Holmatova zulfizar abduvohidovna


Fonatsion. Kinesika



Yüklə 2,85 Mb.
səhifə8/16
tarix24.05.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#112579
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Zulfizar-Dissertatsiya

Fonatsion.

  • Kinesika.

  • Grafik ko’rinishlari qayd etilgan.

Olib borgan tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, noverbal vositalar bir qarashda barcha o’rganilayotgan tillarda universal ko’rinish, ya’ni insoniyat tomonidan qabul qilingan imo-ishora va tana harakatlariga asoslangan bo’lsa-da, aslida, ular umumiylikdan xususiylikka ko’chishi natijasida bir-biridan farq qiladi va vaqti kelganda uning zid ma’nosini beradi, chunki dunyo tillarida verbal vositalar rang-barang bo’lgani singari noverbal vositalar ham shu qadar turfa shakllarda namoyon bo’ladi.


Ayrim holatlarda umumiy jihatlariga ko’ra tillararo bir xil ko’rinsa-da, etno-psixologik, geografik joylashuvi yoki urf-odat, odob-axloq tushunchalari va milliy qadriyatlari tufayli tom ma’noda farq qilishi mumkin.
Shu boisdan ham o’rganilayotgan xalqlarning tili, dini, madaniyati, mentaliteti, etnopsixologiyasi va dunyoqarashlardan kelib chiqib, noverbal muloqot turlarining 10 ta guruhi farqlandi. Bugungi muloqot jarayonlari paralingvistik vositalarni bu kabi guruhlarga ajratish mukammal emasligini va uni qo’shimchalar bilan to’ldirish maqsadga muvofiqligini ko’rsatmoqda.
Shunga ko’ra, tadqiqot ishi doirasida yig’ilgan materiallarni umumlashtirish, solishtirish, qiyosiy tahlil o’tkazish va ularni yangi ma’lumotlar bilan to’ldirish orqali noverbal muloqot komponentlarini:
1) kinesika (imo-ishora harakatlari);
2) vokalika (ovozning akustik xususiyatlari);
3) tabiiy xususiyat (gavda qismi shakli, o’lchami, soch rangi);
4) gaptika (tana qismiga teginish);
5) proksemika (joylashuv manzili);
6) xronomika (muloqot vaqti);
7) okuleksika (ko’z harakatlari);
8) artefakt (kiyinish, bezanish, kosmetika);
9) estetika (musiqa, rang, rasm va boshqa san’at);
10) gastika (ta’m bilish muloqoti, belgilari);
11) olfaktika (hid bilish, uning muloqoti);
12) sistemologiya (insonni o’rab turgan tevarak-atrof);
13) grafika (harf, raqam, emblema, shartli belgi va boshqalar);
14) mimika (yuzdagi jilmayish va boshqa harakatlar);
15) ekstralingvistika (yig’i, kulgu, yo’tal, xo’rsinish va boshqalar);
16) tovush belgilari (hmmm, eee, uxxx);
17) pauza (pauza qilish, muloqotdan saqlanish);
18) lokomotsiya (oqsoqlanish, bazo’r qadam bosish) kabi 18 ta guruhga ajratish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Noverbal muloqot va uning komponentlari yuzasidan deyarli barcha lingvistik maktablarda izlanishlar olib borilgan. Ularda noverbal vositalar asosan verbal muloqotga nisbatan batamom ikkilamchi komponent yoki parallel qo’llanadigan qo’shimcha vosita sifatida talqin etib kelingan.
Ayrim vaziyatlarda lingvistik belgilarning ham imkoniyatlari cheklanishi mumkinligi, aynan verbal vositalarni noverbal muloqot uchun yordamchi komponent, ya’ni ikkilamchi va qo’shimcha axborot berish vazifasini o’tab kelishi kabi masalalar tadqiqotchilarning30 e’tiboridan chetda qolib ketgan.
Ensiklopedik lug’atlarda noverbal vositalarni verbal muloqotda ishlatilish jarayoniga ko’ra 3 ta vazifani bajarishi mumkinligi e’tirof etilgan31:
a) verbal muloqotning mazmun-mohiyatiga qo’shimcha aniqlik kiritish (tinglovchiga ma’lumot berish jarayonida ko’z qisish, jilmayish va boshqa);
b) verbal muloqotning chala tomonlarini to’ldirib kelishi (berilgan savolga boshni irg’ash orqali rad javobini berish jarayoni va boshqa);
d) verbal muloqot bilan o’zaro uyg’unlashib, aynan uning ma’nosini takrorlashi (imo-ishora orqali suhbat obyektini ko’rsatish va boshqa).
G.Kolshanskiy paralingvistik vositalarning a) muloqotni bir maromda bo’lishini ta’minlovchi yordamchi vazifa o’rnida ishlatilishi; b) ma’lum bir til birliklari o’rnida ishlatilib, ularni kompensatsiya qilishini ta’kidlab: “Paralingvistik vositalar mustaqil va birlashgan semiotik tizim bo’la olmaydi”, − deb aytgan edi32.
O’zbek paralingvistikasining asoschilaridan A.Nurmonov ham G.Kolshanskiy fikrlarini qo’llab-quvvatlagan holda imo-ishoralar til birliklarini to’la kompensatsiya qilganda ham, muloqotda verbal vositaning izi − artikulyatsiyasi sezilib turishini ta’kidlangandi33.
Ko’rinadiki, tadqiqotchilar noverbal vositalarning barcha xususiyatlarini yaxlit holda olib ko’rishmagan. Xususan, noverbal muloqotning maxsus shakllaridan hisoblangan qulog’i zaiflarning daktilologiya, ko’zi ojizlarning brayl, harbiylarning semafor va morze alfavitlari, ularning maxsus kodlangan shartli yozuvlari, semiotik birliklar bo’yicha o’zbek tilshunosligida monografik aspektda izlanishlar olib borilmagan.
Lekin, ingliz, rus, turk tillarida ayrim vaziyatlarda inson his-tuyg’ulari va fikrlarini so’z bilan ifodalab bo’lmay qolganda, noverbal muloqotdan foydalanish mumkinligi ta’kidlangan.34
Semiotika fani asoschisi Ch.Pirsning fikricha, bu kabi noverbal vositalar uchta:
a) ikonik belgilar (icon) – predmetni aniqlashtirish;
b) indeks belgilar (index) – predmetga ishora qilish;
d) simvol belgilar (symbol) – predmetni tasvirlash kabi guruhlarga ajraladi.
Olim ularga zid qo’yiluvchi verbal vositalarni aniq belgilar deb aytgan35.
Zamonaviy tilshunoslik yutuqlari noverbal vositalarni faqatgina verbal vositalarning zaruriy komponenti emas, balki axborotlarni kodlashtirib yetkazib berish, dekodlash va semiotik belgilar yordamida noverbal muloqotga kirishish vositasi sifatida talqin etilishini talab etmoqda. Ba’zi hollarda noverbal vositalarsiz fikrlar yalang’och, mantiqiy jihatidan tushunarsiz, psixologik jihatidan noto’g’ri bo’lib qoladi36.
Noverbal vositalarga tor yondashilsa, ham qo’llash, ham ta’sir doirasiga ko’ra u cheklangandek ko’rinadi, ammo kengroq qaralsa, uning vositalari va amaliy ta’siri nihoyasiz ekaniga guvoh bo’lish mumkin. Shunga ko’ra, til insonlar muloqotida eng samarali vosita bo’lsa-da, u ayrim vaziyatlarda kommunikatsiyaning yagona gegemon muloqot vositasi bo’lib xizmat qila olmaydi.
Quyidagi holatlarda noverbal muloqot verbal muloqotdan o’z ustunligini namoyish qilish mumkin:
a) suhbatdosh o’z maqsadi, fikr-mulohazalari va ichki his-tuyg’ularini so’z bilan yetkaza olishni uddalay olmaganda yoki imkoniyati cheklanganda (tungi vaqtda semafor alifbosi orqali muloqotga kirishish va boshqa.);
b) tinglovchiga qaratilgan axborot umumiy va doimiy xarakterga ega bo’lgan yoki uni muntazam ravishda takrorlab turish imkoniyati cheklanganda (yo’l belgilari yoki ogohlantiruvchi sirena tovushlari va boshqa.);
v) verbal muloqotda ayni uzatilishi lozim bo’lgan axborotning ekvivalenti yo’q bo’lganda, uni noverbal vositalardagi xususiyatiga ko’ra verballashtirish orqali yetkazilganda (izohli lug’atlarda mavjud bo’lmagan taqlid so’zlar: bang’illoq, g’urr; vak-vak; clop-clop; bdish).
Yuqoridagi olimlarning fikr-mulohazalari va nazariy qarashlarini inobatga olib, barcha tillarda noverbal muloqotning turlari, vazifalari va ularning verbal muloqotga nisbatan uzviy bog’liqligini matematikaning nisbiylik va tengsizlik nazariy bilimlar asosida quyidagicha bayon etildi:
1. Noverbal vositalar verbal vositalarga nisbatan komponent vazifasini o’tab, qo’shimcha axborot berib keladi. Masalan, suhbatdosh tomonidan tinglovchiga ma’lumot berish jarayonida ko’z qisish, qo’l berish, jilmayish va boshqalar.
2. Noverbal vositalar verbal vositalar bilan o’zaro uyg’unlashgan holda, teng huquqlilik tamoyillari asosida uning ayni ma’nosini takrorlab keladi. Masalan, suhbatdoshning verbal yo’l bilan salom berish jarayonida o’ng qo’lini uzatishi.
3. Verbal vositalar aynan noverbal vositalarga nisbatan komponent vazifasini o’tab keladi. Masalan, qorong’ulikda ko’rish imkoniyati cheklanganda semafordan foydalanish, chorrahada yo’l harakati nazoratchisining haydovchilar bilan daktilologik muloqoti, teatr zalida tomoshabinlarning aktyorlarga minnatdorlik bildirganda qarsak chalishi, bayram tadbirlarida tabrik sifatida mushakbozlik uyushtirishlishi.




    1. Yüklə 2,85 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə