Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə3/64
tarix24.12.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#97793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
portal.guldu.uz-SOLIQLAR va SOLIQQA TORTISH

Birinchi bosqichda soliqlarning rivojlanishi qadimgi va o’rta asrlar qishloq xo’jaligi tizimiga xos bo’lib, u tartibsiz hamda asossizligi bilan ajralib turadi. Shu davrdan e’tiboran soliqlar va ularni undirish mexanizmi joriy etildi.
Soliqlarning joriy etilishi davlatning paydo bo’lishi bilan bog’liq bo’lib, ularning amal qilishiga davlat apparatining shakllanishi, armiya, sud va ularning moliyaviy manbalar bilan ta’minlash zaruriyati, tovar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yilishi kabi omillar sabab bo’lgan.
Ilk soliqlar tizimsiz to’lovlar ko’rinishida bo’lib, ular natura shakliga ega bo’lgan aholi soliqlarni ekinlar hosilidan, savdo-sotiqdan hamda ovlagan hayvonlaridan to’laganlar. Urush vaqtida esa qo’shimcha oziq-ovqat, kiyim- kechak qurol-aslahalar yetkazish, nochor bo’lsa askar sifatida qo’shimcha, jalb etilgan. Rim imperiyasi hamda Afinada tinch-totuv paytlarda soliq olinmagan.
Soliqlarni joriy etish va undirish faqat urush davrlariga to’g’ri kelgan. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi va mustahkamlanishi soliqlarning hozirgidek pul ko’rinishiga kelishiga olib keldi. Oldin soliqlar asosan chegara va qo’shin ehtiyojlariga, shahar atrofini mustahkamlashga, yo’l va ibodatxona qurilishlariga yig’ilgan bo’lsa, vaqt o’tishi bilan soliqlar davlat xazinasi daromadining birinchi galdagi manbai bo’lib qoldi.
Hozirgi davr soliq tizimiga mohiyatan o’xshash ilk soliq tizimi qadimgi Rimda shakllangan. Bu soliqlar faqat urush harajatlarini moliyalashtirish uchun zarur bo’lgan. Rim aholisi o’zining mol-mulki, turmush darajasi hamda oilaviy ahvolidan kelib chiqqan holda soliq to’lashgai. Soliq summalari maxsus shaxslar tomonidan hisob kitob qilingan.
Rimda davlat tashkilotlarining rivojlanishi bevosita imperator Oktavian Avgustin (eramizdan avvalgi 63-14 yillar) tomonidan soliq islohotini amalga oshirishga, oqibatda esa ilk bor pul ko’rinishidagi soliqlarni joriy etilishiga olib keldi. Soliqlarni joriy etish va ularni nazorati bilan shug’ullanuvchi moliyaviy muassasa shakllandi. Yer solig’i davlat soliqlarining asosiy ulushini tashkil etgan. Shu qatori ko’chmas mulkdan, baliqlardan, chorva va boshqa mollardan soliqlar undirilgan. To’g’ri soliqlardan tashqari egri soliqlar ham amal qilgan. Masalan, oborot solig’i 1 foiz, qullar savdosidan oborot solig’i 4 foiz va boshqalar. Bu davrga kelib soliqlar nafaqat fiskal, balki u yoki bu iqtisodiy tarmoqlar bo’yicha tartibga soluvchilik vazifasini ham bajara boshlagan.
Ammo XVII asrgacha Yevropada soliqlar tartibsiz undirilganligi uchun yagona tizimga ega bo’lmagan. Ularning taqdiri urush natijalariga bog’liq bo’lib, goh, kamayib, goh ko’payib ketar, natijada aholining tinkasini quritar edi. Faqatgina XVII asr oxiri XVIII asr boshlariga kelib soliqlar rivojlanishining ikkinchi bosqichi boshlandi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə