Student: Kamolxonova Rohilabonu Group: Filologiya Ingliz tili 23 07 Subject: tarix



Yüklə 24,94 Kb.
səhifə1/9
tarix23.12.2023
ölçüsü24,94 Kb.
#156248
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Rahimova Shodiya

Student:Rahimova Shodiya Group: Filologiya Ingliz tili 23_07 Subject: tarix

Mavzu: Qoraqalpog'iston Respublikasining manaviy va madaniy xayoti

Reja

1. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida amalga oshirilgan islohotlar. 2. Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zgarishlar. 3. Ma’naviy-madaniy sohadagi yangilanishlar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy ta’lim tizimi va undagi islohotlar.

Tarixiy manbalarda hozirgi Qoraqalpo­g’iston hududida odamlar neolit davridayoq yashaganligi qayd etiladi. XII asr rus yilnomalarida "Черные клобуки", mo’g’illar tarixida "qora malaqayli", sharq manbalarida esa "qora bo’rkli" deb atalgan qavm haqida ma’lumotlar bor. Bu nomlar qoraqalpoqlarga tegishlidir. "Qoraqalpoq" so’zi qoraqalpoqlilar so’zidan kelilb chiqqan. Oltin O’rda zaiflashgach, uning tarkibidan qator mustaqil davlatlar ajralib chiqqan. Bu davlatlarning biri-XIV asr oxirida tashkil topgan No’g’ay (Mang’it) xonligi edi. Uning chegarasi Volga daryosidan Irtish daryosigacha, Kaspiy va Orol dengizi bo’ylaridan Kama daryosigacha bo’lgan hududlarni o’z ichiga olgan. Binobarin, qoraqalpoqlar ko’chib borib joylashgan hududlar XV-XVI asrlarda No’g’ay xonligi hududiga kirgan. No’g’ay va qoraqalpoq xalqlari o’zaro siyosiy hamkorlikda, birlashmada yashaganlar. No’g’ay tili tarkibi, fonetikasi va grammatik qurilishi jihatidan qoraqalpoq tiliga juda yaqin. Shu tariqa XVI asrga kelib bir necha urug’lardan iborat qoraqalpoq xalqining shakllanish jarayoni nihoyasiga yetgan. Bu xalq olti qabila (xitoy, qipchoq, kenagas, mang’it, qo’ng’irot va mo’yten) negizida shakllangan. Qoraqalpaq davlatchiligi no’g’ay (mang’it)lar yetakchisi Idigu (Edigey) boshchiligida XIV asr oxirlarida tashkil etilgan No’g’ay xonligidan (O’rdasidan) boshlanadi. XVIII asr boshlariga kelib Sirdaryo bo’yida yashovchi qoraqalpoqlar birlashishga harakat qilganlar.

Ularning birlashish jarayonida Sig’noq singari qadimiy qo’rg’on-shaharlar tayanch bo’lgan. 1811 yilda qoraqalpoqlar Xiva xonligiga tobe boʻldi. 1873 yilda rus podsho qoʻshinlarining Xivaga qilgan yurishidan soʻng va Gandimiyon shartnomasi tuzilgach, Amudaryoning oʻng sohilidagi qoraqalpoqlar yashaydigan hudud Rossiyaga qoʻshib olingan va bu yerda Turkiston general-gubernatorligining Sirdaryo viloyati Amudaryo boʻlimi tashkil etilgan. Amudaryo boʻlimi 2 uyezd: markazi Toʻrtkoʻl qalʼasi boʻlgan Shoʻraxon va markazi Chimboy boʻlgan Chimboy uyezdiga ajratildi. Shunday qilib, qoraqalpoqlar yashaydigan hudud 2 ga ajratib tashlandi. Chap sohil qismi Xiva xonligi tarkibida qoldi. Bu esa qoraqalpoqlarning siyosiy va milliy birlashuviga gʻov boʻldi. XX asming boshlarida Markaziy Osiyo xalqlari siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida katta o'zgarishlar yuz berdi. 1917 yilda podsho hukumati agʻdarilgach, oʻng sohil qismi Turkiston ASSR tarkibiga kirdi, 1918 yilda bu yerda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi. 1919 yilda Chimboy volostida xalq qoʻzgʻolonlari boshlandi. 1920 yilda Amudaryo boʻlimi Turkiston ASSRning Amudaryo viloyatiga aylantirildi. 1920 yil aprelda Xiva xonligi hududida Xorazm Xalq Sovet respublikasi tuzildi va uning tarkibiga qoraqalpoqlar yashaydigan joylar ham kiritildi.


Yüklə 24,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə