Holmatova zulfizar abduvohidovna


Reklama muloqatida paralingvistik vositalarning ahamiyatlari



Yüklə 2,85 Mb.
səhifə7/16
tarix24.05.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#112579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Zulfizar-Dissertatsiya

Reklama muloqatida paralingvistik vositalarning ahamiyatlari.

Har bir sohaning o’ziga xos bo’lgan muhim yo’nalishlari mavjud bo’lib, bu yo’nalishlar bilan birgalikda soha yanada takomillashadi hamda o’zining ko’rinishini yaxshilaydi. Xususan, reklama sohasida ham o’zining xususiyatlari bilan ajralib turuvchi yo’nalishlari bor bo’lib, unga misol tariqasida paralingvistik vositalarning qo’llanilishidagi o’rnini aytishimiz mumkin bo’ladi. Ya’ni turli ko’rinishdagi imo-ishoralarni reklama sohasida qo’llanilishi unga yanada jozibadorlik bilan birgalikda ta’sirli chiqishini ham ta’minlab beradi.


O’zbek tilshunosligida reklama matnlarini pragmalingvistik jihatdan tahlil qilish borasidagi muammolarni o’rganish katta ahamiyatga ega. Reklama haqidagi tadqiqotlar, asosan, uning individual jihatlariga bag’ishlanganligi bilan tavsiflanadi.
“O’zbekiston ilm-fan, intellektual salohiyat sohasida jahon darajasida raqobatbardosh bo’lishi kerak”28 degan xulosadan kelib chiqib, tilshunoslarning vazifalari qatoriga reklama matnlarini pragmalingvistik tahlil qilish, xususan, nafaqat lingvistik, ovozli, vizual qisman matnlar, shuningdek, ularning pragmalingvistik xususiyatlarini aniqlash kiradi.
Reklama matnlari yuzasidan salmoqli ilmiy manbalar yaratilganiga qaramay, bu masala o’zbek, rus va nemis tillari misolida monografik yo’nalishda maxsus o’rganilmagan. Reklama matnlarini tilshunoslikning yangi yo’nalishlari asosida o’rganish bunday matnlarning matnlar tipologiyasi va tasnifidagi o’rnini belgilash imkonini beradi.
Dunyo tilshunosligi, shu jumladan, o’zbek, usmonli turk, ingliz va rus tilshunosligida hozirda noverbal vositalarning o’zaro farqlanuvchi etnopsixologik, hududiy belgilari, mazkur xalqlarning milliy qadriyatlari, urf-odatlari, muayyan xalqning odob-axloqi bilan bog’liq xususiyatlarini o’rganish bo’yicha izlanishlar olib borilmoqda. Jumladan, muloqot jarayonida noverbal vositalarning verbal vositalar o’rnida qo’llanilishi, ularning nutqda yuzaga chiqish zarurati, so’zlovchi fikrlarining inson tana a’zolari, ovoz ohangi, kiyim-kechaklari, semiotik va kodlangan belgilar orqali ifodalanishi, ularning muloqotdagi o’rni, vazifalari va nutqiy tejamkorlikni ta’minlashi bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishga alohida ahamiyat berilmoqda.
Yangi O’zbekistonni barpo etish jarayonida o’zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish, xalqaro munosabatlarning rivojlanishi, diplomatik, iqtisodiy va turistik muloqotlar chog’ida madaniyatlararo farqlarning yuzaga kelishi bois, muloqotda ko’proq noverbal vositalardan foydalanish ma’qul ko’rilmoqda.
Verbal muloqot shaxslar o’rtasida asosiy axborot almashinuv vositasi hisoblanadi va u so’zlovchi nutqidagi ma’lumotni tinglovchiga osonlik bilan yetkazib berish, qabul qilish imkoniyatlarini yaratadi. Noverbal muloqot esa u haqdagi qo’shimcha ma’lumotlarni ilg’ab olish, berilayotgan axborotni tez, qulay, ravshan va aniq ifodalash uchun xizmat qiladi.
Nutqni yuzaga chiqaruvchi markaziy organ sanalgan tilga qo’shimcha ravishda noverbal muloqot jarayonida inson yuzidagi tabassum, imo-ishora, ovoz ohangi, gavda qismlari, qo’l harakatlari va boshqa usullar orqali muloqotdan ko’zlangan maqsadga batamom erishiladi.
Zamonaviy ensiklopedik lug’atlarda paralingvistik vositalarning 3 ta:29


Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə