Geog 1 (38-янги). p65



Yüklə 3,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/43
tarix04.02.2018
ölçüsü3,84 Kb.
#24117
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43

87
Geografik o‘rni. Janubiy Amerika to‘liq G‘arbiy yarimsharda
joylashgan. Uning shimoliy qismidan ekvator kesib o‘tadi. Shi-
moldan janubga 7 000 km, g‘arbdan sharqqa 5 000 km cho‘zil-
gan. U Amerika qit’asining bir bo‘lagi. Shimoliy va Janubiy
Amerika materiklarining chegarasi shartli ravishda Panama ka-
nali orqali o‘tkaziladi. Materikni shimolda Karib dengizi, g‘arbda
Òinch okean, sharqda esa Atlantika okeani suvlari yuvib turadi.
O‘rganilish tarixi. Amerikaning kashf etilishi haqida aniq
ma’lumotlar yo‘q. X. Kolumbgacha, ya’ni XV asrdan oldin
Amerikaga xitoylar, yaponlar, finikiyaliklar, arablar, inglizlar,
skandinaviyaliklar, okeaniyaliklar borganligi haqida dalillar to-
pilmoqda. Vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy o‘zining „Hin-
diston“ asarida Amerika quruqligining mavjudligini X. Kolumb
kashfiyotidan 450 yil oldin bashorat qilgan.
X. Kolumb „Yer shar shaklida“ degan g‘oyaga asoslanib,
Hindistonga g‘arbdan yaqin dengiz yo‘li bilan borish uchun
safarga chiqadi. U 1492- yilning 12- oktabr kuni San-Salvador
(ispancha  xaloskor degani) oroliga keladi. Bu sana Amerika
kashf etilgan kun tariqasida geografiya tarixiga kiritilgan. Buyuk
geografik kashfiyotlar davrini boshlab bergan X. Kolumb o‘zi-
ning to‘rt marta Amerikaga qilgan safarlari chog‘ida ham o‘zi
borgan yerlarini Hindiston deb o‘ylagan.
Amerigo Vespuchchi (asli italiyalik, Ispaniya dengiz flotida
xizmat qilgan) 1499 — 1504- yillardagi Janubiy Amerikaga
uyushtirgan ikkita sayohati davrida birinchi bo‘lib bu yerlar Hin-
diston emas, balki yirik quruqlik — Yangi Dunyo ekanligini
aytib, uning tabiatini mohirona tavsiflab yozadi. 1507- yildan
boshlab Yangi Dunyoga Amerika deb nom berildi.
Janubiy Amerikani ilmiy jihatdan o‘rganishda nemis sayyohi
A. Gumboldt va fransuz botanigi E. Bonplanning xizmatlari
katta bo‘ldi. Materikning tabiati va aholisi haqidagi qiziqarli
ma’lumotlarni rossiyalik olimlardan G. I. Langsdorf, N. G. Rub-
sov, A. I. Voyeykov, N. I. Vavilovlar to‘pladilar.
Geologik tuzilishi. Qadimda Janubiy Amerika yirik Gond-
vana quruqligi tarkibida bo‘lgan. Keyingi geologik davrlarda
mustaqil materikka ajralgan.


88
Òektonik harakatlar ta’sirida Janubiy Amerika platforma-
sining cho‘kkan joylarida botiqlar (Amazonka, Orinoko, La-
Plata) va ko‘tarilgan qismlarida yassitog‘liklar (Gviana, Brazi-
liya) tarkib topgan. Yassitog‘liklarda lava — vulqon yotqiziqlari
ko‘p uchraydi. Alp tog‘ burmalanishida yosh And tog‘ tizma-
lari shakllangan. Bu yerlarda harakatdagi vulqonlar, kuchli zil-
zilalar bo‘lib turadi. Shu xususiyatiga ko‘ra sohil zonasi Òinch
okean „olovli halqasi“ga kiritilgan.
Foydali qazilmalari. Materikda rudali va noruda qazilma boy-
liklar ko‘p tarqalgan. And tog‘larining magmatik va metamor-
fik jinslarida mis, qalay, qo‘rg‘oshin, oltin, kumush, platina,
noruda konlardan oltingugurt, bor, yod, tabiiy selitra mavjud.
Braziliya yassitog‘ligidagi bazaltli va metamorfik jinslarda temir,
olmos, uran, marganes, nikel, kobalt, volfram zaxiralari ko‘p
(ilovadagi 25- rasmga qarang).
Cho‘kindi tog‘ jinslari to‘plangan botiqlarda neft, tabiiy
gaz, toshko‘mir konlari bor.
Relyefi. Janubiy Amerika hududi relyef tuzilishiga ko‘ra ikki
qismga bo‘linadi. Birinchisi tog‘li g‘arb. Bu deyarli meridianal
yo‘nalishdagi eng uzun (9 000 km) And tog‘ tizmalaridir. And
tog‘lari ko‘p qismida tog‘ tizmalarini, markaziy qismida tog‘lik
va yassitog‘liklarni (3 500 — 4 500 m) hosil qiladi. Bu yerda
dunyodagi eng baland harakatdagi vulqon — Lyulyaylyako (6 723
m), materikning eng baland nuqtasi Akonkagua (6 960 m) va
boshqalar bor. Dunyodagi eng baland tog‘ ko‘llaridan biri (Òi-
tikaka, 3 810 m) ham shu yerda joylashgan. Materikning ikkin-
chi — sharqiy qismi katta maydonlarni egallagan tekislik va yassi-
tog‘liklardan  iborat. Dunyodagi eng yirik Amazonka, nisbatan
kichikroq La-Plata va Orinoko pasttekisliklari, ular oralig‘idagi
Braziliya va Gviana yassitog‘liklari shu hududda joylashgan.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
And, platforma, „olovli halqa“, Lyulyaylyako, Akonka-
gua, Beruniy, X. Kolumb, A. Vespuchchi, A. Gumboldt,
N. I. Vavilov.


89
Nazorat uchun savollar
1. Janubiy Amerikaning asosiy xususiyatlari nimalardan ibo-
rat?
2. Qanday foydali qazilmalarni bilasiz?
3. Janubiy Amerika relyef tuzilishiga tavsif bering.
Amaliy mashg‘ulotlar
1. Materikning asosiy xususiyatlarini daftaringizga yozing.
2. Materik relyefini va foydali qazilmalarini yozuvsiz xa-
ritaga tushiring.
39- §. Iqlimi va ichki suvlari
Iqlimi. Janubiy Amerika iqlimining tarkib topishida Quyosh
radiatsiyasi, relyef, havo massalari, okean oqimlari muhim
rol o‘ynaydi.
Materik oltita iqlim mintaqasida joylashgan. Ular shimoldan
janubga quyidagi tartibda almashinadi: subekvatorial (2 ta),
ekvatorial, tropik, subtropik va mo‘tadil. Tog‘larida balandlik
iqlim mintaqalari mavjud.
Ekvatorial iqlim mintaqasi Afrikadagidek juda sernam.
Yog‘inlar miqdori 3 500 mm dan ko‘p. Yil davomida havo ha-
rorati 24 — 25 °C atrofida. Subekvatorial iqlim mintaqasida ikkita
fasl aniq ifodalanadi. Yozda yog‘in ko‘p yog‘adi (1 000 — 2 000
mm), o‘rtacha oylik harorat +25 °C dan oshadi. Qishda bir
necha oylab yog‘in yog‘maydi. Bu faslda havo harorati +20 °C
atrofida bo‘ladi.
Tropik mintaqaning sharqiy qismlari passat shamollarining
ta’sirida bo‘ladi. Shuning uchun Braziliya yassi tog‘ligining sharqiy
qismlariga 1 500 — 2 000 mm atrofida yog‘in yog‘adi. Bu yerlarda
yilning asosiy qismida havo nam va issiq bo‘ladi. Yanvarning
o‘rtacha harorati +25 °C, iyulda esa +17 +19 °C ni tashkil etadi.
Lekin g‘arbga tomon borgan sari havodagi namlik kamaya bo-
rib, And tog‘lariga yaqin joylarga 250 — 500 mm yog‘in tushadi.


Yüklə 3,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə