I bob. Bolalik va o‘smirlik



Yüklə 159 Kb.
səhifə1/7
tarix28.11.2023
ölçüsü159 Kb.
#133256
  1   2   3   4   5   6   7
Bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik davrida o‘z o‘zini anglash kontseptiyasining


Mavzu: “Bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik davrida o‘z-o‘zini anglash kontseptiyasining rivojlanish xusisiyatlari ”

Mundarija


Kirish…………………………………………………………………………..….3
I BOB.Bolalik va o‘smirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari…….…..6
1.1. Bolalik va o‘smirlik davrining psixologik xususiyatlari…...……………….6
1.2.Bolalik va o‘smirlik davrida psixologik rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlari………………………………………………………..……..........14
II BOB. O‘spirinlik davrida o‘z-o‘zini anglash kontseptiyasining rivojlanish xusisiyatlari..........................................................................................................21
2.1. O‘spirinlik davrida o‘z-o‘zini anglash namoyon bo‘lishi………………..…21
2.2. O‘spirinlik davrida o‘z-o‘zini anglash kontseptiyasining rivojlanish ta’sir etuvchi omillar …………………………………………………………….……27
Xulosa …………………………………………………………………..………35
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………….…………39

Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Aynan o‘smirlik va o‘spirinlik davridan boshlab, bolalar hayotiy, ilmiy, badiiy bilimlarni kengaytirishga alohida ehtiyoj sezadilar va bunga harakat qiladilar. Bilimli bola tengdoshlari orasida hurmatga sazovor bo‘ladi. Bilim o‘smirlarga alohida bir quvonch bag‘ishlaydi va uning tafakkur qilish layoqatini rivojlantiradi. “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” taraqqiyot yo‘limiz borasidagi strategik ahamiyatga ega vazifalarni belgilab berar ekan, respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Biz mamlakatimizda qanday dastur va rejalar qabul qilsak, ularning barchasida umidimiz, kelajagimiz bo‘lgan yoshlarimiz manfaatlarini alohida hisobga olmoqdamiz”, - deya alohida ta’kidlaydi. Mazkur fikr bugun ijtimoiy-gumanitar sohadagi islohotlar, ilmiy tadqiqotlar uchun muhim metodologik asosga ega. Zero, O‘zbekiston yoshlar mamlakati, fuqarolarimizning qariyb 64 foizini yoshlar tashkil qiladi. Mamlakatimiz rahbari ta’kidlaganidek: “Rahbarlar kelajagimiz bo‘lmish yoshlar bilan doimiy muloqotda bo‘lib, ularni eshitib, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashlari shart va zarur. Har bir hokim – utuman yoki viloyat hokimi bo‘ladimi, sektor rahbarlari bilanbirgalikda yoshlar masalasini o‘zi uchun ustuvor vazifa qilib olmasekan, joylarda bu boradagi ishlarimizning natijasi samarali bo‘lmaydi.”1
Bilish jarayonlarining rivojlanishida nutq og‘zaki va yozma mavjud bo‘lishi bilan kuchli vosita hisoblanadi. Kasb va o‘quv jarayonlarining to‘g‘ri tashkil etilishi va amalga oshirilishi bilan yoshlar xulqining to‘g‘ri rivojlanishiga qulay sharoit yaratiladi. Kasbni o‘zlashtirishga harakat bu yoshlarning muomala, bilish va ijodiy faoliyatga kirishiga ehtiyoj va intilish hisoblanadi.
Bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik davrida axloqning rivojlanishi bir tomondan muloqotning oshishi hisobiga bo‘lsa, ikkinchi tomondan tabiat va jamiyatdagi narsa, voqea va hodisalarning mazmun-mohiyatini anglashlari hisobiga bo‘ladi. Bu davrda yoshlar muloqot yordamida atrof-borliqni aks ettirish bilan bir qatorda inson dunyoqarashini ham belgilab berish mumkinligini his qila boshlaydi. Aynan yoshlik davrida inson axloqiy bilish jarayonlarining rivojlanishini belgilab berishini tushuna boshlaydi. Bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik kattalar, ota-onalar nutqidagi kamchiliklariga, kitob, gazeta, radio va televidenie diktorlari xatolariga tez e’tibor beradilar. Bu holat Bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlarning bir tomondan o‘z nutqini nazorat etishga o‘rgatsa, ikkinchi tomondan kattalar ham nutq qoidalarini buzishlari mumkinligini bilishlariga va o‘zida mavjud xatoliklarni birmuncha barham toptirishlariga olib keladi. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 24-noyabr Toshkent shahri saylovchilar vakillari bilan uchrashuvdagi nutqida “Yoshlarning ta’lim-tarbiyasi haqida gapirganda, ularning kitobga mehri pasayib, kun vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazayotganini alohida ta’kidlamoqchiman. Meni to‘g‘ri tushunishlaringizni istayman, men Internetga qarshi emasman. Bugungi kunda axborot tarqatish, axborot almashishning tezligi va mukammalligi bo‘yicha internetning o‘rnini bosadigan boshqa vositalar yo‘qligini yaxshi bilaman.
Ammo farzandlarimizning ongi, dunyoqarashi asrlar davomida sinovdan o‘tgan, yuksak ma’naviyat manbai bo‘lgan jahon va milliy adabiyotimiz asosida emas, balki biz uchun yot bo‘lgan g‘oyalarni yoshlarimiz ongigi singdirayotgan zararli axborotlar asosida shakllanishiga men mutlaqo qarshiman.”2
O‘smirlik va o‘spirinlik davrida madaniyatlar va dunyoqarashning kelib chiqish tarixiga, ularning aniq mazmuni va mohiyatiga juda qiziqadi. U endi o‘z dunyoqarashida o‘smir kabi emas, balki katta odamlardek fikarlarini tanlab ishlatishga harakat qiladi. Hulqiy madaniyatini egallash borasida yoshlar uchun tashqi muhit namuna bo‘lishi lozim. Aynan ish joyi av ta’lim muassasi yoshlarning bilish jarayonlarini rivojlanish yo‘nalishini sifat jihatidan o‘zgarishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Ta’lim muassasida o‘quv jarayonlarining to‘g‘ri tashkil etilishi va amalga oshirilishi bilan yoshlar hulqining to‘g‘ri rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Dunyoqarashning shakllantirishga harakat bu yoshlarning muomala, bilish va ijodiy faoliyatga kirishishiga ehtiyoj va intilish hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi. Bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik davrida o‘z-o‘zini anglash kontseptiyasining rivojlanish xusisiyatlariga oid ilmiy ma’lumotlarni tahlil qilish, uning xususiyatlarini tushuntirish, tahlilida hayot bilan naqadar chambarchas aloqasini bayon etish, uning inson ruhiyatidagi holatini boshqa xususiyatlarini ochib berishdan iborat.

Yüklə 159 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə