashga majbur. Shuning uchun, inson maqomidan kelib chiqqan 
kutilayotgan intizom ijtimoiy rol deb ataladi. Inson hayoti davomida
nafaqat jamiyat bilan kutilayotgan maqomlar, balki ijtimoiy me’yor va 
qadriyatlarga to‘g‘ri kelmaydigan maqomlar ham mavjud. SHuning
uchun rivojlanish jarayonida bola pozitiv ijtimoiy yoki negativ rolni ham 
o‘zlashtirishi mumkin. Pozitiv rolli: oila a’zosi (ota va ona, buva va
buvi, o‘g‘il 
yoki qiz
, aka va singil, nevara va b.), jamoa a’zosi (o‘quvchi, 
o‘rtoq, do‘st, etakchi va b.), iste’molchi (insonga ovqat, kiyim, oyoq
kiyim va b.), fuqaro (Vatanni sevish, ubilan faxrlanish, vatanparvar 


bo‘lish), mutaxassis (o‘qituvchi, vrach, iqtisodchi, muhandis va b.). Bola


bilan ma’lum rolda o‘zini tutish mexanizmi unga ijtimoiy 
munosabatlarga muvaffaqiyatli kirishib ketishni ta’minlaydi, har bir u
uchun yangi bo‘lgan vaziyatga moslashib ketish imkoniyatini beradi. Bu 
individni ijtimoiy muhit shart-sharoitiga moslashib ketishi jarayoni
ijtimoiy moslashuv deb ataladi. Ijtimoiylashuv jarayonida insonning 
“hammadek” bo‘lish ob’ektiv ehtiyoji namoyon bo‘ladi. Biroq shu bilan
parallel ravishda bolada boshqa ehtiyoj - o‘zini o‘z individualligini 
ko‘rsatish ehtiyoji shakllanadi. Bola uni ifodalash usul va vositalarini
qidira boshlaydi, qaysidir ma’noda 
uni namoyon qiladi
, natijada uning 
individuallashuvi sodir bo‘ladi. Bolaning individuallashuvi - u yoki bu
ijtimoiy ahamiyatga ega shaxs xislat va xususiyatlari aynan shu insonga 
mansub shaklda namoyon etadi. Ijtimoiy o‘zini tutish esa boshqa
insonlar intizomiga tashqi tomondan o‘xshashiga qaramay betakror
individuallik qirralarni egallaydi. Shunday qilib, bolaning ijtimoiy
rivojlanishi ikki yo‘nalish bo‘yicha sodir bo‘ladi: ijtimoiylashuv 
(ijtimoiy madaniy tajribani egallash) va individuallashuv(mustaqil
bo‘lish).Agar bolani mikromuhitga kiritishda ijtimoiylashuv va 
individuallashuv jarayonlari orasida muvozanat belgilansa, ya’ni bola,
bir tomondan, mazkur jamiyatda o‘zlashtirilgan me’yor va qoidalarni 
o‘zlashtirsa, boshqa tomondan unga o‘ziga tegishli individualligini
qo‘shsa, muhitda bolaning integratsiyasi sodir bo‘ladi. Agar bolaning 
guruhga moslashish jarayoni sodir bo‘lmasa, unda o‘ziga ishonmaslik,
tortinchoqlik, tashabbussizlik sodir bo‘lishi , bu esa shaxsni jiddiy 
deformatsiyaga olib kelishi mumkin. Agar bola moslashuv fazasidan
o‘ta olsa va atrofdagilarga o‘z individual farqlarini ko‘rsatishni boshlasa, 
atrofdagilar esa uning individualizmini jamiyat me’yorlariga
to‘g‘ri

kelmaydi deb hisoblasa


, unda bolada negativlik, gumonsirash, 
agressiya, o‘ziga yuqori baho berish holatlari ko‘rinadi.
Ota-ona о‘z farzandidan hech narsani ayamaydi. Ularning tabiat ato 
etgan buyukliklari ham ana shunda. О‘zbek xalqi odob-axloqi bо‘yicha,
keksalarning, ota-onaning oldidan salom bermasdan о‘tish gunoh 
hisoblanadi. Ota-onani qadrlash, ularning beо‘lchov, beminnat



xizmatiga bir umr sodiq bо‘lish, duolarini olish – bolalarning farzandlik


burchidir. Bu milliy qadriyatlarimizning eng muhim talablaridan biridir. 
Buyuk bobomiz hazrat Alisher Navoiy aytganlaridek ota-onani hurmat
qilish «…farzandlar uchun majburiyatdir. Bu ikkisiga xizmatni birdek 
qil, xizmating qancha ortiq bо‘lsa ham kam deb bil. Otang oldida
boshingni fido qilib, onang uchun butun jismingni sadaqa qilsang 
arziydi! Ikki dunyong obod bо‘lishni istasang, shu ikki odamning
roziligini ol! Tunu kuningga nur berib turgan – birisini oy deb bil, 
ikkinchisini quyosh. Ularning sо‘zlaridan tashqari bir narsa yozma, ular
chizgan chiziqdan tashqariga bir qadam ham bosma. Hamma xizmatni 
sen odob bilan bajar, «adab» sо‘zidagi «dol» kabi qomatingni ham qil».
Tan olishimiz kerakki, shо‘rolar davrida keksalarni, ota-onalarni hurmat 
qilish haqidagi milliy qadriyatlarimiz biroz xira torta boshladi. Ba’zi
yoshlarimizda о‘zlaridan kattalarni, nuroniy qariyalarni hurmat qilish, 
ularning nasihatlariga quloq solish singari yuksak ma’naviy fazilatlar
yо‘qolib ketayotgani sezilmoqda. Ehtimol, boshqa millat kishilari bunga 
unchalik e’tibor berishmas, lekin biz, о‘zbeklar buni his qilmay ilojimiz
yо‘q.

Keksalar uchun ajratilgan uylarda farzandlari tirik о‘ziga tо‘q bо‘lgan


ota-onalar yashayotganligiga toqat qilib bо‘lmaydi. Gohi-gohada bо‘lsa 
ham, ota-onaga qо‘l kо‘tarish, undan ham og‘irroq jinoyat qilish hollari
sodir bо‘lib turganligini eshitib turibmiz! Bu — oddiy nuqson emas, 
balki uchiga chiqkan tubanlik bag‘ritoshlik milliy qadriyatlarimizni
oyoq-osti qilish, о‘z insoniyligini yо‘qotishdir. Milliy qadriyatlarimizga, 
о‘zbek xalqining sha’niga dog‘ tushuradigan bunday yaramas hodisalar
zamini, ildizi, sababi nimada, degan savol paydo bо‘lishi tabiiy. 
SHо‘rolar davrida, avlod-ajdodlarimizning о‘gitlari, pand-nasihatlari,
ajoyib an’analarimiz targ‘ib qilinish о‘rniga nuqul qoralandi, yomon otli 
qilindi, bid’at, xurofot, deb baholandi. Milliy tarbiya borasidagi
merosimiz о‘rganilmadi, targ‘ib etilmadi. Ularning о‘rniga ta’lim-
tarbiya borasida Yevropa, Rusiya modelini kо‘klarga kо‘tarib maqtab,
targ‘ib qilib, yoshlarimizni о‘z milliy qadriyatlarimizdan bebahra qilib 
qо‘ydik. Ana shu tufayli diniy-axloqiy, oila, qо‘ni-qо‘shni, mahalla-
ko`ylar ta’siri kabi ta’lim-tarbiyaning hayot sinovidan о‘tgan bebaho 
boyliklaridan judo bо‘la boshladik. Mustaqilligimiz tufayli bularga chek
qо‘yildi, bunday salbiy illatlarni tugatish borasida sezilarli ishlar amalga 
oshirilmoqda.
Kattalarga izzat-ikrom, kichiklarga mehr-shafqat, ota-onalarga e’zoz, 
farzandlarga mehr-sadoqat kabi insonni inson sifatida ulug‘laydigan,



axloqiy, ma’naviy jihatdan gо‘zal va barkamol qiladigan qadriyatlarimiz


odamlar, ayniqsa yoshlar qalbidan о‘rin ola boshlagani quvonchli bir 
holdir. Mustaqil О‘zbekiston Respublikasining asosiy qonuni –
Konstitutsiyada farzandlarning jamiyat, oila, ota-onalari oldidagi insoniy 
burchlari va mas’uliyatlari nimalardan iboratligi milliy
qadriyatlarimizdagi asosiy g‘oya va qoidalarga asoslanib belgilab 
berilgan. Uning 66-moddasida qayd qilinishicha, voyaga yetgan,
mehnatga layoqatli farzandlar о‘z ota-onalari haqida g‘amhо‘rlik 
qilishga majburdirlar.
Xullas, har bir farzandning о‘z ota-onasini e’zozlashi farzandlik burchi 
va jamiyat oldidagi mas’uliyati sanaladi. Ota-onani e’zozlashning
quyidagi sharqona talablariga hammamiz amal qilishimiz ham farz, ham 
qarz, farzandlik burchimizdir. Ota-onaga taom berish, ozoda qilib
kiyintirib qо‘yish, kasal bо‘lganda shifokorga kо‘rsatish, kerakli dori-
darmonni keltirib berish, doimo hol-ahvol, sihat-salomatliklarini sо‘rab
turish, ota-ona oldida «uh» tortmaslik gerdaymaslik lozim bо‘ladi. Ota-
ona norizo bо‘lgan ishni qilmaslik, aroq ichma, yomonlarga qо‘shilma,
desa uni qilmaslik va qо‘shilmaslik kerak bо‘ladi. Kо‘chada yurganda 
otadan oldin yurmaslik, otadan avval ovqatga, dasturxonga qо‘l
uzatmaslik, otadan avval о‘tirmaslik, otadan kо‘ra poygakda o`tirish 
lozim. Otaning oldida oyoqni uzatib, yonboshlab olish bizning axloq-
odobimizga kirmaydi. Ota-ona chaqirganda labbay deb javob qaytarish, 
nima ish qilayotgan bо‘lsa, hech ikkilanmasdan darrov ularga javob
berish farzandlik burchi hisoblanadi. Shunda ota-ona о‘z farzandidan 
rozi bо‘ladi. Ota-onaning roziligini olgan farzand baraka topadi, ishi
о‘ngidan kelaveradi, oldiga qо‘ygan maqsadiga erishadi. 
Ota-onasi norizo bо‘lgan farzand kechgacha yugursa ham, ishining
barakasi bо‘lmaydi, biri ikkiga aylanmaydi. Turmushga chiqish, 
uylanishda ota-onaning roziligini, oq fotihasini olishda hikmat kо‘p.
Yuqoridagilarning hammasi biz uchun bir hovuch oltin, xazina. Kelgusi 
hayotimiz uchun poydevor qо‘yish demakdir. Bu dunyo qaytar dunyo,
nima eksang shuni o`rasan, siz ota-onangizga nima qilgan bо‘lsangiz, u 
sizga farzandlaringizdan qaytadi. Bu ham tabiat qonuni bо‘lsa neajab!
Endi ota-onani hurmat qilishning ulug‘vorligi haqidagi ba’zi ibratli 
fikrlarni hadislardan keltirib о‘tamiz. «qaysi bir musulmon farzandi
savob umidi bilan ertalab ota-onasini ziyorat qilsa, Olloh taolo unga 
jannatdan ikkita eshik ochadi. Agar ulardan bittasini ziyorat qilsa, unga
jannatning bir eshigini ochadi. Bola ota-onasidan qaysi birini xafa qilsa, 
uni rozi qilmaguncha, Olloh taolo undan rozi bо‘lmaydi»; «Kim ota-



onasini rozi qilsa, unga tubo (jannatdagi daraxt) nasib bо‘lib, Olloh taolo


uning umrini ham ziyoda qiladi»; «Uch toifa kishilarning duosi, hech 
shubhasiz, Olloh taologa maqbuldir: mazlum kishining duosi,
musofirning duosi va ota-onaning duosi»; «Ota-onalarning keksaygan 
vaqtda har ikkisini yoki biri bо‘lmaganda boshqasini rozi qilib, jannatiy
bо‘lib olmagan farzand xor bо‘lsin, xor bо‘lsin, va yana xor bо‘lsin»; 
«Ota-onaga itoat qilish – tangriga itoat qilishdir. Uni oldida gunoh qilish
tangri oldida gunoh ish qilish bilan barobardir» va boshqalar. 
Yuqorida farzandning ota-ona oldidagi burchi haqida fikr yuritdik. Ota-
onaning ham farzand oldidagi burchi nihoyatda katta va mas’uliyatlidir. 
Farzandlarning kelajakda qanday ma’naviyat egasi bо‘lishi kо‘p jihatdan
ota-ona, u bergan tarbiyaga bog‘lik. Har bir ota-ona farzandi oldida о‘z 
otalik, onalik burchini tо‘liq his etishi, unga javobgarligini ma’nan
anglab yetishi kerak. 
Sobiq shо‘rolar davrida uzoq vaqt milliy va ma’naviy tarbiya chetga
surib qo`yildi. Oqibatda bolalar tarbiyasida ota-ona mas’uliyati pasayib 
ketganligi hech kimga sir emas. Vaholanki bola, о‘sib kelayotgan yosh
avlod tarbiyasida ota-ona beradigan tarbiya juda muhim ahamiyatga ega. 
Farzand tarbiyasi quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishini har bir ota-
ona yaxshi bilishi foydadan holi bо‘lmaydi. 
Birinchisi – nasl tarbiyasi, ya’ni bola tarbiyasi. Bola tug‘ilmasdan oldin
boshlanishi kerak. YA’ni bо‘lg‘usi ona va otaning sog‘ligi, farzand 
tarbiyalashga mas’ulligini hisobga olish lozim bо‘ladi. Bu – bola,
farzand kо‘rishni istagan ota-onaning bо‘lajak farzandlari taqdiriga 
mas’uliyat bilan qarab, о‘zlarining salomatliklarini yaxshilashlarini
nazarda tutadi. 
Ikkinchi bosqich – homiladorlik davridagi parvarish. Bu masala о‘ta
muhim, о‘ta ahamiyatlidir. Rivojlangan mamlakatlarda homiladorlik 
davri tug‘ilajak inson taqdirining 60 foizini belgilashi kо‘zda tutiladi. Bu
davrdagi chora-tadbirlar aksariyat ota-onalar tomonidan amalga 
oshiriladi.
Uchinchi davr bola tug‘ilgandan to 6-7 yoshgacha bо‘lgan davr. Shu 
davrga kelib, bola ma’naviyatining asosiy kurtaklari shakllanib bо‘ladi.
Sо‘ng ana shu ma’naviy kurtaklarni parvarishlash va yanada 
rivojlantirish davri boshlanadi.
Ma’naviy barkamollik balki, beshikdagi allaning mazmunidan, bolani 
kiyintirish-u uni halol luqma bilan boqishdan boshlanishi mumkin.
Hazrati Bahouddin Naqshband aytganlaridek insondagi yaxshi fe’llar, 
amollar halol luqmadandir.



Demak ota-ona farzandini halol luqma bilan boqsa, u farzand ma’nan


pok va halol bо‘lib voyaga yetadi. Biz shо‘rolar zamonida buni 
unutayozdik, ahamiyat bermadik, boz ustiga tarbiyani ham tuzum о‘z
manfaatlariga moslashtirib, uni о‘z qо‘liga oldi. 
Xulosa shuki, bola tarbiyasini dono xalqimiz aytganidek u hali
tug`ilmasdan ota, ona va butun oila a’zolari hamjihatligida boshlashimiz 
lozim bо‘ladi. Olamda barcha narsa juft-juft bо‘lib yaratilgan. Juft bо‘lib
yashash tabiat qonuni, taqozosi. Lekin oila bо‘lib yashash barcha 
maxluqotlar orasida faqat odam nasliga xosdir.
Oila jamiyatning birinchi va birlamchi bо‘rini, zarrachasi. Jamiyat ana 
shu kichik zarralardan tashkil topadi. Er va xotin – ikki tirik vujudning,
ikki olamning о‘zaro ittifoqidan paydo bо‘lgan uchinchi bir olam – bu 
oiladir. Agar oila tinch-totuv, ahil bо‘lsa, olam tinch va obod. Aks holda,
turmush dо‘zaxga aylanadi, oila zindonning о‘zi bо‘ladi, buning jabrini 
esa er va xotinning о‘zigina emas, balki farzandlari, yaqinlari ham
tortadi. Oila poklikka va soflikka, ikki tomonlama muhabbatga, sadoqat 
va vafodorlikka asoslanishi kerak. Bu farzandlar tarbiyasi uchun muhim
omil hisoblanadi. 
Eng qadimgi odatimizga kо‘ra, о‘zbek oilasi ham tо‘ydan boshlanadi.
Xalqimiz saxovatli xalq. Topganini el-yurt oldiga qо‘ysam, deydi. 
Xalqimizni tо‘ysevarlikda ayblab bо‘lmaydi. Agar ayblasak о‘z-
о‘zimizni kamsitgan bо‘lamiz. To`y va ma’rakalarimizga о‘rinsiz tosh 
otish insofdan emas. Lekin tо‘y bahona soxta obrо‘ olishga intilish,
kimosharga isrofgarchilikka yо‘l qо‘yishni oqlab bо‘lmaydi. Tо‘y va 
ma’rakalarda musobaqa emas, xayr-saxovat va ma’naviyat qadriyatlarini
mustahkamlash ustuvor bо‘lgani yaxshi. 
О‘zbek oilasining tashqaridan sezilmaydigan о‘ziga xos ichki qonun-
qoidalari, axloqiy, ma’naviy mezonlari bor. Quyida biz shulardan 
ba’zilari, turmush uchun zarurlari haqida tо‘xtab о‘tishni lozim topdik.
Zero bu oila qurish oldida turgan yoshlar uchun foydadan holi bо‘lmas, 
degan niyatdamiz.
Rizq-rо‘z tongda har bir odamga, oilaga ulashiladi. Kimki g‘aflat bosib, 
о‘rnida yotaversa, rizqidan quruq qoladi, deyiladi. Barvaqt turilsa, ish
unumli, o`sha kun xayrli bо‘ladi…. 
Yuz-qо‘lni yuvmasdan hol-ahvol so`ralmaydi, yuz-qo`lni yuvgandan
sо‘ng kichiklar kattalarga salom beradilar, ayollar nonushta 
tayyorlaydilar, qizlar-kelinlar hovli, eshik oldini supurib, suv sepib
qо‘yadilar… 


Ish yoki о‘qishga oilaning tabarruk yoshlilaridan fotiha olib ketilishi


axloq-odob doirasiga kiradi, qaytganda, avval ularga uchrashib, salom 
beriladi, hol-ahvol sо‘raladi…
Oila odobiga kо‘ra katta yoshlilar bolalarga, balog‘atga yetgan 
farzandlar, kelinlar katta yoshlilarga ochiq-sochiq holda kо‘rinmaydilar,
bachkana qiliq qilmaydilar, pardasiz sо‘zlarni aytmaydilar. Kо‘chaga uy 
kiyimida chiqilmaydi. O‘zbek oilasiiing fazilatlari kо‘p, qonunlarda
belgilanmagan, ammo millatimizning qadriyatlariga aylangan tartib va 
talablari mavjud. Ularni farzandlarimiz о‘zlashtirishi ham farz, ham
qarzdir. 
Shunday qilib, oila – jamiyatning asosiy bо‘g‘ini. Oilada singdirilgan
tarbiya, Vatan, el-yurt, mustaqillik, ozodlik haqida berilgan tushuncha
tasavvur bolaning murg‘ak qalbila bir umr muhrlaiib qoladi. Oila
mustahkam, tinch, farovon, sog‘lom bо‘lsagina, jamiyatda barqarorlik 
vujudga keladi. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek «Oilaning jamiyatdagi
о‘rni, tarbiyaviy-axloqiy ahamiyati, qadr-qimatini anglab yetmasdan, 
oilaga millat manfaati nuqtai nazaridan yondashmasdan turib, xalqchil
mafkura yaratolmaymiz». YA’ni ma’naviy sohadagi vazifalarimizni 
muvaffaqiyatli amalga oshira olmaymiz.
Shuning uchun ham mamlakatimizda oilani mustahkamlashga alohida 
e’tibor berilmoqda. Jumladan, asosiy qonunimizning «Oila» deb atalgan
14-bobida quyidagi qoyidalarni о‘qish mumkin: 
«63-modda» Oila jamiyatiing asosiy bо‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat
muhofazasida bо‘lish huquqiga ega… 
64-modda. Ota-onalar о‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar
boqish va tarbiyalashga majburdirlar… 
65-modda. …Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi».
Mustaqil Respublikamizda Oila munosabatlariga alohida ahamiyat 
berilayotganligipi Oliy Majlisning birinchi chaqiriq о‘n birinchi
sessiyasida «Oila kodeksi»ning qabul qilinishida ham ko`rishimiz 
mumkin. Davlatimizning oilaning rolini oshirishga qaratilgan siyosati
albatta farzandlarimizning ma’naviyati yuksaltirishida katta ahamiyatga 
ega bо‘ladi.
2. Adabiyot va san’at asarlari mustaqil respublikamiz fuqarolari 

ma’naviy dunyosini boyitish, ularni gо‘zal narsalarning hammasidan


bahramand qilish kabi ajoyib xususiyatlarga ega. Ma’naviyat, yuksak 
badiiy, jozibali adabiyot va san’at asarlari kishilar qalbiga tezroq yо‘l
topish, estetik hissiyotiga kuchli ta’sir qilish, hayotiy voqea-


hodisalarni chuqur mushohada etishga da’vat etish kabi xususiyatlari


bilan ajralib turadi. Shuning uchun adabiyot va san’at asarlarining 
kishilarni yuksak ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashdagi badiiy ta’sir
etishdek vositalik xususiyatidan imkoni boricha kengroq foydalanish 
muhim ahamiyatga egadir.
Adabiyot va san’at asarlarining kuchi uning xalqchil va tushunarliligida, 
kishilar ichki — ruhiy dunyosiga emosional ta’sir kо‘rsata olishidadir.
Ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda adabiyot va san’atning ana 
shu xususiyatini hisobga olish muhimdir.
Ma’naviy tarbiyada о‘zbek xalqining boy ma’naviy merosidan keng 
foydalanish uning ta’sirchanligi, samaradorligini oshirishda muhim omil
bо‘la oladi. Yoshlarimiz ma’naviy tarbiyasida Yusuf xos Xojib, Ahmad 
Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Abdurahmon
Jomiy, Mashrab, Muqumiy, Furqat, Abdulla Qodiriy, CHо‘lpon, Usmon 
Nosir kabi mumtoz shoir va yozuvchilarimiz asarlaridan
foydalanishimiz ular qalbini, ruhiy dunyosini ma’naviy boyitishda katta 
ahamiyatga egadir. Ularning bizga qoldirgan boy badiiy-ma’naviy
merosi о‘zining chuqur falsafiy mazmuni, axloqiy yо‘nalishi bilan 
ajralib turadi.
Mumtoz san’atkorlarimiz asarlarida halollik va poklik, tо‘g‘rilik, 
birovning haqiga kо‘z olaytirmaslik, xiyonat qilmaslik, insonparvarlik,
vatanparvalik, mehnatsevarlik, diyonatlilik, iymonlilik, halol luqma 
bilan kun kо‘rish, ota-onani hurmat qilish kabi inson uchun zarur
ma’naviy xislatlar yuqori badiiy saviyada bayon etilgan. 
Ma’naviy tarbiyada Pirimqо‘l Qodirov, Odil Yoqubov, Sayd Ahmad,
О‘tkir Hoshimov kabi yozuvchilarimiz; Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, 
Oydin Hojiyeva, Omon Matchon kabi shoirlarimizning asarlaridan ham
keng foydalanish, badiiy asarlar, ulardagi qahramonlarning fe’l-atvori, 
axloqi, ma’naviy dunyosi tо‘g‘risida suhbat, munozara о‘tkazish katta
samara beradi. 
Ma’naviy tarbiyada kishilar ongi, ruhiyatiga ta’sir etishda teatr
san’atining ham roli, о‘rni va ahamiyati, ta’sir etish doirasi imkoniyatlari 
cheksizdir. Biz teatr san’atini ikki tomoni charxlangan shamshirga
о‘xshatishimiz mumkin. U bir tomoni bilan kishilar qalbiga yorug‘lik 
olib kirsa, uni yuksak ma’naviylik tomon yо‘llasa, ikkinchi tomoni bilan
inson qalbidagi nodonlik, jaholat, ya’ni, ma’naviyatsizlikka va jaholatga 
qarshi kurashadi.
Teatr san’ati boshqa san’at turlari kabi obrazli – badiiy tabiati bilan 
inson qalbiga emosional ta’sir kо‘rsatish, uning ruhiy dunyosiga chuqur



kirib borish, shu orqali ma’naviy dunyosini boyitish xususiyatiga ega.


Mustaqillikni mustahkamlash, kishilarni yuksak ma’naviylik ruhida 
tarbiyalashda teatr san’atining ana shu xususiyatidan unumli foydalanish
zamon talabi. Afsuski, kishilarimiz, shu jumladan yoshlarimizning teatr, 
kino san’ati yoki san’atning boshqa turlariga bо‘lgan qiziqishi unchalik
yetarli darajada emasligi kishini ajablantiradi. 
Teatr voqeligimiz, kishilarimiz turmushi, intilishi, qiziqishi, xatti-
harakatlarini hayajon bilan aks ettiradigan maydondir. U bir vaqtning 
о‘zida ham sо‘z, ham musiqa, ham xatti-harakat orqali inson qalbiga
ta’sir etish xususiyatiga egaligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun teatr 
va kino san’atining bu xususiyatidan ma’naviy tarbiyada foydalanish
katta samara berishi shubhasiz. Faqat ulardan samarali foydalanish 
lozim bо‘ladi.
Bunday asarlarni kishilar qalbiga kirib borishida televideniye 
imkoniyatlaridan foydalanishga alohida ahamiyat berish talab etiladi.
Kishilarimiz «Otalar sо‘zi – aqlnini kо‘zi» kabi kо‘rsatuvlarni sabrsizlik 
bilan kutganidek ma’naviy yuksaklikka chorlaydigan, ya’ni jasorat va
olijanoblikni, ma’naviy gо‘zallik va axloqiy poklikni, ulug‘vorlik, 
nafosat va ma’naviy qadriyatlarimizni targ‘ib etuvchi badiiy yuksak
adabiyot va san’at asarlariga muhtojdir. Chunki, ular ma’naviyatimizni 
yuksaltiribgina qolmasdan, shu bilan birga yoshlarimizga ilm
egallashda, millat va vatanni taraqqiy ettirishda, fidoyilik kо‘rsatishda, 
zavq-shavq va ilhom bag‘ishlaydigan vositalarning asosiylaridan biri
hisoblanadi. 
Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda va yoshlarimiz ongiga milliy
istiqlol g‘oyalarini singdirishda Respublika ma’naviyat va ma’rifat 
kengashining olib borayotgan amaliy ishlarini ham alohida ta’kidlash
lozim bо‘ladi. Uning viloyatlardagi va Toshkent shahridagi bilimlarida 
samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, talaba yoshlar bilan
Respublikamizning kо‘zga kо‘ringan adabiyot va san’at arboblarining 
uchrashuvlarini tashkil qilish, kо‘zga kо‘ringan olimlar ishtirokida turli
ilmiy-amaliy konferensiyalar uyushtirish kabi о‘ta muhim ishlarni 
amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, bu kengash tomonidan ma’naviyat,
tarbiya va ta’lim masalalariga bag‘ishlangan ilmiy, ilmiy-ommabop 
risolalarni bosib chiqarayotgani va ularni yoshlar о‘rtasida keng targ‘ib
qilayotganligini alohida ta’kidlash lozim. Bu kengash о‘z faoliyati bilan 
mamlakatimizda tarbiya borasida olib borilayotgan umumiy ishga о‘z
hissasini qо‘shib kelmoqda. 


Xulosa qilib aytganda, ma’naviy tarbiya bugungi kunning eng dolzarb


masalasi. Bu ishga yurtimizning barcha ziyolilari – о‘qituvchilar, 
jurnalistlar, yozuvchilar, shifokorlar, artistlar, barcha rahbarlar birdek
mas’uldirlar. Mamlakatimizda tarbiyani hozirgi zamon talablari 
darajasida olib borishda mavjud barcha imkoniyatlar va vositalardan
samarali foydalanganimizdagina ma’naviyati yuksak yoshlarni 
tarbiyalashga erishish mumkin bо‘ladi.
Tayanch sо‘z va tushunchalar: 

Ota-ona — aziz va mo`’tabar zot; ota-ona farzandning suyanchig‘i, 


bitmas-tuganmas boyligi; birisini oy deb bil, ikkinchisini quyosh; ota-
onani e’zozlash farzand burchi, jamiyat oldidagi mas’uliyat; ota rozi – 
xudo rozi; otalar sо‘zi – aqlning kо‘zi; ota-onaga itoat qilish – Tangriga
itoat qilishdir; yaxshi fe’llar, a’mollar halol luqmadandir; oila 
jamiyatning asosiy bо‘g‘ini; adabiyot va san’at inson qalbiga, ruhiy
dunyosiga chuqur kirib borishi va shu orqali uning ma’naviy dunyosini 
boyitish xususiyatiga ega.
Takrorlash uchun savollar: 

1. Ota-onaning farzand oldidagi ulug‘ligi nimada? 


2. Birisini oy deb bil, ikkinchisini quyosh iborasining mazmunini
izohlang. 
3. Ota-onaning farzandlar oldidagi burchi nimada deb bilasiz?
4. Farzandlarning ota-onalar oldidagi burchi nimada deb bilasiz? 
5. Ota-ona va farzandlar mas’uliyati haqida О‘zbekiston Respublikasi
Konstitusiyasida nimalar kо‘rsatilgan? 
6. Ota rozi – xudo rozi iborasining mazmunini izohlang.
7. Farzand tarbiyasini qaysi davrda boshlanishi haqida nimalar bilasiz? 
8. Yaxshi fe’llar, yaxshi a’mollar – halol luqmadandir? iborasining
mazmunini izohlang. 
9. О‘zbek oilasining ma’naviy-axloqiy jihatlari haqida nimalarni bilasiz?
10.

Kishilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda adabiyot va san’atning


ahamiyati nimada deb bilasiz? 


11.
Qaysi yozuvchi va shoirlar asarlarida о‘zbek milliy 


ma’naviyatining о‘ziga xos jihatlari о‘z ifodasini topgan? Ular milliy
ma’naviyatimizning rivojlanishida qanday ahamiyatga ega? 
Adabiyotlar 

1. Karimov I.A. О‘zbekistan buyuk kelajak sari. –T.: О‘zbekistan, 1998


y.

2. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. –T.: Sharq, 1999 y.


3. Karimov I.A. Olloh qalbimizda, yuragimizda. //Xalq sо‘zi, 4 mart 
1999 y.
4. Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk 
kelajakka ishonchdir. –T.: О‘zbekiston, 2000 y.
5. Davlat, jamiyat, oila va yoshlar muammolari. (Davlat, jamiyat, oila va 
yoshlar muammolari Respublika konferensiyasi materiallari). –T.:
О‘zbekistan, 1997 y. 
6. Aliyev A. Istiqlol va adabiy meros. T., О‘zbekiston, 1997 y.
7. Soifnazarov I., Soifnazarova F. Ma’naviyatimizning umrboqiy 
sarchT., Mehnat, 1997 y.


http://fayllar.org
Yüklə 43,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə