Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə4/64
tarix24.12.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#97793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
portal.guldu.uz-SOLIQLAR va SOLIQQA TORTISH

Ikkinchi boskichnipg o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda soliqlar davlat budjetini shakllantirishning asosiy manbasi sifatida ko’rilgan.
Soliq obyektlarini aniqlash va soliqqa tortish qonun qoidalarini tartibga soluvchi ilk soliq tizimi yuzaga kelgan. To’g’ri va egri soliqlar ilk bor ajratilib, bu soliqlarning muhim va ahamiyatli jihatlari ochib berilgan.
Soliqlar ichida asosiy o’rinni aksizlar egallagan. Bular qonuniy ravishda shahar darvozalarida mamlakatga kiritiluvchi yoki undan chiqariluvchi tovarlardan undirilib, hamma daromadlar va tushumlar soliqqa tortilgan.
Yevropa mamlakatlarida demokratiyaning rivojlanishi natijasida soliqlarni hisoblash va undirish borasida aholining haq-huquqlarini himoya qilish masalalari o’rtaga tashlandi. Natijada 1689-yil Angliyada «Bill huquqlari» kitobida qat’iyan xalq vakillari organlariga davlat daromadlari hamda harajatlari to’g’risida ma’lumot berishi belgilandi.
Fransiyada esa faqatgina 1791 yil «Ulug’ Fransuz revolyutsiyasi»dan keyin davlat budjeti va soliqlari haqida ma’lumot berila boshlandi.
Soliqqa tortish tizimi rivojlanishi bilan bir qatorda soliqqa tortish nazariyasi ham asta-sekin shakllana bordi. Soliqqa tortish nazariyasining ilk asoschisi shotlandiyalik iqtisodchi Adam Smitdir (1723-1790). U o’zining «Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk bor soliq tamoyillarini asoslab berdi, soliqlarning davlat moliyasi tizimidagi ahamiyatini soliq to’lovchilarga tushuntirib, ularni davlatga to’lash qullik emas, balki erkinlik alomati ekanligini asoslab berdi.
Uchinchi bosqichning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda soliqlarning kamayishi hamda soliqlarni o’rnatish va undirishga oid qonun- hujjatlarning kuchayishi yaqqol ko’zga tashlanadi. Jamiyatda moliya ilmining rivojlanishi bilan soliqqa tortish muammolari va uslubiyatlariga bag’ishlangan yangi-yangi ilmiy-nazariy qarashlar vujudga keldi. Ammo hech qanday iqtisodiy maktab soliqlarning fiskal funksiyasidan muhimroq qarashni ilgari sura olmadi. XIX asrning ikkinchi yarmida ko’p mamlakatlar yangi ilmiy nazariyalarni hayotga tatbiq etishga uringanlar, lekin faqatgina birinchi jahon urushidan so’ng yangi ilmiy qarashlarning samarasi o’laroq soliq tamoyillari hozirgi mukammal ko’rinishga ega bo’lgan. Ayni shu vaqtda zamonaviy soliq tizimining poydevori qurila boshlandi, to’g’ri soliqlarning ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab berildi hamda budjet daromadlari ulushining katta qismini to’ldiruvchi jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqlarni progressiv stavkalari joriy etildi.
Shu bilan birga tan olish lozimki, shu vaqtgacha, biror bir davlatda mukammal soliq tizimi amal qilmaydi. Hozirgacha iqtisodiyot ilmi soliqqa oid ko’pdan-ko’p savollarga javob topa olmayapti. Ammo rivojlangan mamlakatlarda doimo amalga oshiriladigan islohotlar shundan dalolat beradiki, barcha hatti-harakatlar soliqlarning adolatli, teng taqsimlangan hamda aholini ijtimoiy muhofaza qilish kabi unsurlarning rivojlanishiga katta ahamiyat berilgan.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə