10
1 – rasm. Kolloid tegirmoni
Kolloid tegirmonida kolloid eritmasi
tayyorlanadigan modda avval
maydalaniladi, suyuqlik (dispersion muhit) va stabilizator bilan aralashtiriladi,
so’ngra u teshik (`1) orqali tegirmonga solinadi. Suyuqlik va uning ichidagi qattiq
jism o’qqa o’rnatilgan kurakcha (2) yordami bilan tez aralashtiriladi (kurakcha
minutiga 10000-15000 marta aylanadi). Natijada suyuqlik va qattiq modda juda tez
harakatlanadi va harakatsiz tishlar (3) ga kelib urilib, maydalaniladi.
Tayyor
maydalangan mahsulot tegirmonning past qismidagi teshik (4) orqali chiqarilib
olinadi.
Dispergatsion usulda metallarni elektr yordamida “
changlatish” usuli ham
misol bo’la oladi. Bu usulni 1898 yilda Bredig taklif etgan edi.
Bunda kolloid
eritmasi olinishi kerak bo’lgan metaldan yasalgan ikkita sim dispersion muhitga
tushirilib, ularning biri elektr manbaning musbat qutbiga, ikkinchisi esa –
manfiy
qutbga ulanadi. Simlar bir-biriga tegizilib, elektr yoyi hosil qilinadi. So’ngra ular
bir-biridan uzoqlashtiriladi. Bu vaqtda metall erituvchida changlana boshlaydi.
Barqaror zol hosil bo’lish uchun ozgina ishqor qo’shilaqdi. Bu usulda asosan “asl
metallarning” zollari olinadi.
Changlatish bilan colloid eritma hosil qilishda avval metall bug’lanadi,
so’ngra uning molekulalari o’zaro birikib, colloid eritma zarrachalarini hosil qiladi;
shuning uchun ham bu usul kondensatsion usullar qatoriga kiritiladi.
Ul’tratovush yordamida “changlatish” usuli. Kolloid eritmalar hosil qilish
uchun ul’tratovush bilan “changlatish” usuli ham qo’llaniladi. Agar ul’tratovush
to’lqinlari maydoniga bir-biri bilan aralashmaydigan ikkita suyuqlik solingan idish
11
quyilsa, ikki suyuqlikning emulsiyasi hosil bo’ladi. Bu usul bilan ko’pgina
moddalarning colloid eritmalarining colloid eritmalarini hosil qilish mumkin.
Kolloid eritmalar
peptizatsiya usuli bilan ham hosil qilish mumkin. Zolning
koagulyatsiya mahsulotini qaytadan colloid eritma holatiga o’tqazish
peptizatsiya
deyiladi. Peptizatsiyani amalga oshirish uchun colloid cho’kmasiga (koagulyatga)
biror elektrolit qo’shib, erituvchi bilan aralashtiriladi.
Kolloid eritma olishda
ishlatilgan elektrolit
peptizator deyiladi. Peptizatsiya tezligiga turli omillar
(peptizatorning
kimyoviy xossasi, konsentratsiyasi, cho’kmaning holati va uning
miqdori, temperatura, pH va hokazolar) ta’sir etadi.
Dostları ilə paylaş: