9
agregatlarga aylantirish. Birinchi usul dispergatsion, ikkinchisi – kondensatsion
usullari deb aytiladi. Kolloid sistemalarda dispers faza zarrachalarining o’lchamlari
1 nm dan to 100nm
gacha bo;lishi kerak. Zarrachalarning o’lchami ana shunday
bo’lgan suyuq kolloid sistemani dispergatsion usul bilan
hosil qilishning ikkita
sharti bor – birinchidan, dispers faza moddasi shu
dispersion muhitda mumkin
qadar kam eruvchan bo’lishi lozim; ikkinchidan – sistemaga dispers faza va
dispersion muhitdan tashqari yana uchinchi modda bo’lishi kerak.
Bu modda
kolloid zarrachalar sirtiga yutilib, dispers faza bilan dispersion
muhit zarrachalari
o’rtasida mustahkam bog’lanishni vujudga keltiradi. Kolloid eritmalarni barqaror
qiladigan moddalar –
stabilizator deyiladi. Dispergatsion usulda kolloid eritmalar
hosil qilish uchun qattiq jism stabilizator bilan birga
kukun qilib maydalaniladi
yoki elektr, yoxud ul’tratovush yordami bilan suyuqlik ichida kukunga
aylantiriladi.