Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə8/64
tarix24.12.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#97793
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64
portal.guldu.uz-SOLIQLAR va SOLIQQA TORTISH

Birinchi bosqich 1991-1994 yillar – O’zbekistonning o’z soliq tizimini tashkil etish va soliqlarning xazinaviy ahamiyatini oshirish bosqichidir.
Respublikamizning o’z soliq tizimini yaratishda 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan "Korxonalar, tashkilotlar va birlashmalardan olinadigan soliqlar to’g’risida"gi qonun birinchi qonun bo’ldi. U o’zida birinchi marta soliq tizimining tuzilishi va ishlashining umumiy asoslarini aniqlab berdi, soliqlarni hisoblash va undirish tartibini o’rnatdi.
1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan "O’zbekiston Respublikasi fuqorolari, chet el fuqorolari va fuqoroligi bulmaganlardan olinadigan daromad solig’i to’g’risida"gi qonunga bir qancha o’zgarishlar bilan qabul qilindi. Bu qonunga binoan soliq obyekti kengaytirildi, ya’ni ilgari daromad solig’ini jamoa xo’jaligi orqali to’lab yurgan jamoa a’zolari to’g’ridan to’g’ri o’zlari to’laydigan bo’ldilar.
1992-yil 1-yanvardan boshlab korxonalardan undiriladigan o’rmondan olinadigan daromad solig’i va bir qator boshqa soliqlar bekor qilindi.
1992-yil 1-yanvardan boshlab korxonalardan 30% stavkada qo’shilgan qiymat solig’i, 15%dan 45%gacha daromad (foyda) solig’i; aksiz solig’i; mol-mulk solig’i; respublikadan tashqariga olib chiqiladigan mahsulotlar va xomashyo resurslariga soliqlar joriy etildi.
1993-yilda davlat budjeti taqchilligini kamaytirish va daromad qismini mustahkamlash maqsadida resurs to’lovlari va suv uchun to’lov joriy qilindi.
1993-yilda ishlab chiqilgan tartibga ko’ra xazinani to’ldirish, shuningdek, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida 6 foizli resurslar solig’i va 30 foizli amortizatsiya solig’i joriy etildi.
1992-yil 7-mayda O’zbekiston Respublikasining "Mahalliy soliqlar va yig’imlar to’g’risida" gi qonuni qabul qilindi. Bunday soliqlarga jismoniy shaxslarning mulk solig’i, yer solig’i, kurort zonalarida ishlab chiqarish obyektlari qurilish solig’i, reklama solig’i, avtomobil vositalarini qayta sotish solig’i, transport vositalarini egalaridan soliqlar va turli xil yig’imlar kiritildi.
Korxonalar soliqlari to’g’risidagi qonunga 1993-yil 7-mayda o’zgarishlar kiritilib chet el valyutasida olinadigan tushumdan soliq joriy etildi. Bu soliqdan Respublika valyuta fondiga ajratma avval 25 foiz, keyinchalik 10 foiz qilib belgilandi. Demak, soliq islohotining birinchi bosqichida soliqlarning xazinaviy samaradorligiga erishish chora-tadbirlari keng amalga oshirildi, O’zbekistonning o’z soliq tizimi joriy etildi.
Amaldagi soliq tizimini takomillashtirish zarurligidan kelib chiqib 1994-yildan boshlab:

  • qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi 20 foizga pasaytirildi,

  • moddiy harajatlarga nisbatan 6 foizli to’lov bekor qilindi,

  • mol-mulk solig’i byicha soliqqa tortish obyekti qisqartirildi-soliq asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatidan olinadigan bo’ldi,

  • qishloq korxonalari uchun daromad solig’i joriy qilindi,

  • ish haqi fondidan yagona ijtimoiy to’lov joriy qilindi.

1994-yilda amalga oshirilgan soliqqa tortish tizimidagi isloxotlar natijasida soliq tizimining fiskal yo’nalishi saqlanib qolindi va davlat budjeti taqchilligi 4,1%ni tashkil etdi.
Respublikamizda hozirda amal qilayotgan soliq idoralari tizimi o’zining muayyan tarixiga ega. Soliq idoralari sobiq Ittifoqda 60-yillarda ham mavjud edi va ularning tuzilmasi, tabiiyki, O’zbekiston hududida ham amal qilardi. Keyinchalik ular faoliyati to’xtatib qo’yildi va faqat 1990-yil 12-mayda qabul qilingan «Davlat soliq inspeksiyalarining huquqlari, vazifalari va mas’uliyati to’g’risida»gi Qonunga muvofiq, 1990-yilning 1-iyulidan boshlab qayta tiklandi. Biroq bu tuzilmalar moliya organlari tizimida amal qilar edi.
Respublikamizda soliq idoralari faoliyati 1990-yilning oxirida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoshida Davlat moliya-soliq bosh boshqarmasini tashkil qilish to’g’risida»gi Qarori (1990-yil 17-dekabrdagi 383-sonli) qabul qilinganidan so’ng faollasha boshladi va O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining «O’zbekiston Respublikasining davlat soliq idoralari to’g’risida»gi 1991-yil 14-iyundagi Nizomi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasining davlat soliq idoralari to’g’risida»gi 1991-yil 12-avgustdagi 217-sonli Qarori qabul qilinganidan keyin davlat nazorati va boshqaruvining mustaqil tuzilmasi sifatidagi soliq idoralarining shakllanishi va faoliyat ko’rsatishiga asos solindi. Respublika davlat boshqaruvining mazkur tuzilmasi 1994-yilgacha, ya’ni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat bosh soliq boshqarmasi O’zbekiston Res­publikasi Davlat soliq qo’mitasiga aylantirilgunga qadar faoliyat ko’rsatdi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari vakolat doirasi va faoliyatining tashkiliy asoslari O’zbekiston Respubli­kasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat bosh soliq boshqarmasini O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga aylantirish to’g’risida»gi 1994 yil 18 yanvardagi Farmoniga muvofiq va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasini tashkil etish va faoliyat ko’rsatishi masalalari to’g’risida»gi 1994-yil 18-martda qabul qilgan qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi to’g’risida»gi Nizomga binoan belgilandi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ushbu qaroriga binoan Davlat soliq qo’mitasi soliq va bojxona siyosatini amalga oshirish, shuningdek, davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlari himoyasini ta’minlash sohasida davlat nazorati organi ekanligi belgilab qo’yildi

Soliq islohotlarining ikkinchi bosqichi soliqlarni bozor iqtisodiyoti talablariga moslashtirish va korxonalarning ishlab iqarishni rag’batlantirishga qaratilgan davridir. Bu davr 1995-1997 yillarni o’z ichiga oladi.


Bu davrda soliqlar ishlab chiqarish samarodorligini oshirishga qaratilib, turli xil imtiyozlar berildi. Ayniqsa, yuridik shaxslarning foyda (daromad) solig’idan imtiyozlar ko’p edi, 1995-yil dan boshlab korxonalar har bir foiz mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko’paytirgani uchun 0,3 foiz foyda solig’i stavkasi kamaytirildi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish va tuzilmaviy jihatdan qayta qurish soliq tizimini isloh qilishni talab etdi va ko’plab korxonalar va tashkilotlarning foyda solig’ini daromad solig’i to’lashga o’tishi amalga oshirildi. Uning o’rtacha stavkasi 37 foiz qilib belgilandi. Soliq to’lovchilar uchun imtiyozlar ko’zda tutildi. Qishloq xo’jaligi korxonalari uchun foyda solig’i stavkasi rentabellik darajasidan kelib chiqib, tabaqalashtirilib belgilandi, ya’ni rentabellik darajasi 40%gacha bo’lgan korxonalar uchun 3 foizli stavkada, rentabellik darajasi 40%dan yuqori bo’lgan korxonalar uchun 20 foizli stavkada undirildi.
1995-yildan resurs soliqlari rolini oshirish maqsadida yer osti foydali qazilmalaridan foydalanganlik uchun soliq va qishloq xo’jaligi maqsadlarida foydalaniladigan yerlarga yer solig’i joriy qilindi, inflyatsiya darajasiga qarab ular har yili qayta ko’rib chiqiladigan bo’ldi.
1995-yildan boshlab soliq tizimi ixchamlashtirilib, bir qator kam samarali soliqlar: respublika tashqarisiga olib chiqiladigan xom ashyo resurslari uchun soliq, hisoblab yozilgan amortizatsiyadan budjetga 30 foiz ajratma va boshqalar bekor qilindi. Jamoa xo’jaligi a’zolari va iqtisodiyotning boshqa sohalarida ishlayotganlar uchun soliqqa tortishning yagona tartibi o’rnatildi. Ya’ni, jamoa xo’jaligi a’zolari mehnatiga haq to’lash jamg’armasini soliqqa tortish bekor qilindi va ularga nisbatan fuqarolar daromad solig’i to’g’risidagi qonunchilik tatbiq etildi. Fuqarolar daromadiga solinadigan soliq shkalasi o’zgartirildi.
Sarmoyadorlar uchun rag’batlantirishlar soliq tizimining barqarorlashuviga ko’mak beradi. 1996-yilning 1-yanvarigacha ro’yxatdan o’tkazilgan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarga soliqqa tortish tizimida daromad yoki foydani soliqqa tortishni tanlash huquqi taqdim etildi, boshqa barcha xo’jalik yurituvchi subyektlar esa daromad solig’iga o’tkazildi.
1996-yil 1-oktyabrdan respublikada ishlab chiqariladigan va chetdan olib kelinadigan alkagol va tamaki maxsulotlarga aksiz markasi joriy etildi.
1997-yildan boshlab ekologiya solig’i joriy qilindi(2006-yildan bekor qilingan).
Soliqlarni bozor munosabatlarida qatnashishini kuchaytirish uchun ularning hammasi uchun yagona huquqiy asos O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 1997-yil 24-aprelda qabul qilindi.
Soliq kodeksining qabul qilinishi soliq qonunchiligini mustahkamlabgina qolmay, soliqlarni mahsulotlarni eksportini, import tovarlar o’rniga mahsulotlar ishlab chiqarishni, nogironlarni ishlab chiqarishga qatnashishini, mehr-muruvvat ishlarni rag’batlantirish vazifasini kuchaytirdi.
O’zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to’g’risida»gi 1997-yil 29-avgustdagi Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to’g’risida»gi 1998-yil 12-yanvardagi Qaroriga muvofiq soliq organlarining asosiy funksiya va vazifalari belgilandi.
Soliq islohotining uchinchi bosqichi 1998-yildan 2005-yilgacha davom etdi. Bu bosqichni soliq tizimida soliqlarni ixchamlashtirish konsepsiyasining boshlanish davri deb atash mumkin.
Bu bosqichda soliq to’lovchi yuridik shaxslarga imkoni boricha soddalashgan, ixchamlashgan soliq tizimi joriy etilib, ularning soliq hisoblari, hisobotlari, soliq to’lash muddatlari ixchamlashtirildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilar uchun yagona yer solig’ini joriy etish to’g’risida"gi 1998-yil 10-oktyabrdagi PF-2086-son Farmoniga ko’ra 1999-yildan boshlab qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilar uchun yagona yer solig’i joriy qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-apreldagi 159-sonli qaroriga asosan "Kichik korxonalar uchun ixchamlashtirilgan soliqqa tortish tizimiga o’tishni qo’llash to’g’risida"gi qarorga asosan kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lash joriy etildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-aprel 1153-sonli "Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish tizimini takomillashtirish to’g’risida"gi Farmoni bilan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari 1998-yildan boshlab yalpi daromaddan soliq va mol-mulk solig’ini to’laydigan bo’ldi.
Soliq tizimini ixchamlashtirish soliq hisoblovchi xodimlar, davlat soliq idoralari va bank xodimlarining ko’p minglab soat vaqtlarini iqtisod qilishga, ularni korxonalar foaliyati tahliliga bag’ishlashga imkoniyat yaratildi.
1997-yil 24-aprelida O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining tasdiqlanishi soliq tizimini isloh qilishning hozirga qadar amalga oshirilayotgan uchinchi bosqichining boshlanishi ifodasi ekanligi tamoman qonuniy holdir.
Soliq kodeksi amalga kiritilishi bilan soliqqa tortishning barcha asos bo’luvchi me’yorlarini yagona hujjatga jamlash; soliq imtiyozlarini tizimlashtirish; foyda, mol-mulk, qo’shilgan qiymatni hisobga olish va soliqqa tortishning xalqaro tizimini joriy etishga imkon yaratildi.
Uchinchi bosqichda yuridik shaxslarga, birinchi navbatda kichik korxonalar uchun soliqqa tortish, hisobga olish va hisobotning soddalashtirilgan tizimi barpo etildi. Kichik tadbirkorlik subyektlari ixtiyoriy asosda umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda yig’imlar jamlanmasi o’rniga yagona soliq to’lay boshladilar. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-apreldagi 159-son qarori bilan kichik korxonalar uchun soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimini qo’llash tartibi tasdiqlandi.
Agar ilgari aksizlanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimi kirmagan bo’lsa, 1999-yilning 1-oktyabridan boshlab ular aksiz solig’ini to’lash sharti bilan mazkur tizimni qo’llashlari mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-apreldagi 153-son qarori bilan tasdiqlangan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish tartibiga muvofiq yalpi daromad savdo korxonalari uchun yagona soliqqa tortish obyekti bo’ldi.
1999 yildan boshlab qishloq xo’jalik kooperativlari (shirkatlari), fermer xo’jaliklari, agrofirmalar, qishloq xo’jalik mahsulotlarining boshqa ishlab chiqaruvchilari Prezidentning «Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig’ini amalga kiritish to’g’risida»gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-dekabrdagi 539-son qarori asosida ishlab chiqilgan budjet bilan hisob-kitoblar mexanizmiga ko’ra yagona yer solig’i to’lovchilari bo’ldilar. U amaldagi barcha umumdavlat (alkogolli mahsulotlarga aksiz solig’idan tashqari) hamda mahalliy soliqlar va yig’imlar jamini to’lash o’rniga amalga kiritildi. Shuningdek, ushbu soliq turiga doir imtiyozlar ham belgilandi. Bu qishloq mehnatkashlariga hisobot hujjatlarini qisqartirish imkonini beruvchi soliqqa tortishning soddalashtirilishiga yana bir yorqin misoldir.
2002-yildan boshlab davlat soliq siyosatida mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalardan soliq og’irligini yanada kamaytira borish, chetga qat’iy almashtiriladigan valyutada mahsulotlarni eksport qilganlarga ham daromadga (foydaga) soliqdan, ham mol-mulk solig’idan pasaytirilgan regressiv soliq stavkasi qo’llash siyosatini yurgizish joriy etila boshlandi.
2002-yildan boshlab samarasiz, budjetga tushishini qiyinlashtiradigan quyidagi soliqlar va to’lovlar bekor qilindi. Bular: reklama solig’i, avtotransport vositalarini olib sotish solig’i, me’yoridan ortiq sotilmagan tayyor mahsulot qoldig’i uchun 2 foizli haq hamda tabiatni ifloslantiruvchi chiqindilarni joylashtirish uchun haqlardir.

Soliq islohotining to’rtinchi bosqichi 2005-yildan to hozirgi vaqtgacha bo’lgan davr. Bu bosqichni soliq tizimida tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama rag’batlantirish, ular faoliyatini qo’llab quvvatlash, soliq siyosatini takomillashtirish va erkinlashtirish davri deb atash mumkin.


Shu o’rinda Respublika Prezidentining 2005-yil 20-iyundagi PF-3620 «Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmonini aloxida ta’kidlab o’tish lozim. Unga asosan 2005-yilning 1-iyulidan boshlab mikrofirma va kichik korxonalar uchun ilgari to’lab kelingan 4 ta to’lov – yagona soliq hamda budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, Yo’l va Maktab ta’limi (hozirgi budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasi) jamg’armalariga majburiy ajratmalar o’rniga yagona soliq to’lovi joriy etilishi kichik biznes zimmasidagi soliq yukining sezilarli darajada pasayishiga olib keldi.
2007-yil 1-yanvardan boshlab O’zbekiston Respublikasi prezidentining №-532 Qaroriga asosan savdo va umumiy ovqaglanish korxonalarini soliqqa torgish tizimi birmuncha soddalashtirilgan edi. Ya’ni, avvalgi soliqqa tortish tartibida savdo va umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug’ullanadigan korxonalar uchun belgilangan yalpi daromad solig’i, budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga. Respublika yo’l jamg’armasiga, Maktab ta’limiii rivojlantirish jamg’armasiga ajratiladigan majburiy to’lovlar o’rniga yalpi tushumdan to’lanadigan yagona soliq to’lovi joriy egildi.
Ma’lumki 2005-yildan boshlab O’zbekiston soliq siyosatida tub o’zgarishlar amalga oshirib kelinmoqda. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasida 2005-yilda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning eng muhim ustuvor vazifalaridan – iqtisodiyotni modernizatsiyalash, soliq siyosatini yanada erkinlashtirish hamda takomillashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini har tomonlama qo’llab-quvvatlashdan iborat” ligini alohida ta’kidlab o’tdilar.
Shuningdek I.Karimov o’z ma’ruzasida 1997-yilda ishlab chiqarilgan va qabul qilingan Soliq kodeksi iqtisodiy islohotlar sohasida bugungi kunning yangi va ustuvor vazifalari talablariga javob bermasligini qayd etdi. Faqat so’nggi ikki yil davomida Soliq kodeksi va Soliq qonunchiligiga yuzdan ortiq o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgani ham shundan dalolat berishini ta’kidladi.
Soliqqa tortish masalasida amaliyotda sinalgan prinsip va yondashuvlarni ishlab chiqish, bu borada boshqa mamlakatlarning ilg’or tajribasidan foydalanish o’ta muhim ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etib, soliq tizim nafaqat soliqlarni undirish, balki birinchi galda, rag’batlantirish xususiyatiga ega bo’lishi lozimligini uqtirdi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə