Issn: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factor



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix28.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#133451
1   2   3   4   5   6   7   8   9
kiyimlarni-tikishda-inson-tanasi-o-lchamlarini-olish-usullari

ǀ
ISSUE 3 
ǀ
2023 
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 54
m — qorinning turtib chiqqan nuqtasi; 
l — dumbaning turtib chiqqan nuqtasi; 
n — tizza nuqtasi (tizzaning eng yuqoriga ko‘tarilgan markaz nuqtasi); 
o — to‘piq nuqtasi; 
p — tirsak nuqtasi (tirsak bukilganda chiqib turgan nuqtasi); 
r — bilak nuqtasi (bilakning eng ingichka yeridan o‘tgan chiziqda ko‘tarilib turgan 
nuqtasi). 
Kerakli o’lchovlar va ularni gavdadan olish qoidalari. 
Kiyimni tikishdan oldin uni loyihalash kerak. Kiyimni loyihalashda esa gavdadan 
aniq olingan o‘lchovlar ishlatiladi. Buning uchun santimetrli lenta olib kiyim tikmoqchi 
bo‘lgan kishi gavdasini o‘lchash kerak. Bu ishni bajarayotganda odam tovonlarini 
juftlab, ikkala oyog‘ida, gavdani tabiiy holatda bo‘sh qo‘yib, qo‘llarini tushirib tinch 
turishi kerak. O‘lchayotganda tor futbolka ustidan emas, balki gavdaga yopishib 
turmaydigan ich kiyim, masalan kombinasiya ustidan o‘lchanadi. O‘lchashni 
boshlashdan oldin gavdada asosiy hisoblash nuqtalari — bel chizig‘i va boshqalar 
belgilab olinadi. Buning uchun belga 70-90 sm uzunlikdagi rezinka belga gorizontal 
qilib ilgak yordamida biriktiriladi. O‘lchayotganda santimetrli lentani tortmay va 
bo‘shashtirmay old tomondan tutashtiriladi. Yelka, qo‘l, yubka uzunligi va boshqa 
o‘lchamlarni gavdaning o‘ng tomonidan olish kerak. Yelka, bo‘ksa va hokazolar 
simmetrik bo‘lmasa ikkala tomon ham o‘lchanib, natijalar alohida yoziladi. Aylana 
o‘lchamlari to‘la o‘lchanadi, lekin bu o‘lchamning yarmi (yelka, bilak, yelka 
qiyamasining kengligidan tashqari) yoziladi. Uzunlik o‘lchamlari to‘la yoziladi. Razmer 
belgilari qisqartirib: aylana — A, yarim aylana — YaA, uzunlik — U, kenglik — K, 
balandlik — B deb yoziladi. Gavdani o‘lchashdan oldin hech narsani esdan chiqarmay 
to‘g‘ri o‘lchash uchun o‘lchash belgilari ro‘yxati yozilgan qog‘oz tayyorlab olishni 
maslahat beramiz. 
Gavdani to‘g‘ri o‘lchash usullari 5-rasmda ko‘rsatilgan. Ularni razmer belgilarini 
shartli belgilanishi esa quyida yozilgan: 
1. 
Bo‘yin aylanasi
(BnA). Santimetrli lenta bo‘yin nuqtasi va bo‘yin asosidagi nuqta 
orqali o‘mrov nuqtasigacha aylanib o‘tadi. 
2. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə