H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev



Yüklə 246,83 Kb.
səhifə5/48
tarix11.12.2023
ölçüsü246,83 Kb.
#146220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev-hozir.org (1)

Oksidlanish reaksiyasi yordamida ham kolloid sistemalar hosil bo’ladi.
Bunda molekulyar eritmani oksidlash yo’li bilan kolloid eritma hosil qilinadi,
masalan vodorod sul’fid eritmasi kislorod bilan oksidlanganda oltingugurt zoli 
hosil bo’ladi:
2H
2

S+O
2


=2S↓+2H

2
O



Almashinish usuli erimaydigan moddalar hosil bo’ladigan almashinish 
reaksiyalarga asoslanadi. Bu usul bilan, masalan, kumush xlorid gidrozoli hosil
qilinadi: 
AgNO
3

+NaCl=AgCl↓+NaNO


3
Mishyak (III)-sul’fid gidrozoli ham shu usulda olinadi: 


2H
3


AsO

3
+3H

2
S=As

2
S


3

↓+6H
2



Kolloid sistemalarni olishda gidrolizlanish reaksiyalari ham ishlatiladi,


bunda ko’pincha metall gidrozollarining kolloid eritmalari olinadi. Masalan temir 
(III)-gidroksid gidrozolini olish uchun qaynab turgan suvga temir (III)-xlorid
eritmasi quyilsa, temir (III)-gidroksid zoli hosil bo’ladi: 
FeCl
3

+3H

2
O=Fe(OH)

3
↓+3HCl

So’ngra:
Fe(OH)

3
+HCl=FeOCl+2H


2
O




13


Bu reaksiya natijasida hosil bo’lgan FeOCl qisman ionlarga parchalanadi va
bu ionlar Fe(OH)
3
zarrachalari atrofida ionlar qavatini hosil qilib, kolloid sistemani 

barqaror qilib turadi.


Shunday qilib, kimyoviy kondensatsiya usullarining asosi shundaki
kimyoviy reaksiyalar natijasida qiyin eriydigan mahsulot hosil bo’lsa, u
ma’lum 

sharoit yaratilganda kolloid holatga o’tish mumkin. Bunda reaksiya uchun


olinadigan dastlabki moddalarni suyultirilgan eritmalar holida ishlatish kerak
chunki bu sharoitda hosil bo’ladigan mahsulot kristall zarrachalarining o’sish
tezligi katta bo’lmaydi. 
Kolloid sistemalar hosil bo’lganda tarkibida albatta qo’shimcha moddalar –
kislota, asos, tuzlar ham bo’ladi. Bu qo’shimcha moddalar kolloid sistemaning 
barqarorligiga ta’sir etadi. Shuning uchun kolloid sistemalar har xil usullar bilan
tozalanadi. Shu usullardan eng asosiysi quyidagilardir: 


1. Dializ. Bu usulda yarim o’tkazgich membrana ishlatiladi. Membranadan
ionlar o’tadi, lekin katta o’lchovga ega bo’lgan zarrachalar o’ta bilmaydi. Bu 
usulni birinchi bo’lib Grem tavsiya etgan.
Kolloid sistemalarning dializi dializator asbobida amalga oshadi. 


Yüklə 246,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə