I bob. Bolalik va o‘smirlik



Yüklə 159 Kb.
səhifə2/7
tarix28.11.2023
ölçüsü159 Kb.
#133256
1   2   3   4   5   6   7
Bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik davrida o‘z o‘zini anglash kontseptiyasining

Kurs ishining obyekti. Bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik davrida o‘z-o‘zini anglash kontseptiyasining rivojlanish xusisiyatlarining o‘zaro ta’sirining psixologik jihatlarini o‘rganish.
Kurs ishining vazifalari. Bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik davrida o‘z-o‘zini anglash kontseptiyasining rivojlanish xusisiyatlarini psixologik jihatlarini tahlil qilish, uning xususiyatlarini tushuntirish.
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Kurs ishida bayon etilgan ilmiy-nazariy xulosalardan oliy o‘quv yurtlarining talabalari, o‘rta maxsus ta’lim tizimi uchun maxsuskurslar va seminarlarda foydalanish mumkin.
Kurs ishi tuzilishi: Kurs ishi kirish qismi, ikkita bob, to‘rt paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I BOB.BOLALIK VA O‘SMIRLIK DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
1.1. Bolalik va o‘smirlik davrining psixologik xususiyatlari
Kichik yoshdagi o`quvchilarning 7-8 yoshdan 10-11 yoshgacha bo`lgan bolalar bo`lib,ular boshlang`ich sinf o`quvchilari hisoblanadi.Bu yillarda bolaning hayoti va faoliyatida muhim o`zgarishlar yo‘z beradi.Binobarin,ularning psixikasida ham sezilarli darajada o`zgarishlar bo`ladi.Bolaning maktabga kirishi uning hayotida burilish chog`idir.Bola maktabga kirib o`qiy boshlashi bilanoq.uning hayotida asosisy faoliyat o`qish bo`lib qoladi.O`qish o`quvchining vazifasi,ijtimoiy burchidir.O`qituvchi bilan birinchi uchrashuvdayoqbolalar ko`p narsalarni eshitadi va maktabdagi o`qish haqida ko`p narsalarni bilib oladi va o`qishning nimaligini anglay boshlaydi.Maktabda bola sistemali ravishda yangiliklar oladi.Bu o`quvchining kundan-kunga orttirib borayotgan,xilma-xil mazmundagi bilimlarning manbaidir.Bolaning bilimlarni sistemali ravishda o`zlashtirib borishi natijasida undagi bilimning doirasi ham kengayib boradi,aqliy jarayonlar rivojlanadi,shu bilan bir qatorda,bolaning emotsional va irodaviy xususiyatlari qayta tarkib topib,rivojlana boshlaydi, Maktabdagi talim jarayonining o`zi bolaninig sezgi, idrok, tafakkur, nutq va diqqatlariga yangi talablar qo`yadi. Maktabdagi o`qish, tashqiliy muayyan maqsadga qaratilgan ancha ixtiyoriy protsesslar talab qiladi.Ko`rish sezgisi bilan idrok maktab ta’limida katta o`rin egallaydi.Gap shundaki, odam tashqi dunyodan keladigan axborotning asrsiy qismini ko`rish retseptori faoliyati orqali oladi. Ya’ni ko`rish retseptori orqali olinadigan axborot hamisha boshqa retsnptorlardan keladigan axborotning 8O % ga to`g`ri keladi. O`quvchilarga dars paytida o`z diqqat e’tiborini o‘zoqdagi predmetlarga doimiy ravishda ko`chirib turishga to`g`ri keladi3. Masalan:o`quvchi diqqatini doskadan o`qituvchining oldidagi solga,so`ngra o`zi oldidagi daftarga ko`chiradi.Bu jaorayon aksincha ham bo`lishi mumkin.Bu faoliyatda har ikkala ko`zni to`xtovsiz ravishda moslashtirish zararuriyati tug`iladi.Bola ko`zini akkomadatsiya qobiliyati o`sa boradi.Akkomadatsiyaning eng yuqori diopozoni 10 yoshli sh bolalardagina ko‘zatiladi.
Mashg`ulot jarayonida bolada gox o‘zoqqa,gox yaqinga qarashga extiyoj bo`ladi.Har ikkala ko`zning simmetrik xolati ham sezilarli darajada boshlang`ich
ta’limida takomillashadi.O`qish faoliyatining boshlarida o`quvchilarning toliqishlari yuqorida ko`zsatilgan ko`rish sezgi jarayonida akkomadatsiya va qonvergentsiya aloqasi to`la garmoniyaga ega bo`lgan xolda takomillashadi,toliqish zaiflashadi.Kichik maktab o`quvchilari ranglarni va rang tuslarni seza boshlaydilar.
Kichik yoshdagi bolalarda emotsiyalik kuchli bo`lib, diqqatga ham o`z ta’sirini o`tkazadi. Agar o`qish materiali o`zining yorqinligi,obrazliligi va jonliligi bilan ajralib tursa,diqqat bilan ancha kuchli namoyon bo`ladi.Bu yoshdagi o`quvchildar diqqatning darsga jalb qilishning eng muhim sharti o`qitishni ko`rgazmali qilish,illyutsratsiyalardan foydalanish hamda o`qituvchi nutqinig yorqin, obrazli bo`lishidir. Emotsionallik bir tomondan bola tafakkurining ham tanqidiy xarakteriga ega emasligi bo`lsa,ikkinchi tomondan tafakkur taraqqiyotining xali uncha yuqori darajada emasligidir.Bularning hammasi kichik yoshdagi o`quvchilarda tashqi diqqatning namoyon bo`lishiga sabab bo`ladi.Shuning uchun o`qish materialini idrok etishda diqqatning o`zlashtirilishi lozim bo`lgan materialining muhim tomonlariga emas,ikkinchi darajali tomonlariga qaratiladi.4
O‘zbek psixologi N.N.Ne’matov 1 va 2-sinf o‘quvchilarida umumlashtirish faoliyatini rivojlantirish maqsadida ilmiy tadqiqot ishini olib brogan. Muallif ta’lim jarayonini maxsus faollashtiruvchi usullarni qo‘llaydi. Tadqiqotchi o‘z kuzatishlarida o‘quvchilarga savollar berib, kitob o‘qitish paytida, suhbat mahalida sur’atlarni idrok qilishga, tevarak-atrofdagi vaziyatni kuzatish davomida uchraydigan narsalarni umumlashtirishga yordam beradigan maxsus usullarni tatbiq etadi. O‘tkazilgan tajribalarga asoslanib, o‘quv yilining oxiriga borib, eksperiment sinfi o‘quvchilarining umumlashtirish faoliyati darajasi nazorat sinflaridagi o‘quvchilarning umumlashtirish faoliyati bilan taqqoslanilsa, eksperiment sinfi o‘quvchilarining umumlashtirish faoliyati ancha yuqori ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Uslubiy usullar eksperiment sinfi o‘quvchilarining ona tilidan ulgurish darajasini oshirishga olib kelgan 2-sinf o‘quvchilari bilan mana shu yo‘sinda olib borilgan tajribalar o‘xshash natijalarni bergan. O‘quvchilarda mahalliy tushunchalar, atamalar miqdori keskin kamayganligi tajriba natijasida aniqlangan.
Bu davrda bolalarda avvalo bilish sohalari, so‘ngra esa emotsional motivatsion yo‘nalish bo‘yicha yangi shaxsiy hayot boshlanadi. U yoki bu yo‘nalishdagi rivojlanish obrazlilikdan ramzlikkacha bo‘lgan bosqichlarni o‘taydi. Obrazlilik deyilganda bolalarning turli obrazlarni yaratishi, ularni o‘zgartirish va erkin harakatta keltirishi, ramzlilik deyilganda esa belgilar tizimi (matematik, lingvistik, mantikiy va boshqalar) bilan ishlash malakasi tushuniladi. Maktabgacha yosh davrda ijodkorlik jarayoni boshlanadi. Ijodkorlik layoqati, asosan, bolalarning qonstruktorlik o‘yinlarida, texnik va badiiy ijodlarida namoyon bo‘ladi. Bu davrda maxsus laeqatlar ko‘qishklarining birlamchi rivojlanishi ko‘zga tashlana boshlaydi. Bilish jarayonlarida- ichki va tashqi harakatlarning sintezi yo‘zaga keladi. Biron bir narsani idrok qilish jarayonida bu sintez pertseptiv harakatlarda, diqqatda ichki va tashqi harakatlar va holatlar rejasini boshqarish va nazorat etishda, xotirada esa materialni esda saqlab qolish va esga tushirishning ichki va tashqi to‘zilmasini bog`lay olishda ko‘rinadi. Tafakkurda esa amaliy masalalar ishining usullarini bitta umumiy jarayoniga birlashtirish sifatida yaqqol namoyon bo‘ladi. Shuning asosida nnsoniy intellekt shakllanadi va rivojlanadi. Maktabgacha davrda tasavvur, tafakkur va nutq umumlashadi. Bu esa bu yoshdagi bolalarda tafakkur qilish omili sifatida ichki nutq yo‘zaga kelayogganligidan dalolat beradi. Bilish jarayonlarining sintezn bolaning o‘z oia tiliii go‘liq egallashi asosida yotadi. Bu davrda nutqning shakllanish jarayoni yakunida boshlaydi. Nutq asosidagi tarbiya jarayonida bolada sodda axloq me’yorlari va qoidalar egaldaniladi. Bu me’yor va qoidalar bola axloqini boshqaradi.
Bolaning uning atrofidagi kishilar bilan xilma-xil munosabatlari yo‘zaga kelib, bu munosabatlar asosida turli xil motivlar yotadi. Bularning hammasi bolaning individualligini tashqil etib, uning boshqa bolalardan nafaqat intellekti, balki axloqiy motivatsion jihatdan farqlanadigan shaxsga aylantiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsi rivojlanishining asosiy o‘zgarishlari, ularning o‘z shaxsiy sifatlari, layohatlari, muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarini anglash, o‘zini-o‘zi anglashi kabi xislarning yo‘zaga kelishi hisoblanadi.
Endi o‘smirlik davri haqida to‘xtalib o‘tsak. O`qituvchi va tarbiyachi uchun bolalarning o`smirlik davri psixologiyasini bilish psixologik nuqtai nazaridan ham pedagogik nuqtai nazaridan ham muximdir. Bu davrni biz yana o`tish davri ham deb ataymiz. O`smirlik davri asosan 11-15 yoshdagi bolalarni o`z ichiga qamrab oladi, ya’ni 5-8 sinf o`quvchilarini.
O`smir o`quvchilarni ta’lim va tarbiya berish ishlarida uchraydigan ayrim qiyinchiliklar bu yoshdagi bolalarning psixik rivojlanishi va hususiyatlarini ba’zan etarli darajada bilmaslikdan yoki inkor qilishdan kelib chiqadi.
Kichik va katta yoshdagi maktab o`quvchilariga qaraganda o`smirlik yoshidagi bolalarni tarbiyalashda juda ko`p qiyinchiliklar bo`ladi. Chunki, kichik bolaning katta odamga aylanishi jarayoni juda kiyin kechadi. Bu jarayon o`smirlar psixologiyasining odamlar bilan bo`lgan munosabat formalarining jiddiy ravishda o`zgarishi, hamda hayot sharoitining o`zgarishi bilan bog`liqdir.
Bu davrda o`smirlarning o`z shaxsiy fikrlari paydo bo`ladi. Ularda o`z qadr-qimmatlari haqidagi tushuncha kengayadi. Ilmiy psixologiyaning aniqlashi bo`yicha o`smirlarningpsixik taraqqiyotini xarakatga keltiruvchi kuchlar, ularning faoliyatlari bilan tug`iladigan extiyojlar bilan bu extiyojlarni qondirish imqoniyatlari o`rtasidagi dialektik qarama-qarshiliklarni yo‘zaga kelishi va bartaraf qilinishidan iboratdir.
Qarama-qarshiliklar ancha yuksak darajadagi psixik taraqqiyotini, ancha murakkab shakldagi faoliyat turlarini va shaxsning qator yangi psixologik hususiyatlarini tarkib toptirish orqali bartaraf qilishdan iboratdar.Shundan keyin psixik taraqqiyotning yuksakroq bosqichiga o`tiladi.sana shu nuqtai nazardan o`smirlik yoshini yanada oydinroq qarab chiqaylik. Bola boshlang`ich sinfni tugatadi. Bolaning o`rta maktabda o`qishga o`tishi uning hayotida burilish davri hisoblanadi.
O`smirlarning yangi ijtimoiy jixatdan tashqil topgan va rang-baranglantirilgan faoliyatni uning psixologik hamda shaxsning tarkib topishiga asos, sharoit va vosita xizmat qiladi.
Shunday qilib, o`smirlarga ta’lim-tarbiya berishning yangi to`g`ri usullari hamda vositalarni topishi uchun o`smirlik yoshining o`ziga xos hususiyatlarini jismoniy va psixologik taraqqiyotini yaxshi bilishimiz kerak. O`smirlik yoshining mazmuniy xarakteritsikasi vaqt o`tishi bilan o`zgarib boradi, chunki inson xayotining xususan ijtimoiy sharoitlari o`zgaradi.
Psixologiya taraqqiyotining biologik omillariga o`smirlar ongiga og`ir, ba’zan kuchi etmaydigan bo`lib tushadigan, ularni jiddiy psixik inqirozga va hayajonga soladigan, masalan: o`smirlar uchun xarakterli bo`lgan norozilik, qo`pollik, qaysarlik, o`z-o`zini analiz qilishga moyillik sub’ektiv olamga va shunga o`xshash hislatlarni keltiradigan jinsiy etilishga nixoyatda katta axamiyat beradilar.
Jinsiy etilish munosabati bilan paydo bo`ladigan yangi sezgilar fikrlar,maylliklar,kechinmalar guyo usmirlar ongida xukmron bo`ladi.Ularning xulki atvorini belgilaydi.Mana shu tarika oqibat natijada o`smirlarning psixologik qiyofalari asosan yolg`iz sof biologik omil deb qaraladi.
Psixologlarning fikricha yosh psixologik xususiyatlari faqatgina yolg`iz biologik jihatidan etilishi va taraqqiyot etilishining natijasi bo`lmay balki bolaning ijtimoiy hayot sharoitlari va faoliyatlarining o`zgarishi hamda bu jihatdan yangi ijtimoiy omillarning paydo bo`lishi natijasida o`smirning taraqqiyotiga va unga beriladigan maktabdagi ta’lim va tarbiya berishni aniq tashqil qilish o`smirlarning qonkret hayot sharoitlari va faoliyatning mahsuli deb qarab bo`lmaydi.
Boshqacha qilib aytganda ijtimoiy sharoitlar rolini qonkret hayot sharoitlari va faoliyatlarining roliga almashtirib bo`lmaydi.Mana shu yuqorida aytilganlardan shunday xulosa qilish mumkinki,o`smirning yoshi va uning hususiyatlari absolyut ahamiyatli kasb etmaydi shu munosabat bilan o`smirlik yoshi mutloqo aniq ma’lum va absolyut chegara hamda xarakteritsikaga ega emas bu erda ancha muhim bo`lgan ma’lum fikrlar bor.
Bu farqlarni qonkret ijtimoiy omillarning ta’siri bilan va o`smirlarga beriladigan turli ta’lim va tarbiya sharoitlarining ta’siri bilan tushuntirish mumkin.Taraqqiyotning asosiy yo`nalishi bolaning o`smirlik davridagi taraqqiyotining asosiy xarakteritsikasini ajratish mumkin.O`smirlik davri organizmning jo`shqin o`sish davridir. Bu davrda tananing intensiv ravishda rivojlanishi yo‘zaga keladi, muskul apparatlari mutsahkamlanadi va skeletning suyaklanish jarayoni davom etadi.
Bu davrda yurak qon tomirlari sitsemasining taraqqiyotida mos kelmaslik hodisasi kuchlaniladi.Bu paytda yurak xajmi jihatidan ancha kattalashadi,ancha kuchli ishlay boshlaydi.Ko`pincha qon aylanishining vaqtincha bo`zilishida qok bosimining yoshga bog`liq xolda ko`tarilishiga,yurak faoliyatining zo`r berilishiga olib keladi.Natijada o`smirlarda uchraydigan bosh aylanishi,yurak urishi,bosh og`rig`i paydo bo`ladi.
O`smirlarning yoshi ham jismoniy psixik hususiyatga egadir,organizm Pavlov ta’limotiga ko`ra,bir butun sitsemadan iborat bo`lib,bunda barcha to`qimalar va organlar fiziologik jarayonlar o‘zviy ravishda bir-biri bilan bog`langan bo`ladi.
Lekin bir butunlikda nerv sitemasi va uning bilan bog`langan yuqori qismi I.P.Pavlov so`zi bilan aytganda organizmda sodir bo`ladigan barcha hodisalarni boshqarib turuvchi bosh miya po`tsi asosiy etakchi rolni o`ynaydi.O`smirlik yoshida nerv sitsemasining yuqori qismi sifat jihatidan o`sa boshlaydi va miya ichki to`zilishining murakkablashishga o`tadi.
Katta yarim sharda nerv xujayralarning etishi tugallanadi.O`smir organizmining jismoniy taraqqiyoti uning organlari va to`qimalarining rivojlanishi bosh miya po`tsining boshqaruvchanlik roli otsida amalga oshadi,ammo o`sib borayotgan to`qimalar va organlar o`z navbatida nerv sitsmasining o`sishiga ta’sir ko`rsatadi. O`smirlik yoshida o`pkaning xajmi kattalashadi nafas olish ancha miqdorda tezlashgan va sayoz bladi.O`smirlik yoshida bola qancha toza havoda yursa shuncha foydalidir.
Bu davrda ichki sekretsiya bezlarining qayta qurishiga bog`liq bo`lgan jinsiy etilish davridir.Bu bezlarning etilishi kishi organizm faoliyatida xizmati juda kattadir.O`smirlik yoshining xarakterli xususiyatlaridan biri jinsiy etilish jarayonidir.
Jinsiy etilishning boshlanishi ko`p jihatdan iqlimga va milliy epiografik omillarga va shuning bilan birga individual xususiyatlarga bog`liqdir.
Kuzatishlar shuni ko`rsatadiki jinsiy etilishning boshlanish davri o`g`il bolalarda 12-13 yoshda,qiz bolalarda 11-12 yoshda boshlanadi.Ko`pchilik o`g`il bolalar hozirgi vaqtda jinsiy etilish 15-16 yoshda, qiz bolalarda 13-14 yoshlarda kuzatiladi.
O`qituvchilar sinf rahbarlari datsavval shkni chuqur anglashlari lozimki,jinsiy etilish organizmning jismoniy taraqqiyotiga ta’sir qilishdan ularning psixik rivojlanishiga ham katta ta’sir kursatadi.O`smirlarda jinsiy etilish bilan birga shu paytgacha ularga noma’lum bo`lgan qandaydir xislar,kechinmalar qarama-qarshi jinsga spetsifik qiziqish noma’lum mazmundagi kitoblarga qiziqishlarning paydo bo‘lishi tabiiydir.
O‘smirlik davrida nutqning rivojlanishi bir tomondan so‘z boyligini oshishi hisobiga bo‘lsa, ikkinchi tomondan tabiat va jamiyatdagi narsa voqea va hodisalarning mazmun mohiyatini anglashlari hisobiga bo‘ladi. Bu dovrda o‘smir til yordamida atrof-borliqni aks zttirilishi bilan bir qatorda nnson dunyoqarashini ham belgilab berish mumkinligini his qila boshlandi Aynan usmirlik davridan boshlab, iison aynan nutq bilish jarayonlarining rivojlanishini belgilab berishini tushuna boshlaydi o‘smirni ko‘pincha muomalada so‘zlarni ishlatish qoidllari - “qanday qilib to‘g`ri yozish kerak?”, “qanday qilib yaxshiroq aytish mumkni?”5 kabi savollar juda qiziqtiradi. o‘smirlar maktabdaga o‘qituvchilar. kattalar sta-onalar nutqidagi kamchiliklarga kitob, gazeta radio va telividenie diktorlari xatolariga tez e’tibor beradilar. Bu holat o‘smirning bir tomondan o‘z nutqini nazorat qilish urgatsa, ikkinchi tomondai kattalar ham nutq, qoidalari bo‘zilishi mumkinligini bilishlariga va o‘zida mavjud xatoliklarni birmuncha barham toptirishlariga olib keladi.
O‘smirlik davrida nazariy tafakkur yuqori ahamiyatga ega bo‘la boshlaydi. Chunki bu davrdagi o‘quvchilar atrof-olamdagi boglanishlar mazmunini yuqori darajada bilishga harakat qiladilar. Bu davrda o‘smirning bilishga bo‘lgan qiziqishida progress sodir bo‘ladi. Ilmiy nazariy bilimlarning egallab olinishi tafakkurning rivojlanishiga olib keladi. Buning ta’sirida isbot, dalilar bilan fikrlash qobilyati rivojlanadi. Unda deduktiv xulosalar chiqarishga qobiliyat paydo bo‘ladi.
Maktabda o‘kitiladigan fanlar usmir uchun o‘z taxminlarini yo‘zaga keltirish yoki tekshirish uchun sharoit bo‘lib xizmat qiladi J.Piajening ta’kidlashicha, “Ijtimoiy xayot uch narsaning ta’siri - til, mazmun, koidalar asosida shakllantiriladi”. Bu borada o‘zlashtirilgan ijtimoiy munosabatlar o‘z-o‘zidan tafakkurini yangi imqoniyatlarini yaratadi.
11-12 yoshdan boshlab o‘smir endi mantikiy fikrlab xarakat qila boshlaydi O‘smir bu yoshda xuddi kattalar singari keng qamrovli taxlil etishni o‘rgana boshlaydi. O‘smir tafakkurning nazariy darajaga kanchalik tez ko‘tarila olishi, o‘quv materiallarini tez va chuqur egallashi uning intellektini xam rivojlanishini belgilab beradi. O‘smirlik davri yuqori darajadagi intellektual faollik bilan farklanadi. Bu faollik o‘ta kizikuvchanlik xamda atrofdagilarga o‘z layokatlarini namoyish etish, shuningdek, ulardli yuqori baxo olish extiejining mavjudligi bilan belgilanadi usmirning kattalarga beradigan savolllri mazmunli, muloxazali va aynan o‘sha masala doirasida bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar turli-farazlarni keltira oladilar taxminiy fikr yuritib, tadkikot utkaza oladilar xamda matlum bir masala buyicha mukobil variantlarni takkoslay oladilar. O‘smir tafakkur ko‘pincha umumlashtirishga moyil bo‘ladi. Respublikamizning bozor iktisodi sharoitida utishda kishilardagi amaliy tafakkurning axamiyati oshmokda.



Yüklə 159 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə