H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev



Yüklə 246,83 Kb.
səhifə7/48
tarix11.12.2023
ölçüsü246,83 Kb.
#146220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48
H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev-hozir.org (1)

Tayanch iboralar 
Dispergatsion usul. Kondensatsion usul. Stabilizator. Kolloid tegirmon. 
Metallarni “changlatish”. Fizikaviy va kimyoviy kondensatsion usullar. Kolloid
sistemani tozalash. Dializ. Ul’tradializ. Elektrodializ. 


Savol va topshiriqlar 
1. Kolloid sistemalar qaysi yo’llar bilan hosil qilinadi? 
2. Stabilizator nima va uning roli nimadan iborat?
3. 2% - li FeCl
3
eritmasi distillangan suv bo’lsa, qanday qilib kolloid eritma 

tayyorlanadi?


4. Dispergatsion va kondensatsion usullarining mohiyati nimadan iborat? 



15


Adabiyotlar 
1. Axmedov K.S., Raximov X.R. Kolloid ximiya. – Toshkent. – 
O’zbekiston. – 1992. 12-21-betlar.
2. Фридрихсберг Д. А. Курс коллоидной химии.–Л: - Химия.–1984. – с. 
21-26


III – ma’ruza. 

SIRT – FAOL KOLLOIDLAR 
Reja 

1. Sirt – faol moddalarning umumiy tavsifi.


2. Sirt – faol moddalarning turlari. 
3. Kolloid sirt – faol moddalarning gidrofil – liofil balansi (GLB)
4. Mitsella hosil qiluvchi sirt – faol moddalar. 
5. Adgezivlar.
“Sirt – faol modda ” degan tushuncha keng ma’noda qaraganda barcha 

organik moddalar sirt – faol moddalar jumlasiga kiritishga to’g’ri keladi, chunki


har qanday organik moddaani olmaylik, u suvga nisbatan sirt faollik ko’rsatadi. 
Lekin qattiq jismlarning sirt tarangligi suvning sirt tarangligidan ancha katta;
demak suv qattiq moddaga nisbatan sirt faollik namoyon qiladi. Bundan 
ko’ramizki, suv fazalar chegarasining xarakteriga qarab, ba’zan sirt – nofaol,
ba’zan sirt-faol modda bo’lishi mumkin.
Lekin sirt-faol modda degan tushuncha bu kabi keng ma’noda ishlatilmaydi.
U maxsus, ancha tor ma’noda ishlatiladi. Umum tomonidan qabul qilingan ta’rifga 
ko’ra sirt-faol modda molekulalari difil ravishda tuzilgan hamda ancha katta sirt-
faollikka ega bo’lgan organik birikmalardan iboratdir. Bunday modda 
molekulasining bir qismi suvga nisbatan kattaroq moyillik namoyon qiladi; bu




16


qismini gidrofil guruh tashkil etadi; ikkinchi qismi uglevodorod radikali bo’lib, u

gidrofob guruhdan iborat. Spirt, fenol, karbon kislota, organik aminlar,
sulfokislotalar va ularning tuzlari, boshqa xil organik birikmalar ana shunday difil 
molekulalardan tuzilgan. Ularning tarkibidagi –OH, –NH
2
, –COOH (karboksil 

guruh), –SO


3
H(sulfoguruh) va hokazolar qutbli guruhlarni tashkil qiladi.

Sirt-faol moddalar asimmetrik tuzilishga ega. Shuning uchun ham ular suv-


havo (suv-bug’), suv-uglevodorod(suv-yog’), suv-qattiq jism kabi sirtlarga 
adsorblanadi.
Sirt-faol moddani 


−− shaklida (yoki 



shaklida) belgilash 

mumkin. Bu shaklning doira qismi qutbli guruhlarni, to’g’ri chiziq qismi esa


uglevodorod radikallarini bildiradi. Suv molekulalari orasidagi kogeziya kuchlari 
bu moddalarning suvdagi eritmalaridan ularning uglevodorod guruhlarini ikki faza
orasidagi chegara sirtiga yo’naltiradi. Molekulaning gidrofil qismi suvda, gidrofob 
qismi qutbsiz fazada bo’lganida izobar potnsial minimal qiymatga ega bo’ladi.
Barcha sirt-faol moddalar suvdagi eritmalarida dissotsilanish qobiliyatiga 
qarab ionogen va noionogen sirt-faol moddalarga bo’linadi. Ionogen sirt-faol
moddalar kation sirt-faol moddalar, anion sirt-faol va amfoter (amfolit) sirt-faol 
moddalarga ajratiladi.

Yüklə 246,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə