Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə14/64
tarix24.12.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#97793
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   64
portal.guldu.uz-SOLIQLAR va SOLIQQA TORTISH

Xarajatlarni guruhlash
Soliq to’lovchining xarajatlari soliq solinadigan foydani aniqlash paytida chegirib tashlanadi, Soliq kodeksiga muvofiq chegirib tashlanmaydigan xarajatlar bundan mustasno.
Asoslangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar, Soliq kodeksi da nazarda tutilgan hollarda esa, qonun hujjatlariga va (yoki) soliq to’lovchining hisobga olish siyosatiga muvofiq rasmiylashtirilgan zararlar ham soliq to’lovchining xarajatlari bo’ladi.
Soliq to’lovchining xarajatlari haqiqatda qaysi soliq davrida amalga oshirilgan bo’lsa, o’sha davrda chegirib tashlanadi. Agar ayni bir xil xarajatlar xarajatlarning bir nechta moddasida nazarda tutilgan bo’lsa, soliq solinadigan foydani hisoblashda mazkur xarajatlar faqat bir marta chegirib tashlanadi.
Soliq to’lovchi sarflagan va qiymati chet el valyutasida ifodalangan xarajatlar qiymati milliy valyutada ifodalangan xarajatlar bilan jamlab hisobga olinadi. Mazkur xarajatlarni qayta hisoblash soliq to’lovchi tomonidan buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Soliq to’lovchining xarajatlari chegirib tashlanadigan va chegirib tashlanmaydigan xarajatlarga bo’linadi.
Chegirib tashlanadigan xarajatlar quyidagilardir:
1) Soliq kodeksining 142-moddasiga muvofiq moddiy xarajatlar;
2) Soliq kodeksining 143-moddasiga muvofiq mehnatga haq to’lash xarajatlari;
3) Soliq kodeksining 144-moddasiga muvofiq amortizatsiya xarajatlari;
4) Soliq kodeksining 145-moddasiga muvofiq boshqa xarajatlar;
5) Soliq kodeksining 146-moddasiga muvofiq kelgusida soliq solinadigan foydadan chegirib tashlanadigan hisobot davridagi xarajatlar.
Soliq to’lovchining ko’rsatib o’tilgan xarajatlari, agar ular Soliq kodeksining 147-moddasida ko’rsatilgan chegirib tashlanmaydigan biron bir xarajat tarkibida hisobga olinsa (uning bir qismi bo’lsa), chegirib tashlanadigan xarajatlar bo’lmaydi.
Hisobot davrining soliq solinadigan foydadan kelgusida chegiriladigan xarajatlari
Soliq kodeksining 146-moddasida keltirilgan xarajatlar ular yuzaga kelgan paytda, joriy hisobot davrida soliq solinadigan foydani hisoblab chiqarishda chegirilmaydi, ular keyingi davrlarda, soliq to’lovchining hisob siyosati bilan belgilangan, lekin o’n yildan ko’p bo’lmagan muddat ichida chegirilishi lozim. Bunday xarajatlarga quyidagilar kiradi:
1) yangi ishlab chiqarishlar, tsexlar, agregatlarni, shuningdek seriyali va ommaviy ishlab chiqariladigan yangi mahsulot turlarini hamda texnologik jarayonlarni o’zlashtirish xarajatlari;
2) barcha turdagi asbob-uskunalar va texnik qurilmalarni, ularning o’rnatilish sifatini tekshirib ko’rish maqsadida kom’leks sinab ko’rish (ishlab turgan holatida) xarajatlari;
3) ishchi kuchlari qabul qilish va yangi ishga tushirilgan korxonada ishlash uchun kadrlar tayyorlash bilan bog’liq xarajatlar;
4) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq hisoblangan amortizatsiya summasi bilan Soliq kodeksining 144-moddasiga muvofiq belgilangan normalar bo’yicha hisoblangan amortizatsiya summasi o’rtasidagi ijobiy farq;
Shubhali qarzlar bo’yicha zaxira tashkil etish uchun qilingan xarajatlar Soliq kodeksiga muvofiq umidsiz deb e’tirof etilgan qarzdorlikni hisobdan chiqarilayotganda, hisobdan chiqarilishi lozim bo’lgan umidsiz qarzdorlik miqdoridan oshmaydigan summada chegirib tashlanadi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə