1-mavzu. Kirish quymani tayyorlab olish sxemasi va quymaga qo’yiladigan talablar



Yüklə 23,96 Kb.
səhifə1/3
tarix25.05.2023
ölçüsü23,96 Kb.
#112868
  1   2   3
1-mavzu. Kirish quymani tayyorlab olish sxemasi va quymaga qo’yi


1-mavzu.Kirish. quymani tayyorlab olish sxemasi
va quymaga qo’yiladigan talablar

O’quv modul birliklari:

  1. Kirish.

  2. Quymani tayyorlab olishni texnologiyasi

  3. Quymaga (GOST bo‘yicha) qo’yiladigan talablar



Kirish
Quymakorlik bu eng ko‘p rivojlangan va tarqalgan mashinasozlikda zagotovkalarini tayyorlab beradigan usuldir.
Statistik ma’lumotlari bo‘yicha 70% zagotovkalar (massasiga muvofiq) quymakorlik usulida olinadi, ba’zi bir soxalarda bu raqam 90-95% tashkil qiladi.
Quymakorlik mohiyati suyuqlantirilgan, belgilangan kimyoviy tarkibga va sifatga ega bo‘lgan qotishmani oldindan tayyorlab qo‘yilgan qolipga quyishdir.
Quymakorlik soxasining mashinasozlikda boshqa (shtampovkalash, bolg‘alash) usullariga qaraganda afzalligi - amaliyotda har qanday murakkablikka ega bo‘lgan va minimal mexanik ishlov berib zagotvokalarni tayyorlab olish mumkin.
Bu muhim afzallik, chunki mexanik ishlovga harajatlarni kamaytiradi, mahsulotning tannarxini tushiradi va qotishma sarfini kamaytiradi.
Qotishmalar kristallanishi va sovishi jaryonida uning asosiy mexanik va ekspluatatsion xususiyatlari muayan shakllanadi.
Quymalarning vazni bir necha grammdan bir necha tonnacha bo‘lishi mumkin. Quymalarning shakli texnologik moslamalarga, qoliplarga bog‘lik.
Quymalar devorining qalinligi 0,5 mm dan to 30-40 mm gacha bo‘lishi mumkin.
Bugungi kunda quymalar turli cho‘yanlardan, po‘latlardan, rangli qotishmalardan tayyorlab olinadi.
Kotishmalarni rafinirlab, modifikatsiya qilib, legirlab kerakli puxtalikni, kimyoviy tarkibi va boshqa xususiyatiga ega bo‘lgan quymalarni olish mumkin.
Quymakorlikning maxsus usullari yordamida yuqori aniqlikka ega bo‘lgan, mexanik ishlov berilmaydigan tayyor va anik o‘lchovli detallarni olish mumkin. Bu usullarda metallning foydali ishlash koeffitsienti yuqori va quymaning sifati yaxshidir.



Yüklə 23,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə