Holmatova zulfizar abduvohidovna



Yüklə 2,85 Mb.
səhifə5/16
tarix24.05.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#112579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Zulfizar-Dissertatsiya

Tadqiqot metodlari. Tadqiqot oldiga qoʼyilgan vazifalarni hal qilish maqsadida ishda paralingvistik, pramgalingvistik, frazeologizmik, qiyosiy-tipologik, lisoniy hamda tahlil shu bilan birgalikda lingvostilistik metodlardan foydalanildi.
Tadqiqotning nazariy-metodologik asoslar. Ilmiy tadqiqot mavzusini yoritishda turli nazariy fikrlarni sintiz va analiz qilish, paralingvistik, pragmalingvistik, usullaridan va ilmiy abstraktsiyalash usullaridan foydalaniladi.
Toʼplangan ma’lumotlar asosida paralingvistik vositalarning reklamadagi o’rni va samaradorligini oshirishda foydalaniladi. Shu bilan birga ma’lumotlarni tahlil etishda jadval, grafik, diagramma koʼrinishida qayta ishlanadi.
Magistrlik dissertatsiya ishining nazariy va amaliy natijalarining ahamiyati. Dissertatsiya ishining nazariy ahamiyati shundan iboratki, ishining natijalari paralingvistik vositalarning reklamadagi qo’llanilishi, samaradorligini ta’minlovchi usullarni anglatadi.
Amaliy ahamiyati esa hozirgi holatdan kelib chiqqan holda ishning natijalarini amaliyotga qo’llash orqali samaradorlik ko’rsatkichini oshirishimiz mumkin bo’ladi.
Tadqiqot ishining tarkibi va hajmi. Qo’yilgan vazifalar yechimining ketma-ketligi bilan belgilangan. Dissertarsiya kirish, uchta bob xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Birinchi bob ikkita paragraf, ikkinchi bob ham ikkita paragraf va uchinchi bob ikkita paragrafdan tashkil topgan.
Kirish qismida magistrlik dissertatsiyasining oldiga qo’ygan maqsad va vazifalar, mavzuning dolzarbligi, ishning amaliy va nazariy qiymatining asoslanganligi, himoyaga olib chiqilgan asosiy holatlarning umumiy tavsifi va tahlil usullari to’g’risida ma’lumot berilgan.
Birinchi bob “Reklamada paralingvistik vositalarning o’rni va ahamiyati” nomlangan hamda ushbu bobda reklamada paralingvistik vositalarning ruhiy va nutqiy ta’siri, reklama muloqatida paralingvistik vositalarning ahamiyatlari, va reklama muloqatida matni, shrifti, grafikasining o’ziga xos xususiyatlari haqida fikr-mulohazalar keltirilgan. Shuningdek to’plangan ma’lumotlar paralingvistik tahlili ham beriladi.
Ikkinchi bob “Ijtimoiy tarmoqlarda reklama turlari va tizimlari” deb nomlanib, bobda mediakommunikativ muloqatda raqamli reklamaning turlari, ijtimoiy reklamada shartli kodlangan belgilar tizimi va muloqot jarayonida paralingvistik vositalarning o’rni va ahamiyatiga bag’ishlangan masalalar keltirilgan.
Uchinchi bob “Paralingvistik vositalarning reklamadagi roli va samaradorligi oshirish usullari” deb nomlanib, ushbu bobda Paralingvistik vositalarini reklamalardagi o’ziga xos xususiyatlari va paralingvistik vositalarning reklama sohasidagi samaradorligi va uning oshirishdagi ustuvor yo’nalishlari haqida fikr mulohazalar olib borilgan va shular asnodi bobning mohiyati yoritilib berilgan. Dissertatsiyaning hajmi 78 bet va 5 ta jadval, 5 ta grafikalarni ham o’z ichiga oladi.


Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə