Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə6/64
tarix24.12.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#97793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
portal.guldu.uz-SOLIQLAR va SOLIQQA TORTISH

Birinchi toifa yerlar - sultonga tegishli bo’lib (mulki sultoniy), bunday yer ustidan nazorat keyinchalik «Mulki devoniy» deb nomlangan devon (mahkama) amaldorlari tomonidan amalga oshirilib, ushbu toifadagi yerlar haddan tashqari ko’p edi. Bunday yerlarga asosan dehqonlar yerlari kirgan.
Ikkipchi toifa yerlar - shaxsan hukmron sulolaning ayrim a’zolari, qadimiy dehqon zadagonlar, shunchaki boy dehqonlarga, sayyidlar (Muhammad payg’ambar xonadoni avlodlari), ayrim ruhoniylar, turk gvardiyasining ayrim rahbarlari, savdogarlarga tegishli bo’lgan xususiy mulk yerlar.
Uchinchi toifa yerlar - musulmon diniy muassasalariga, ya’ni masjid, madrasa, xonaqoh maqbaralarga vaqtincha yoki umrbod foydalanish uchun berilgan vaqf yerlar.
Xiroj uchala toifa yerlaridan ham olingan bo’lib, ular «mulki xiroj» deb atalgan, lekin bunda oliy musulmon ruhoniylarga, avvalo sayyidlarga tegishli yerlar soliqqa tortishdan to’liq yoki qisman ozod qilingan.
X asr boshlarida Movaraunnahrni Qoraxoniylar egalladi, ya’ni dariyzabon sulolasi o’rnini turkiyzabon sulolalar egallagach, markazlashtirilgan davlat o’rniga mamlakatni boshqarishning ulus tizimi o’rnatilib, barcha yer xon mulki hisoblangan, dehqonchilik yer egaligi instituti sifatida tarix sahnasidan tushishiga sabab bo’ldi. Bu davrda «iqta’» soliq yig’ishning asosiy manbaiga aylangan. «Iqtadorlar» o’z navbatida dehqonlarning oddiy jamoatchiga aylanishiga zamin yaratdi. Yerlar muayyan muddatga «Iqtadorlar» foydasiga muayyan daromadni to’liq yoki qisman olish huquqi bilan sovg’a qilingan. «Iqta’» sohiblari dehqonlardan maxsus qaror bilan belgilangan soliqlarnigina olishi mumkin edi. «Iqta’»ga nafaqat yerdan, balki soliqqa tortishning boshqa obyektlaridan (tegirmon, hammom, bozordagi do’konlar) olinadigan soliqlar va daromadlar ham berilishi lozim edi.
Saljo’qiylar hukmronligi davrida soliq tizimi ham o’ziga xos jihatlari bilan ajralib turgan. Manbalarda keltirilishicha shohlarda hamisha ikkitadan xazina bo’lib, ularning biri asosiy, ikkinchisi harj va harajat xazinasi bo’lgan. Qo’lga kiritilgan boyliklar asosan birinchi, ya’ni asosiy xazinaga kiritilib, zaruratsiz foydalanilmagan. Olingan tavdirda ham qarz sifatida olinib, tezda qaytarilgan.
Saljuqiylar davri soliq siyosatida ushbu davlatda ko’p yillar mashhur vazirlik lavozimida faoliyat ko’rsatgan Nizomulmulk (to’liq ismi Abu Ali Hasan ibn Ali Tusiy) muhim rol o’ynagan. Uning mashhur «Siyosatnoma» asarining 4 faslida soliq (zakot)chilar masalasi ko’tariladi, Uning qayd etishicha «soliqchilar xirojni shunday yo’l bilan talab qilsinlarki, odamlarga ziyon yetmasin. Soliq o’z vaqtidan oldin olinsa, raiyatga ranju azob yetadi, ular majburlikdan mol-davlatlarini yarim bahoda sotib, uy-joylarini tashlab ketib, ovora va sarsonlikda g’ariblikka mubtalo bo’ladilar» deb hisoblaydi. U soliqlarning me’yorida bo’lishi va ma’lum vaqtda to’lanishini rivojlanishning muhim omili sifatida qaraydi.
Amaldorlarning bu tamoyillarga amal qilmaganlarini jazolash, raiyatdan zo’rlik bilan mol tortib olingan bo’lsa egalariga qaytarish, ularning orttirgan molu-boyliklari musodara qilinib, xazinaga topshirilishi, boshqalarga ibrat bo’lishi uchun amalidan olib, unga boshqa amal bermaslikni tavsiya etadi va uning o’zi shu qoidalarga amal qilganini yuqoridagi asarida qayd etgan.
1221-yilda O’rta Osiyoda mo’g’illar hokimiyati o’rnatildi, Bu hududlarda soliq siyosatini olib borish maqsadida ular tomonidan qurultoyda taklif etilgan tadbirlar haytga tatbiq etila boshlandi va Mahmud Yalavoch boshchiligida o’lkadagi xalqlardan turli xildagi soliqlarni undirar edilar. «Kolon» solig’i dehqonlardan yig’iladigan asosiy soliq bo’lib, u xosilning o’ndan bir qismini tashkil etgan. CHorvadorlardan «ko’pchur» solig’i olingan bo’lib, uning miqdori har yuz bosh qoramoldan birga teng edi. Bundan tashqari «Yaso» qonuni bo’yicha aholidan davlat foydasiga «shulsi» deb atalgan soliq undirilgan. Ushbu soliq turining miqdori har bir otardan ikki yashar qo’y va har ming otdan bir biyani (qimiz uchun) tashkil etgan, Shuningdek mamlakatdagi savdo yo’llarida joylashgan bekat -«yom» (jom) larning harajatlari ham aholi zimmasiga yuklatilib, ularning miqdori shu darajada ko’payib ketar ediki, ba’zi hollarda har bir «yom» uchun 20 ot-ulov, so’yish uchun qo’ylar, sog’ish uchun sog’uvchisi bilan biyalar, aravalar va boshqa sarf-harajatlar ajratilgan.
Mo’g’illar istilosi davrida dehqonlar va hunarmandlarning ahvoli yil sayin yomonlashib bordi, chunki yer solig’ini to’lashdan tashqari dehqonlar turli xil majburiyatlar va xizmatlarni bajarishardi. Hunarmandlar ayniqsa, qurol tayyorlab berish kabi majburiyatlarni olgan edi. Feodal va zadogonlarga xonzoda va xon xotinlari yorliq hamda payzalar tarqatgan, bu unvonlar dehqon va hunarmandlardan turli xizmat hamda majburiyatlarni bajarishni talab qilish huquqini bergan. Payza ko’rsatilganda mahalliy aholi, masalan sayohat qiluvchini ovqatlantirish va unga xona, otiga yem berishi va boshqa qulayliklar yaratishi shart edi.
Yil sayin aholining yashash sharoiti og’irlashib borishi mamlakatning ko’p joylarida qo’zg’olonlar ko’tarilishiga sabab bo’ldi. Bu qo’zg’olonlar zudlik bilan bostirilgan bo’lsada, lekin mo’g’ul hukmdori Munnexon Movaraunnahrda soliq to’lovchilar amalga oshirayotgan tartibsizliklar va suistemolliklarga tegishli farmon chiqardi. Unga ko’ra boy kishi 10 dinor, kambag’allar esa 1 dinor to’laydigan bo’ldi. Chorva solig’i 100 tuyoqdan bir bosh olinishi belgilandi. Musulmon, hoistian va butparastlar ruhoniylari, shuningdek keksa va ishlashga noqobil kishilar soliq to’lamaydigan bo’ldilar.
Chig’atoy ulusida yer solig’i o’ndan bir hajmda belgilangan. Soliqlar hatto sharob, guruch, go’sht hamda ot yemishi tarzida ham har bir xo’jalikdan undirilgan. Yirik mulkdorlar, savdogarlar, islom peshvolari mug’ullar bilan yaqinlashib, katta imtiyozlarga ega bo’lganlar, har xil yorliqlar olganlar. Oliy mansabdorlar soliq to’lamaganlar.
Soliq yig’ishga mas’ul etilgan Mahmud Yalovoch qo’zg’olondan so’ng o’z lavozimidan bo’shatildi va Movaraunnahrdan xaydab yuborildi. Soliq yig’uvchi va noib etib uning o’g’li Mas’udbek tayinlanib, u bu lavozimda 51 yil xizmat qildi. U mo’g’ullarga o’lpon va soliqlarni o’z vaqtida to’lab turdi. Natijada mug’ullar Movaraunnahrni boshqarish ishiga aralashmaganlar. Bunday holat Amir Temur hokimiyati o’rnatilguncha davom etdi.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə