Geog 1 (38-янги). p65



Yüklə 3,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/43
tarix04.02.2018
ölçüsü3,84 Kb.
#24117
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43

59
landshaftlari tarkib topgan. O‘lkada qimmatbaho mebellar
ishlanadigan  qizil daraxt, yog‘ olinadigan palma, seyba va
muskat daraxtlari, kauchuk olinadigan daraxtlar o‘sadi. Mitti
pigmey qabilasi — o‘rmon odamlari, bahaybat gorilla,  setse
pashshasi,  mitti bug‘ucha, okapi va boshqalar faqat shu hu-
dudlarda yashaydi.
Sharqiy Afrika materikning baland tog‘li qismini egallaydi.
Bu o‘lkada quruqlikdagi eng katta yer yorig‘i — Buyuk Afrika
yer yorig‘i joylashgan. Shu sababli o‘lkada tektonik ko‘llar ko‘p.
Afrikaning eng baland nuqtasi — Kilimanjaro vulqoni
(5 895 m) shu yerda joylashgan. Sharqiy Afrikani ba’zan „Afrika
materigining tomi“ deb atashadi. O‘lka, asosan, Efiopiya tog‘-
ligi va Sharqiy Afrika yassi tog‘ligidan iborat. Relyefi va iqlim
xususiyatlariga bog‘liq holda o‘simlik va hayvonot olami tarkib
topgan. Balandlik mintaqalanishi aniq namoyon bo‘lgan.
O‘lka tabiati xilma-xil. Tabiatni asrash maqsadida qo‘riqxona
va milliy bog‘lar tashkil etilgan. „Serengeti“, „Rungva“, „Nyasa“,
„Ngorongoro“ shular jumlasidandir.
Janubiy Afrika o‘lkasi Kongo — Zambezi daryolari suvayir-
g‘ichidan janubdagi hududlarni egallaydi. Bu o‘lkani kichik Af-
rika deb ham atashadi. Sababi kichik hududda iqlimiga bog‘liq
holda tabiati kenglik va uzoqlik bo‘yicha almashib keladi.
Tog‘larida balandlik mintaqalanishi mavjud. Madagaskar —
paydo bo‘lishiga ko‘ra yirik materik oroli. Tabiatiga okean ta’siri
katta. Tropik o‘rmon va savannalar ko‘p.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Savannali Sudan, Afrika o‘lkalari, Afrika yer yorig‘i, Atlas,
Madagaskar, milliy bog‘.
Nazorat uchun savollar
1. Afrikada qancha tabiiy geografik o‘lkalar ajratilgan?
2. O‘lkalar qaysi xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi?
3. Antropogen landshaftlar, asosiy milliy bog‘lar qayerlar-
da ko‘p?


60
Amaliy topshiriqlar
1. Tabiiy geografik o‘lkalarni tabiiy xaritadan ko‘rsating.
2. Milliy bog‘lar va qo‘riqxonalarni yozuvsiz  xaritada aks
ettiring.
26- §. Materik aholisi va uning
tabiatga ta’siri
Afrika aholisi 1 mlrd 203 mln (2016- yil, 1- iyul), siyosiy
xaritasida 50 dan ortiq mamlakat bor. Materik shimolida
arablar bilan berberlar (yevropoid irqiga mansub) yashaydi.
Afrikaning qolgan qismida, asosan, negroid irqiga tegishli
aholi (bantu, gottentot, pigmey, bur va b.) yashaydi.
Afrikada, asosan, tubjoy aholi, ya’ni shu joyning doimiy
aholisi yashaydi.
Afrikaning eng bo‘ydor xalqlari materikning shimoliy qis-
midagi savannalarida yashaydi (tutslar, ximlar va b.). Ular
bo‘yining uzunligi  180 — 200 sm. Ekvatorial o‘rmonlarda esa —
pigmeylar, past bo‘yli (150 sm dan kam) odamlar yashashadi.
Afrikaning janubidagi chala cho‘l va cho‘llarda bushmenlar
hamda gottentotlar yashaydi.
Madagaskar orolida, asosan, mongoloid va negroid irqlar-
ning aralashishidan kelib chiqqan malagasiylar yashaydi.
Afrikada Yevropadan ko‘chib kelgan aholi, asosan, iqlim
sharoiti yaxshi yerlarda yashaydi. Ular materik aholisiga nisba-
tan juda ozchilikni tashkil qiladi. Materikning shimolida, O‘rta
dengiz sohillarida fransuzlar, janubida esa inglizlar, afrikanerlar
(niderland avlodlari) va boshqalar yashaydi.
Afrika aholisi juda notekis joylashgan. Aholining joylashishi-
ga birinchi navbatda tabiiy sharoit ta’sir etgan bo‘lsa, keyingi
navbatda tarixiy sabablar ta’sir ko‘rsatgan. O‘rta dengiz so-
hillari, Gvineya qo‘ltig‘i va materikning janubi-sharqiy sohil-
larida aholi zich joylashgan.


61
Insonning tabiatga ta’siri. Tabiatni muhofaza qilish. Afrika
tabiatini muhofaza qilish dolzarb masalaga aylangan. Materikda
o‘simlik va hayvonot olamini asrash maqsadida 392 ta milliy bog‘
va qo‘riqxonalar tashkil etilgan. Kongo Demokratik Respub-
likasining 15 % hududini milliy bog‘lar, botanika bog‘lari, tajriba
stansiyalari, Keniya davlatida 10 % maydonni milliy bog‘lar
egallaydi. Afrika tabiati inson tomonidan anchagina o‘zgartirib
yuborilgan.
Qo‘riqxonalarga ilmiy ish bilan shug‘ullanuvchilargina qo‘yi-
ladi. Milliy bog‘larga esa undan farqli o‘laroq, sayyohlar kirishi
mumkin, lekin ular belgilangan qoidalarga amal qilishlari shart.
Milliy bog‘ va qo‘riqxonalar Sharqiy va Janubiy Afrikada
ko‘p. Eng yiriklari — Serengeti, Masai-Mara, Bvandi, Kryugera,
Chobe, Etosha, Sentral-Kalaxari, Rungva va boshqalardir (13-
rasm).
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Tubjoy aholi, pigmeylar, afrikanerlar, Serengeti, Masai-
Mara, Bvandi, Kryugera, Chobe, Etosha, Sentral-Kala-
xari, Rungva.
Nazorat uchun savollar
1. Afrikada, asosan, qaysi irqqa mansub aholi yashaydi?
2. Materikda qanday qo‘riqxona va milliy bog‘lar bor?
Serengeti milliy bog‘idagi
Sentral-Kalaxaridagi sher
zebralar
13- rasm. Afrikadagi milliy bog‘lar.


62
Amaliy topshiriqlar
1. Yozuvsiz xaritaga Afrikaning milliy bog‘lari va qo‘riq-
xonalarini tushiring.
2. Afrika aholisi zich joylashgan hududlarni xaritadan ko‘-
rib tahlil qiling, sababini tushuntiring.
   
27- §. Atlantika okeani
Asosiy xususiyatlari. Barcha yarimsharlarda joylashgan,
Buyuk geografik kashfiyotlar shu okeandan boshlangan, qir-
g‘oqsiz dengizi bor, meridianal yo‘nalgan eng uzun o‘rta okean
tizmasi bor, eng yirik port-shaharlari bor, ichki dengizlari eng
ko‘p, eng sersuv va eng uzun daryolar shu okeanga quyiladi,
eng baland qalqish ham shu okeanda kuzatiladi, materiklar
dreyfi giðotezasiga asos bo‘lgan, dengiz transportida dunyoda
birinchi o‘rinda turadi.
Geografik o‘rni. Atlantika okeani beshta materik orasida
joylashgan. Shimoldan janubga 12 ming km masofaga cho‘zilgan.
Okeanning maydoni 91 mln kv km, eng keng joyi mo‘tadil
kengliklarga (9 450 km) va eng tor joyi (2 620 km) shimoliy
qismiga to‘g‘ri keladi.
O‘rganilish tarixi. Okean nomi Atlanta (yunon afsonasiga
ko‘ra,  yelkasida osmon gumbazini ko‘tarib turuvchi pahlavon)
atamasi bilan bog‘liq. Dastlab 1507- yilda geografik xaritaga
„Atlantika okeani“ nomi yozilgan. Miloddan oldingi davrlarda
finikiyaliklar, arablar, rimliklar okean suvlarida suzishgan.
Buyuk geografik kashfiyotlar davrida B. Diash, X. Kolumb,
J. Kabot, Vasko da Gama, F. Magellan, J. Kuk va boshqalar
sayohatlari Atlantika okeani haqida ko‘plab ma’lumotlar berdi.
Okean tabiatini kompleks o‘rganish XIX asrning oxiridan
boshlanadi. „Chellenjer“ kemasidagi ingliz ekspeditsiyasi, Xalq-
aro geofizika yilidagi (1957 — 1958) tadqiqotlar, Jak Iv Kusto


Yüklə 3,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə