Issn: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factor


Ko‘krakning birinchi aylanasi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix28.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#133451
1   2   3   4   5   6   7   8   9
kiyimlarni-tikishda-inson-tanasi-o-lchamlarini-olish-usullari

Ko‘krakning birinchi aylanasi
(KA1). Santimetrli lenta gavda ort qismi bo‘ylab 
gorizontal qo‘ltiq chuqurligining oldingi va ortki burchaklariga tegib oldinda ko'krak 
bezlari asosining ustidan o‘tadi. 
3.
 Ko‘krakning ikkinchi aylanasi
(KA2). Santimetrli lenta kuraklarning turtib chiqqan 
nuqtalari bo‘ylab qo‘ltiq chuqurligining oldingi va ortki burchaklariga tegib oldinda 
ko‘krakning turtib chiqqan nuqtalari bo‘ylab o‘tadi. 3а. Ko‘krakning uchinchi aylanasi 
(KA3). Santimetrli lenta kurakning turtib chiqqan nuqtalari orqali tana atrofidan 
qat’iyan gorizontal o‘tadi. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 4 
ǀ
ISSUE 3 
ǀ
2023 
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 55
4. Bel aylanasi (BlA). Santimetrli lenta bel chizig‘i darajasida eng ingichka joydan 
tanani aylanib o‘tadi. 
5. Bo‘ksa aylanasi (BkA). Santimetrli lenta tana atrofidan gorizontal aylanib lekin 
qorinning turtib chiqqanini hisobga olib dumbaning turtib chiqqan nuqtalari orqali 
o‘tadi. 
6. Bilak aylanasi (BA). Panja bilakka ulanadigan joyidan aylantirib o‘lchanadi. 
7. Son aylanasi (SA). Sonning eng yuqori qismidan dumba chiziqlaridan gorizontal 
ravishda aylantirib o‘lchanadi. 
8. Тizza aylanasi (ТA). Oyoqni 90° bukilgan holatda tizza atrofidan aylantirib 
o‘lchanadi. 
9. Gavdaning ort qismining kengligi (OrK). Gavda ort qismi bo‘ylab qo‘ltiq 
chuqurligining ortki burchaklari orasi gorizontal o‘lchanadi. 
5-rasm. Gavdadan o’lchov olish. 
10. Ko‘krak kengligi 1 (KK1). Ko‘krak 
bezlarining 
asosi 
ustidan 
qo‘ltiq 
chuqurligining oldingi burchaklari orasi 
gorizontal o‘lchanadi. Bu nazorat qilish 
o‘lchovidir. 
11. Ko‘krak kengligi 2 (KK2). Santimetrli 
lenta ko‘krak bezlarining uchlaridan qo‘ltiq 
chuqurligining 
oldingi 
burchaklaridan 
hayolan pastga tomon o‘tkazilgan vertikal 
chiziqlar orasidan o‘tadi. 
12. Ko‘krak markazi (KM). Ko‘krakni 
turtib chiqqan nuqtalarining orasi o‘lchanadi. 
13. Yelka kengligi (YelK). Bo‘yin asosining nuqtasidan yelka nuqtasigacha o‘lchanadi. 
14. Yelka aylanasi (YelA). Qo‘lning yuqori qismidan aylantirib qo‘ltiq 
chuqurliklarining burchaklariga taqab gorizontal o‘lchanadi. 
15. Yeng uzunligi (YeU). Santimetrli lenta yordamida yelka nuqtasidan sal bukilgan 
tirsak nuqtasi orqali bilakgacha o‘lchanadi. Bir vaqtda yengning tirsakkacha uzunligini 
ham belgilab olish kerak. 
16. Gavda ort qismining belgacha uzunligi (OrbU). Santimetrli lenta bo‘yin asosidan 
kurak nuqtasi orqali belgacha umurtqa pog‘onasigacha parallel ravishda o‘tadi. 
17. Yelka qiyamasi uzunligi (YeQU). Bel chizig‘i umurtqa chizig‘i bilan kesishgan 
nuqtasidan yelka nuqtasigacha o‘lchanadi. 
18. Gavdaning old qismi belgacha uzunligi (OlbU). Santimetrli lenta bo‘yin asosi 
nuqtasidan ko‘krak bezlarining uchlari orqali belgacha vertikal ravishda o‘tadi. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 4 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə