Holmatova zulfizar abduvohidovna


XULOSA………………………………………………………………………75



Yüklə 2,85 Mb.
səhifə2/16
tarix24.05.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#112579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Zulfizar-Dissertatsiya

XULOSA………………………………………………………………………75
FOYDALANILGAN MANBALAR VA ADABIYOTLAR RO`YXATI…..78


KIRISH.
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi: Jahon tilshunosligida noverbal (paralingvistik) vositalar deyarli barcha tillarda mufassal o’rganilgan bo’lsa-da, ularda noverbal vositalar verbal vositalarga nisbatan asosan ikkilamchi komponent sifatida qarab kelinmoqda. Natijada nutqda verbal vositalarning imkoniyati cheklanganda, noverbal vositalarni birlamchi (mustaqil) muloqot vositasi o’rnida qo’llash masalasi nazardan chetda qolib ketgan, noverbal vositalarning struktur tuzilishi tugal ishlab chiqilmagan, verbal va noverbal vositalarning o’zaro munosabatlari bir tomonlama tasniflanib, noverbal vositalarning lingvopragmatik, etnopsixologik, stilistik aspektlari va nutqda namoyon bo’lishining grammatik jihatlari aniqlanmagan. Shundan kelib chiqqan holda diplomatik, iqtisodiy va turistik muloqotlar chog’ida madaniyatlararo farqlarning yuzaga kelishini o’rganish tilshunoslar e’tiborini alohida jalb etgan dolzarb yo’nalishlardan biri bo’lib qolmoqda.
Bugungi globallashuv jarayonida turli fanlarning mushtarakligini ta’minlovchi integratsiya hodisasi kuzatilmoqda. Reklama matnlarini tizimli asoslash, ularni tilshunoslikning zamonaviy yo’nalishlari asosida tadqiq etish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki savdo-bozor munosabatlari tovar ishlab chiqarish, uni muvaffaqiyatli sotish, iste’molchiga ta’sir qilish usullari bilan bevosita bog’liq bo’lgan yangicha yondashuv va usullarni talab qiladi. Reklama matnlarining o’zbek, rus tillari misolida o’rganilishi, matn ichidagi elementlari hamda matndan tashqari omillarini ko’p bosqichli pragmalingvistik tahlil qilish, ularning o’zaro ta’sirini ko’rib chiqish imkonini beradi.
Dunyo tilshunosligi sohasida reklama matnlariga supermatn sifatida yondashuv matn ichidagi elementlar, matndan tashqaridagi omillar, qisman matnlarning tuzilishi, shakli, ularning mazmuni, kombinatsiyasi va iste’molchiga potensial ta’siri qonuniyatlarini yoritishda fundamental asos bo’ladi. Shubhasiz, reklama matnlarini tilshunoslikning yangi ilmiy paradigmalari, xususan, pragmalingvistikaning o’zagi bo’lgan nutq aktlari nazariyasi asosida mukammal tahlil etish bilangina muammoning nazariy jihatlarini to’liq asoslash mumkin.
Tilshunoslik tarixida inson nutqiy faoliyati bilan bog’lik masalalarni o’rganish muhim ilmiy-nazariy ahamiyat kasb etib kelmoqda. Har qanday fan taraqqiyoti muayyan bosqichlardan iborat. Ular uz davri uchun yangilik sifatida namoyon bo’lsa, keying davrlar uchun fan asoslarining shakllanishida nazariy manba vazifasini utaydi. Shu bois har bir davrga xos qarashlar fan taraqqiyotiga xizmat qiluvchi omil sifatida baholanadi.
Inson nutqiy faoliyati bilan bog’liq masalalar lisoniy taʼlimot asosi sanaladi. Zamonaviy tilshunoslik ekstralingvistika, intralingvistika va komparativistika tarmoqlaridan iborat bo’lib, ularning barchasida inson nutqiy faoliyati o’rganiladi.
Maʼlumki, nutqda insonning fikri bilan birga uning ruhiy olami ham o’z ifodasini topadi. Nutqdagi oshkora va yashirin maʼnolarni tadqiqi tahlil qilish, insonning o’zligini nutqi orqali namoyon etishi kabi masalalarni o’rganish bugungi o’zbekona tafakkur tarzi, milliy mafkura va milliy g’oya tushunchalarining mohiyatini ochishda muhim o’rin tutadi. Shu nuqtai nazardan insonning obʼektiv olamdagi ijtimoiy faoliyati inʼikosi bo’lgan uning “harakat”dagi, “jonli” nutqini tadqiq etish faqat nazariy tilshunoslik uchungina emas, balki uning psixolingvistika, sotsiolingvistika, lingvistik geografiya, kommunikativ tilshunoslik, neyrolingvistika kabi umumtarmoqlari uchun ham katta ahamiyatga egadir.1
Insonning obʼektiv olamdagi barcha ijtimoiy xatti-harakatlari uning nutqiy faoliyatida o’z ifodasini topadi. Shuning uchun inson nutqini o’rganish uning maʼnaviy olami bilan tanishish imkonini beradi. Pragmatika tilshunoslik fanining yangi bir nazariy va amaliy tarmog’i sanaladi. U insonning ijtimoiy faoliyatini o’zida aks ettiruvchi nutriy jarayon, nutq ishtirokchilariga xos kommunikativ niyat, nutqiy vaziyatning taʼsiri bilan aloqador masalalarni o’rganadi.
“Pragmatikaning manbasi” Ch.Pirs, U.Djems, D.Dyun, Ch.Morris kabi taniqli faylasuf olimlar nomi bilan bog’likdir. Chunki ularning ishlarida (XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida) belgilar sistemasi va lingvistik belgi funksionalligi xususidagi g’oyalar o’rtaga tashlanib, semiotika haqidagi asosiy tushunchalar aniqlanadi, sintaktika, semantika va pragmatika urtasidagi uzaro farklar ko’rsatiladi”2.
Nutq jarayonida paralingvistik vositalardan keng foydalanamiz. Hatto badiiy asarlarda ham ana shu nutq jarayoni vaziyat bilan bog’liq holda ko’rsatiladi. Xarakterlarning yaratilishini ham imo-ishoralarsiz tassavvur qilish qiyin. Chunki har qanday kishi so’zlashish jarayonida lingvistik vositalar bilan birga fikr ifodalashda ularga yondosh bo’lgan paralingvistik vositalardan, jumladan, imo-ishoralardan keng foydalanadi. Paralingvistik vositalar, avvalo, milliy ruh va urfodatlar bilan bog’lanadi va unda nutq odobi va madaniyat belgilari ham o’z ifodasini topadi.3
O’zbek, rus va ingliz tillarida paralingvistik vositalarni qiyoslash natijasida ularni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish doim ham mumkin emasligi aniqlangan4. Shu nuqtayi nazardan aytish mumkinki, shoir she’riy asar yaratayotganida o’z xalqi, millatining kundalik turmushi, urfodatlari, madaniyatidan kelib chiqib ijod qiladi. O’zbek she’riyatida ham paralingvistik vositalardan ko’plab o’rinlarda foydalanilganini kuzatamiz. Noverbal vositalarni lingvistik vositalar bilan birgalikda qo’llash she’rdagi nutq jarayonining yanada ishonchli chiqishiga yordam beradi.
Paralingvistika nutq vaziyatida yuzaga keluvchi imo-ishora, mimika kabi fikriy tana harakatlarini o’rganadi. Paralingvistika aloqa-aralashuvida - muomalada muhim vazifa bajaradi. Agar nutq ushbu vositalar ko’magisiz tinglovchiga ifodalanilsa fikr unchalik ta’sir kuchiga ega bo’lmaydi. Aytilishi mumkin bo’lgan xabar quruq ma’lumot ichiga qoladi.
Har qanday fikr o’zining ta’sirchanligiga, jozibadorligiga, mushohada talabligiga ega bo’lmog’i lozim. Paralingvistika aynan shunday jihatlari bilan nutqni obrazlantiradi, shuningdek jonlantiradi.
Nutq sharoiti tinglovchi va so’zlovchi saviyasi, nutq jarayonida ularning xatti-harakatlari, qolaversa, nutq maqsadi bularning barchasi ekstralingvistik lisoniy birliklardan tashqari vositalardir.
Nutqda o’zaro muloqot jarayonida lisoniy birliklarga hamroh bo’ladigan paralingvistik vositalar alohida o’rin egallaydi. Muloqot jarayonida paralingvistik vositalar kommunikatsiyada ishtirok etuvchi qo’shimcha vositalar sanaladi va ular aloqa aralashuvda ma’lum axborotni uzatish, mazmunan to’ldirish, aniqlik kiritish kabi vazifalarni bajaradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”, 2019 yil 21 oktabrdagi PF-5850-son “O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”, 2020 yil 20 oktabrdagi PF-6084-son “Mamlakatimizda o’zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” va 2020 yil 29 oktabrdagi PF-6097-son “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi farmonlari, 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 avgustdagi VMQ-610-son “Ta’lim muassasalarida chet tillarini o’qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida’gi qarorlari va mazkur faoliyatga tegishli boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi.

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə