Mustaqil ta’limnining shakli va mazmuni



Yüklə 22 Kb.
səhifə1/3
tarix12.04.2023
ölçüsü22 Kb.
#105340
  1   2   3

Mustaqil ta’limnining shakli va mazmuni


“Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” fani bo‘yicha talabaning mustaqil ishi shu fanni o‘rganish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la ta’minlangan.
Talabalar auditoriya mashg‘ulotlarida pedagog-xodimlarning ma’ruzasini tinglaydilar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida masalalar yechadilar. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o‘rganish maqsadida qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qib referatlar va loyiha ishlari tayyorlaydi hamda mavzu bo‘yicha professor o‘qituvchi tomonidan brilgan mustaqil ish va testlarni yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo‘shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o‘quv faoliyati samarali bo‘lishi mumkin emas.
Birinchi oraliq nazorat jarayonida talabalar:

  1. Respublikamizda nashr etilgan adabiyotlarni o’rganib, uni referat(esse) shaklida taqdim etadilar.

  2. Fan bo’yicha respublikamizdagi muammoli vaziyatni ifodalovchi keys echish

Ikkinchi oraliq nazorat uchun esa:

  1. xorijiy adabiyotlarni o’rganib, referat tayyorlaydilar yoki esse yozadilar.

  2. Fan bo’yicha xorij yoki global miqyosda muammoli vaziyatni ifodalovchi keys echish

Referat (lotincha refero- axborot beryapman) — biror ilmiy asar, o’qilgan kitob, maqola kabilar mazmunining qisqacha yozma yoki og’zaki bayoni, o’rganilgan ilmiy masalaning natijasi haqidagi axborot, tegishli adabiyot va boshqa manbalar sharhini o’z ichiga olgan ma’lum mavzudagi doklad hisoblanadi.


Yüklə 22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə