Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti


Markaziy Osiyo hududida soliqlarning



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə5/64
tarix24.12.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#97793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
portal.guldu.uz-SOLIQLAR va SOLIQQA TORTISH

Markaziy Osiyo hududida soliqlarning paydo bo’lishi, o’ziga xos xususiyatlari va rivojlanishi
Soliqlarning paydo bo’lishi va rivojlanishiga bevosita davlatchilik munosabatlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi bog’liq bo’lib, uning sababi sifatida shuni qayd etish lozimki, davlatning mavjud bo’lishi, davlat harajatlarini moliyalashtirish zaruratini namoyon etadi. Ma’lumki, davlatchilik munosabatlarining ilk ko’rinishlaridan tortib hozirga qadar ham davlat haraekatlarini moliyalashtirishning soliqlardan boshqa samarali mexanizmi mavjud emas.
Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha Markaziy Osiyo hududida davlatchilik munosabatlari eramizdan avvalgi ming yillik boshlariga borib taqalib, uning hududidagi eng qadimgi davlatlar sifatida Katta Xorazm, Baqtriya va So’g’diyona davlatlari qayd etilgan. Ushbu davlatlarni boshqarish tizimi, ularda amal qilgan soliqlar borasida aniq ma’lumotlar saqlanmagan bo’lsada, aytish lozimki, shab-shubhasiz u yoki bu ko’rinishdagi soliqlar amal qilgan. Soliqlarning paydo bo’lishi va rivojlanishiga doir munosabatlar Markaziy Osiyo hududida ham dunyoning boshqa mintaqalarida bo’lgani kabi davrlar nuqtai-nazaridan oddiylikdan murakkablik tomon rivojlanib borgan.
Mamlakatimiz tarixida miloddan oldingi va miloddan keyingi davrlarda hukmronlik qilgan davlatlarda, davlat boshliqlarining oliy maqsadlari o’z xazinasini tinmay to’ldirib borish, keyingi avlodlariga 2-3 barobar ortiq, boylik qoldirish bo’lgan. Yig’ilgan xazinalarning eng ko’p qismi unumsiz tadbirlarga tartibsiz sarflanib, hatto isrof bo’lganligi ayon. Miloddan oldingi birinchi ming yillikning boshlaridayoq Markaziy Osiyo hududlarida ko’chmanchilik sharoitida, o’zlari uchun qulay joy izlab yurgan ko’plab urug’ va qabilalar, yer maydonlari, suv, o’tloqlarni egallash maqsadida kurashib kelganlar, ayrim hollarda esa o’zlaridan kuchliroq, yirik qabilalarga yer solig’i, ya’ni o’lpon to’lab turganlar,
Tarixiy manbalar podshoh xazinasining dastlabki asosiy manbai sovg’a-salom bo’lganligidan dalolat beradi. Lekin Doro hukmronligi davriga kelganda soliqlar joriy qilinadi. «Doroni Forslar savdogar deyishlariga sabab, u birinchi bo’lib soliqlarni joriy etganligidadir» deb yozgan edi Gerodot. Doro soliq tizimini faqat o’z mamlakatida emas, balki zo’rlik bilan qaram qilib olgan mamlakatlarga ham joriy etdi. Soliq miqdori satin pul birligi talant hisobida aniqlangan. Ahamoniylar hukmronligi davrida Markaziy Osiyoda yashovchi qabilalardan soliqlar salkam ikki asr mobaynida yillik xiroj va harbiy otryadlar yetkazib berish shaklida undirilgan. Bu davrda soliq turlari ham har xil bo’lgan. Masalan, sak va kasbiylar kabi qabilalar 250 talant (1 talant 25 kg. 248 gr. sof oltinga teng bo’lgan), ya’ni 6312 kg, miqdorida, parfiyaliklar, xorazmiylar, so’g’dlar va oriylar 300 talant, ya’ni 7575,4 kg. miqdorida xiroj to’lashgan. Qat’iy belgilangan xirojlardan tashqari har xil sabablarni ro’kach qilib qo’shimcha soliqlar ham joriy etdilar va ular suv yo’lini to’sib qo’yish yoki boshqa xil zo’ravonlik kabi tahdidlar orqali undirib olinar edi.
Erondagi qadimgi Persapol shahridan topilgan uzoq ajdodlarimiz, ya’ni baqtriyaliklar, xorazmliklar, so’g’dlar va saklar tasvirlagan rasmlarda, saklar kiyim-kechaq baqtriyaliklar tuya va idishlar, xorazmliklar dudama xanjar, jangavor bolta, bilakuzuk va otni shohga olib borayotgan manzara chizilgan. So’g’d bitiklariga ko’ra O’rta Osiyoga mashhur otlar, oltin, firuza va qimmatbaho toshlar olib kelingan.
Aleksandr Makedonskiy Markaziy Osiyoni bosib olib, uni o’z saltanati tarkibiga kiritgach, bu yerda istiqomat qiluvchilar soliqlarni yunonlar tamoyili bo’yicha to’lay boshlaganlar. Yunonistonda soliqqa tortish Markaziy Osiyodagidan farq qilib, soliqlar daromad solig’i va ehsonlardan iborat bo’lgan. Daromad solig’i daromadning o’ndan yoki yigirmadan biri miqdorida undirilgan va jamoat manfaatlarini himoya qilish maqsadlari yo’lida ishlatilgan. Aleksandr Makedonskiy Markaziy Osiyoda asosan Ahamoniylar barpo etgan davlat apparati tuzilmasini saqlab, mahalliy zadagonlar tarkibidan satraplar hokimiyatini tuzgan. Maxsus soliq xizmati joriy qilmagan, soliq undirish vazifasi muayyan kishi zimmasiga yuklatilgan. Ular esa soliq to’lovchilardan xazina bilan tuzilgan shartnomada belgilangandan ko’ra ko’proq soliqlar yig’ib, o’z manfaatlari uchun ham qo’shimcha mablag’lar to’plab olishgan.
Eramizdan oldingi 140 yilda Yunon-Makedon mamlakati barham topdi. I asrning oxiridan boshlab to hozirgi eramizning IV asr o’rtalarigacha Markaziy Osiyoda Kushon podsholigi hukmronlik qildi. Bu davrda soliqlarni hisoblash va undirish tartibi haqida yetarli ma’lumot bo’lmasa ham, lekin ayrim arxeologik topilmalar soliqlar oltin bilan hisoblanishini, undagi xujjatlar soliqlarni qabul qiluvchi xazinabon lavozimi bo’lganligidan darak beradi. Surxondaryo viloyatining Denov shahriga yaqin Dalverzintepa qishlog’idan topilgan Kushon davlati davrida bunyod etilgan saroy qoldiklari orasidan 40 kg dan ortiq oltin joylashtirilgan xum topilgan. Ashxobod yaqinidan topilgan bitiklar, yozuvlar esa soliq to’lash bo’yicha katta devon bo’lganligidan darak beradi. Bu xujjatlarni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, soliq yig’ish va mahsulotlarni asrashga ko’pdan-ko’p amaldorlar jalb qilingan.
IV-VI asrlardagi turkiy qavmlar tarixiga oid qadimgi manbalarda qabilalar, urug’lar o’rtasida sodir bo’lgan to’qnashuvlarda mag’lubiyatga uchragan tomon aholisi yangi xukmdorlariga mavjud yer yoki chorvalari uchun soliqlar to’lab turganligi, dexqonchilik yoki chorvachilik bilan shug’ullanish imkoni bo’lmagan joylarda esa soliq o’rniga belgilangan miqdorda konlardan ma’danlar qazib berganliklari kabilar haqida ma’lumotlarni uchratish mumkin.
Arablar istilosigacha Markaziy Osiyoda shakllangan soliqlar tizimining xususiyati shundan iboratki, bu davrda quldorlik va feodal davlat boshqaruvining o’ziga xos belgilari birlashib ketgan, hatto ayrim hollarda zadagonlar lashkar boshilarga maosh to’lamasdan, uning o’rniga ikkitoy tizimi joriy qilingan. Soliqlarni undirishda mahalliy oqsoqollar bilan birga soliq undirishni ijara usuli ham qo’llanilgan. Soliqlar ko’pchilik hollarda tumanlar bo’yicha belgilanib, to’lovchilarning xususiyatlari e’tiborga olinmagan.
651 yildan boshlab mamlakatimiz hududida arablar hukmronligi o’rnatildi. Soliqqa tortish tizimi bir muncha murakkablashdi va soliqlarning turli xillari paydo bo’ldi. Masalan, xayr-ehson ehtiyojlari uchun soliq - zakot (mol-mulkdan 2,5 foiz miqdorida) ijtimoiy keskinlikni yumshatish uchun mo’ljallangan, kambag’allar, yetimlar va yo’lovchilarga xayr-ehson berishda foydalanilgan.
Bundan tashqari, quyidagi soliqlar mavjud edi, vazifa - o’lpon, juzya - jon solig’i, xiroj - yer solig’i.
Xiroj quyidagi shakllarda undirilgan:
Misaha - ishlov beriladigan maydon birligidan qat’iy stavkalarda;
Muqota - qat’iy belgilangan summada;
Muqosama – hosilning muayyan ulushida (1/3 qismi).
Xiroj Navro’z bayrami arafasida yig’ib olingan. Juzyani musulmon bo’lmagan fuqarolar (ozod erkaklar) to’laganlar. Xotin-qizlar, keksalar, kambag’allar va qullar bu soliqni to’lashdan ozod qilingan. Juzyani hisoblashda o’ziga to’qlik darajasi hisobga olingan va soliq pul yoki natura shaklida undirilgan. Yuqoridagi soliqlardan tashqari chorvadorlardan, hunarmandlardan va savdogarlardan soliqlar olingan.
Arablar hukmronlik qilgan davr soliq siyosatida ancha muvaffaqiyatlarga erishilgan bo’lsada, ammo ba’zi kamchiliklar ham mavjud bo’lgan. Xususan, Noib Ashras olib borgan soliq siyosatida, qisqa vaqt ichida ikki qarama-qarshi yo’l tutilgan. Oldiniga musulmonlar juzya va xirojdan ozod etilgan. Ammo ko’p vaqt o’tmay xazinaga tushumlarning keskin qisqarib ketishi bu farmonni bekor qilishga majbur etgan. Oqibatda So’g’d va Buxoroda norozichilik kuchayib. u qo’zg’olonga aylangan. Ashrasning muvaffaqiyatsiz soliq siyosati tufayli arablarga qarshi qudratli harakat avj olib, Movaraunnahrning tez orada arablar ixtiyoridan chiqishi bilan yakunlandi.
Ikki asrdan ko’proq hukmronlik qilgan arablar saltanati tugab, Somoniylar (869-1005 yillar) xukmronligi o’rnatilgach, ular davlatida o’nta devon tashkil etildi. Devonlardan uchtasi Devoni mustavfiy (kirim-chiqim ishlarini boshqargan) va Devoni muhtasib (bozorda toshu-tarozi, narx-navo va musulmonlar tomonidan shariat qoidalari bajarilishi ustidan nazorat qilgan), Devoni mushrif (davlat ishlari, xususan kirim-chiqim ishlarini yuritgan hamda) soliqlarni ham nazorat qilgan. Somoniylar boshqaruv tizimida Mustavfiy devoni daromadlar va harajatlar uchun javobgar oliy moliya amaldori mahkamasi sifatida alohida ahamiyatga ega bo’lib, soliqlarni yig’ishni o’z nazoratiga olgan va kuzatib borgan.
Movaraunnahrda 1X-X asrlarda yerlarni soliqqa tortish ular kimga tegishli ekanligiga bog’liq edi.
Yerlar uch toifaga bo’lingan:

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə