Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi



Yüklə 238,07 Kb.
səhifə1/5
tarix21.10.2023
ölçüsü238,07 Kb.
#129910
  1   2   3   4   5
IQTISODIY ISLOHOTLAR, XUSUSIY MULKCHILIKNING SHAKLLANISHI


IQTISODIY ISLOHOTLAR, XUSUSIY MULKCHILIKNING SHAKLLANISHI.
REJA:
Kirish

  1. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish konsepsiyasi. O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo‘nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari.

Bozor munosabatlariga o‘tishning huquqiy asoslarining yaratilishi.

  1. Iqtisodiy islohotlarning besh tamoyilini amalga oshirilish mexanizmi. Bozor infratuzilmasining shakllanishi, qishloq xo‘jaligidagi islohotlar, uning vazifalari va yo‘nalishlari. Sanoat, avtomobilsozlik sohasining rivojlanishi.

  2. Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishish. Jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelish sabablari, oqibatlari va uni O‘zbekistonda bartaraf etish yo‘llari.

  3. Mamlakat iqtisodiyotining modernizatsiya va diversifikatsiya qilinishi, bank-moliya tizimini mustahkamlash borasidagi chora-tadbirlar.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish konsepsiyasi. O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo‘nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish konsepsiyasi. O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo‘nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari. Bozor munosabatlariga o‘tishning huquqiy asoslarining yaratilishi.
Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlariga asoslangan va ularga xos iqtisodiy qonunlar asosida ishlaydigan iqtisoddir. Bozor iqtisodiyoti qadim zamonlardan boshlab ming yillar davomida shakllanib, takomillashib kelmoqda. Iqtisodiy taraqqiyotda bozor munosabatlari ikki xil shaklda namoyon bo‘ldi. Birinchisi, tartibsiz, stixiyali faoliyat yurituvchi bozor iqtisodiyoti. Bunda ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar tarqoq, o‘zibo‘larchilik asosida, maqsadi va harakati oldindan kelishilmagan holda faoliyat yuritadilar. Ikkinchisi, davlat, iqtisodiy qonunlar va iqtisodiy vositalar bilan tartibga solinadigan, boshqariladigan bozor iqtisodiyoti. Uning xususiyatlari: — tovar ishlab chiqaruvchilar iqtisodiy erkin bo‘ladilar; — kishilar mulk egasi bo‘ladi, o‘zi ishlab chiqargan mahsulot egasi bo‘lib, uni o‘zi xohlaganicha sotishi va sotmay turishi mumkin; — tovar oldi-sottisi sotuvchi bilan xaridorning erkin va ixtiyoriy munosabatiga asoslanadi; — tovar ishlab chiqaruvchilar bozorda erkin raqobatda bo‘ladilar; — bozorda ishlab chiqaruvchi emas, iste’molchi o‘z shartini qo‘yadi, chunki pul uning qo‘lida bo‘ladi; — bozorda nimaga talab oshsa, shu narsani ishlab chiqarish foydali bo‘ladi; — jamiyat a’zolari o‘z daromadiga ko‘ra tabaqalanadi. Jahon tarixi tajribasi guvohlik beradiki, insoniyat birdaniga tartibga solinuvchi bozor iqtisodiyotini yaratolmagan, necha ming yillar davomida stixiyali bozor iqtisodiyoti sharoitida yashab, vaqt-vaqti bilan iqtisodiy larzalarni, chuqur iqtisodiy inqirozlarni boshidan kechirgan. XX asrda jahon sivilizatsiyasi insoniyat manfaatlari yo‘lida yanada jadal taraqqiy etdi. Shu tariqa dunyoda tartibga solinadigan bozor munosabatlari iqtisodiyotning yetakchi shakliga aylanib bordi.
Bozor munosabatlariga o`tishning asosiy sharoitlaridan biri sifatida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish amalga oshiriladi.
Bu bilan davlat monopoliyasi tugatilib, ma`muriy buyruqbozlik buziladi va bozor iqtisodiyotiga asos solinadi, mulkdorlar sinfi shakllanadi, xorijiy sarmoyadan foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligi oshadi. Mulkni xususiylashtirish va ko`p qavatli iqtisodni shakllantirish O`zbekistonda ikki bosqichda amalga oshirildi.
Birinchi bosqich 1992-1993 yillari amalga oshirildi. Bu davrda asosan maishiy xizmat, savdo korxonalari, transport va qurilishning kichik korxonalari, qayta ishlash korxonalari mulk shakli o`zgartirilib, mulkning ijara, jamoa, aksiadorlik shakllari vujudga keldi. Uy-joylar xususiylashtirildi. Birinchi bosqichda mulk davlat tasarrufidan chiqishi jarayonida mulkdorlar sinfi shakllandi.
Ikkinchi bosqich davrida ochiq aksiadorlik jamiyatlari tashkil topib, korxonalar aksialarini chiqardilar, auksion savdosi orqali davlat mulkini shaxslarga sotish, xususiylashtirishni yoppasiga olib borish ko`zda tutildi. Aloqa, transport, geologoqidiruv, yoqilg`i-energetika komplekslari xususiylashtirilmadi. Ayrim sohalarda-kimyo, oltin qazish, paxta tozalash, tog`-kon sanoatida 51 % aksiya davlat ixtiyorida qoladigan bo`ldi.
1994 yil oxirigacha 54 ming korxona mulk shaklini o`zgartirdi (xususiy, aksiadorlik, jamoa, ijara va x.k.). Natijada respublikada nodavlat sektorning iqtisodiyotdagi ulushi ortib bordi. 1995 yili sanoat mahsulotining 97 %i nodavlat sektorga to`g`ri keldi.

Yüklə 238,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə