Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti


Soliq siyosatini yanada takomillashtirish



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə9/64
tarix24.12.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#97793
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64
portal.guldu.uz-SOLIQLAR va SOLIQQA TORTISH

Soliq siyosatini yanada takomillashtirish bo’yicha esa davlatimiz rahbari tomonidan o’z ma’ruzasida soliq siyosatini yanada takomillashtirish bo’yicha quyidagi vazifalarni belgiladi:

  • soliqlarni adresli bo’lishini belgilagan holda soliqlar bo’yicha asosiy yuk tabiiy, mineral xom-ashyo, yer-suv va boshqa zahiralardan tejamkorlik bilan va oqilona foydalanishni rag’batlantiruvchi resurs soliqlarga tushishini ta’minlash;

- soliqqa tortish masalasida amaliyotda sinalgan prinsip va yondashuvlarni ishlab chiqish, bu borada boshqa mamlakatlarning ilg’or tajribasidan foydalanish hamda soliq tizimining nafaqat soliqlarni undirish, balki birinchi galda, ragbatlantirish xususiyatiga ega bo’lishini ta’minlash;

  • amaldagi soliq qonunchiligini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilib, shu asosda uni yanada soddalashtirish, soliqlarni unifikatsiya qilish, soliq yukini yengillashtirish, soliq bashqaruvini takomillashtirish va erkinlashtirishni nazarda tutadigan yangi tahrirdagi Soliq kodeksini tayyorlash va tasdiqlash uchun kiritish.

Belgilangan vazifalardan kelib chiqib Prezident tomonidan 2005-yil 7-yanvardagi Farmoyishi bilan yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksini ishlab chiqish vazifasi qo’yilgan edi va u ishlab chiqildi. Yangi Soliq kodeksi 2007-yil 25-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini tasdiqlash o’g’risida”gi O’RQ-136 sonli Qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun bilan O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi tasdiqlanib, 2008-yil 1-yanvardan kuchga kirishi belgilandi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2008 va 2009-yillar mobaynida:
- O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining amal qilishi va samaradorligini muntazam ravishda har tomonlama monitoring va tahlil qilinishini ta’minlash;
- O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining alohida me’yorlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflarni belgilangan tartibda kiritish yuklatildi.
Ushbu vazifalardan kelib chiqib, 2008-yil 1-yanvardan hozirgi kungacha O’zbekiston Respublikasining bir nechta qonunlari bilan Soliq kodeksiga bir qator o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi “Soliq va budjet siyosatining 2017-yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi O’RQ-417-sonli Qonuni bilan Soliq kodeksining jami 38 ta moddasiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonida soliq tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Prezident tomonidan qabul qilinayotgan Farmon va Qarorlar soliq siyosatini erkinlashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy sohani rag’batlantirish, soliq yukini kamaytirish hamda soliq ma’murchiligini takomillashtirishga qaratilmoqda. Respublikamiz soliq siyosatida soliq og’irligini tobora kamaytirib borish tadbirlari ko’rilmoqda va yildan-yilga pasayish tendensiyasiga egadir.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə