H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev



Yüklə 246,83 Kb.
səhifə4/48
tarix11.12.2023
ölçüsü246,83 Kb.
#146220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev-hozir.org (1)

II. Kondensatsion usul. 
Kolloid sistemalarni olishda mexanik usullari bilan birga kimyoviy usullar 
ham qo’llaniladi. Kondensatsiya usuli ham ikki xil bo’ladi: fizikaviy kondensatsiya
va kimyoviy kondensatsiya. 


Fizikaviy kondensatsiya usuli. Fizikaviy kondensatsiya usullaridan biri
dispersion muhitga qattiq jism bug’ini yuborish usulidir. Bu usul bilan simob
oltingugurt, fosfor zollari olinadi.
Bu usulga erituvchini almashtirish usuli ham kiradi. Bu usulning mohiyatini 
quyidagi misolda ko’rsatib o’tamiz. Ma’lumki, ba’zi organik kislotalar etil spirtda
yaxshi, lekin suvda yomon eriydi. Bunday kislotalarning suvdagi colloid 
eritmalarini hosil qilish uchun avval kislota spirtda eritiladi, so’ngra hosil bo’lgan
eritmaga asta-sekin suv qo’shib suyultiriladi. Suv spirt bilan har qanday nisbatda 
aralasha olganligidan, spirtda erigan organic kislotaning suvli spirtda eruvchanligi
pasayib, uning suvdagi kolloid eritmasi hosil bo’ladi. Shu yo’l bilan 
oltingugurtning kolloidi olinadi.
Kimyoviy kondensatsiya usuli. Kolloid sistemalarni turli kimyoviy
reaksiyalar yordamida ham hosil qilish mumkin. Ularga: 1 – qaytarilish, 2 – 



12


oksidlanish, 3 – almashinish, 4 – gidroliz va boshqa reaksiyalarga asoslangan
usullar kiradi. 


Qaytarilish reaksiyasi yordamida dispers faza chin eritma biror qaytaruvchi
modda ishtirokida qaytariladi. Masalan, oltin gidrozilini hosil qilish reaksiyasi. Bu 
reaksiya quyidagi tenglamalar bilan ifodalanadi:
2HAuCl

4
+5K

2
CO
3

=2KAuO
2


+8KCl+5CO

2
+H


2

O
2KAuO

2
+3HCOH+K

2
CO


3

=2Au+HCOOK+KHCO


3
+H

2
O


Oltin zolini olishda KAuO

2
ni chumoli al’degid bilan qaytariladi. 


Shuningdek, vodorod sul’fidni sul’fit angidrid bilan qaytarish orqali oltingugurtni
colloid holatiga o’tqazish mumkin: 
2H
2

S+SO

2
=3S↓+2H

2
O



Yüklə 246,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə