5-mavzu: O‘lchash vositalarini Qiyoslash. O‘lchash. O’lchash vositalari va ularning metrologik xususiyati. O‘lchash sohalari Reja



Yüklə 61 Kb.
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü61 Kb.
#135456
  1   2   3   4
5-Ma’ruza


5-Ma’ruza


5-mavzu: O‘lchash vositalarini Qiyoslash. O‘lchash. O’lchash vositalari va ularning metrologik xususiyati. O‘lchash sohalari
Reja:
5.1. O‘lchash vositalarini qiyoslash to‘g‘risida umumiy tushuncha.
5.2. O‘lchash vositalarini qiyoslash turlari.
5.3. O‘lchash vositalarining qiyoslash tartibi.
5.4. O‘lchash. O’lchash vositalari va ularning metrologik xususiyati. O‘lchash sohalari. O‘lchash vositalari.
5.1. O‘lchash vositalarini qiyoslash to‘g‘risida umumiy tushuncha. “Metrologiya to‘g‘risida” qonunga muvofiq o‘lchash uchun foydalaniladigan va me’yorlangan metrologik xossalarga ega bo‘lgan texnik vosita o‘lchash vositasi deb ataladi. Texnik vositalarni o‘lchash vositalari qatoriga kiritish mezonini O‘zstandart Agentligi belgilaydi. Foydalanishda bo‘lgan o‘lchash vositalari o‘lchash natijalarini qonuniy birliklarda belgilangan aniqlikda ta’minlash va qo‘llanish sharoitlariga muvofiq kelishi lozim.
Ta’riflanishiga ko‘ra, fizik kattalik birligining o‘lchamini boshqa o‘lchash vositalariga berish maqsadida fizik kattalik birligini qayta tiklash va saqlash uchun mo‘ljallangan birliklar etalonlarini o‘lchash vositalari sifatida qabul qilish mumkin.
O‘zstandart Agentligi metrologiya bo‘yicha milliy idora sifatida etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qo‘llanish tartibini o‘rnatadi.
O‘zstandart Agentligi tuzilmasida Milliy etalonlar markazi ishlaydi. Bu markazda 9 milliy etalon saqlanadi, bularning to‘rttasi birliklarning ishchi etaloni (vaqt va chastota, o‘zgaruvchan tok kuchlanishi, bosim, uzunlik) va beshtasi o‘lchash namunaviy vositalari (havodagi gaz aralashmasining massasi ulushi, elektr sig‘imlilik, induktivlik, massa, suyuqliklar sarfi va hajmini o‘lchashlar).
Milliy etalonlar bilan bir qatorda xalqaro tashkilot tasdiqlagan xalqaro etalonlar ham bor. Masalan, Fransiyada O‘lchovlar va tarozilar Xalqaro byurosi tasdiqlagan kilogramm birligining xalqaro etaloni.
O‘zining vazifasi va qo‘llanish sohasiga ko‘ra, moddalar va materiallar tarkibi va xossalarining standart namunalari ham o‘lchash vositalariga kiradi. Standart namunalar bo‘yicha batafsil ma’lumot quyida keltirilgan.
O‘lchash vositalari turli birliklarni (massa, temperatura, bosim, chastota, vaqt, tok kuchi va b. ni) o‘lchash uchun odamlarning hayotiy faoliyatining turli sohalarida (sanoat, savdo, qurilish, maishiy va h.k.) foydalaniladi. Keng foydalaniladigan o‘lchash vositalariga, masalan, tarozilar, termometrlar, manometrlar, chizg‘ichlar, soatlar kiradi.
O‘lchash vositalaridan davlat metrologik tekshiruv va nazorati qo‘llaniladigan sohada va boshqa sohada (masalan, maishiy hayotda) ham foydalanish mumkin. Davlat metrologik tekshiruv va nazorati qo‘llaniladigan sohada foydalaniladigan o‘lchash vositalari davlat metrologik xizmat tomonidan tekshiriladi.
O‘zstandart Agentligi O‘zbekiston Respublikasida qo‘llanishga ruxsat etilgan o‘lchash vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.
Davlat metrologik tekshiruv va nazorati qo‘llaniladigan sohada foydalaniladigan o‘lchash vositalari ishlab chiqarilgandan keyin, ta’mirlashdan keyin, import bo‘yicha keltirilganda va foydalanilganda majburiy ravishda qiyoslanadi.

Yüklə 61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə