“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92

 
120
hanbaliyaning ilk islomga xos qonunlari hozir ham amal-da. Hanbaliya Saudiya Arabistonidan boshqa mamlakatlarda 
kam uchray-di. Islomda ikkinchi yo‘nalish - shialik ham ismoiliy, ibodiy, ja’fariy, zay-diy kabi mazhablarni
98
 o‘z ichiga 
oladi. 
 
2. Musulmon huquqining manbalari 
 
Musulmon huquqining manbalarini asosan shariat, urf-odatlar va qo-nunlar tashkil etadi. Ilk islomda jamiyatni 
huquqiy boshqarish Qur’on asosida olib borilgan.  
Qur’oni Karim 30 pora, 114 sura (tizma, qator), 6236 oyat (modda) dan iborat bo‘lib, oyatlarning 63 foizini 
Makkada, 37 foizini Madinada nozil bo‘lgan oyatlar tashkil etadi. Ya’ni Qur’on suralarining 95 tasi 13 yil davomida 
Makka shahrida nozil bo‘lib, makkiy suralar deb ataladi. Ular-ning 19 tasi esa 622 yili yuz bergan hijratdan keyin 10 
yil davomida Madi-nada nozil bo‘lib, madiniy suralar deb qabul qilingan. Bu ikki turkum su-ralarning farqi shundaki, 
makkiy suralar asosan e’tiqod, ibodat masalala-rini, oliy axloqiy fazilatlar, erkin fikrlik, ilmu tafakkurni targ‘ib qilishga 
qaratilgan bo‘lsa, madiniy suralar fiqhiy ahkom-muomalot, jinoyat va jazo, ommaviy munosabatlar, sulhu tinchlik 
bitimlari va musulmonlararo bosh-qa aloqalarga tegishlidir. Makkiy suralarda ko‘pincha «Ey iymon keltir-ganlar, Ey 
mo‘minlar!» deb, madiniy suralarda esa asosan «Yo ayyuhan-nos!» (Ey odamlar, ey insonlar) deb xitob qilinadi. 
Makkiy suralar 4780 ta, madiniy suralar 1456 ta oyatdan iborat. 
Mashhur fiqhshunos olim doktor Muhammad Yusuf Muso ko‘rsati-shicha, fiqhiy-huquqiy masalalar bo‘yicha 
Qur’onda quyidagi sohalarda oyatlar mavjud: 
1. Xaqqulloh (amaliy ibodatlar) bo‘yicha - 140 ta oyat. 
2. Shaxsiy huquq (oila, taloq, vasiyat va boshqalar bo‘yicha) - 70 ta oyat. 
3. Muomalot yoki fuqarolik huquqi (oldi-sotdi, ijara, garov, qarz, shirkat va boshqalar) bo‘yicha - 70 ta oyat. 
4. Jinoyat va jazo bo‘yicha - 30 ta oyat. 
5. Sud, sud jarayoni, guvohlik va unga bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha - 20 ta oyat. 
6. Bizning fikrimizcha, davlat huquqi sohasida - 3 ta oyat, hammasi bo‘lib Qur’onda - 333 ta huquqiy oyat bor. 
Islomshunos olim A.Sh.Juzjoniy ko‘rsati-shicha, tadqiqotchi olimlar sunnani ikki xilga bo‘lib o‘rganadilar. 
Birinchi turi shundan iboratki, agar biror ish qilinmoqchi bo‘lsa, yaratuvchi tomonidan o‘sha ishga tegishli 
fikr Payg‘ambarga vahiy (vahyi xafiy) orqali bildiriladi. Payg‘ambar uni o‘z so‘zlari orqali bayon etadi. Bu vahiy, ya’ni 
vahyi xafiyning Qur’on oyatlari, ya’ni vahyi jaliydan farqi shundaki, Qur’on oyatlarining ham mazmuni va ham iborasi 
Alloh tomo-nidan Jabroil orqali yuborilgan. 
Sunnaning ikkinchi turi shundan iboratki, agar musulmonlar hayo-tiga tegishli biron bir yangilik kiritilishi 
zaruriyati sezilsa-yu, lekin uni hal qilish uchun Payg‘ambarga vahiy kelmasa, bunday ahvolda Payg‘ambarga ijtihod 
qilish, ya’ni masalani o‘z shaxsiy fikri asosida yechish uchun ruxsat berilgan hisoblanadi. O‘shanda Payg‘ambar ijtihod 
qilib, sahobalar bilan kengash - maslahat o‘tkazib, bir to‘xtamga keladi. 
Agar Payg‘ambar tomonidan qabul qilingan qaror yoki bildirilgan fikr Qur’on oyatlari orqali to‘g‘rilansa, 
Sunna (Payg‘ambarning so‘zi yoki qabul qilgan qarori) Qur’on orqali mansux bo‘ladi, ya’ni bekor qilinadi va 
Qur’onning hukmi amalga oshiriladi. 
Payg‘ambar Qur’onning sharhlovchisi sifatida tashri' qilish (qonun tuzish) vakolatiga ega edi. Shunga binoan 
Sunna tashri' (qonun tuzish) bo‘yicha ikki asosiy sohani qamrab oladi: 
Birinchi soha Qur’onda zikr etilgan hukmlarni yoritib berishga bog‘liq. 
Ikkinchi soha Qur’onda ko‘rsatilmagan hukmlarning tashri'i (qonuniy shaklda chiqarish)ga bog‘liq bo‘ladi. 
Shu tariqa shariatning yangi manbaiga zarurat tug‘iladi va ijmo‘  is-lom huquqi (shariat)ning asosiy 
manbalaridan biri sifatida tasdiqlanadi. Ij-mo‘ (arabcha - yakdillik, yakdillik bilan qabul qilingan qaror, ijmo‘ al-um-ma 
- “diniy jamoaning yagona fikri”) - Qur’on va hadislarda aniq ko‘rsat-ma berilmagan huquqiy masalani hal etishda 
faqih va mujtahidlarning to‘planib, yagona fikrga kelgan holda hukm chiqarishi (fatvo berishi)dir. Shariatda shunday 
yo‘l bilan chiqarilgan hukm shar’iy (qonuniy) deb qa-bul qilingan. Ijmo‘ga fiqh manbai sifatida qarash Arab 
xalifaligida feoda-lizm tarkib topa boshlagan davr (VIII asr oxiri IX asr boshlari)da kelib chiqdi. Mujtahid tomonidan 
aytilgan fikrgina hal qiluvchi fikr hisobanadi. Oddiy musulmonlar fikrining esa ijmo‘ga hech qanday aloqasi yo‘q. Muj-
tahid deb diniy olimga aytiladi. Mujtahid (arabcha - intiluvchi, g‘ayrat qi-luvchi) - o‘rta asrlarda islomda ijtihod 
huquqiga ega bo‘lgan, ya’ni musta-qil ravishda diniy aqidaviy masalalar bo‘yicha xulosa bera oladigan va hukm chiqara 
oladigan shaxs. Sunniylarda diniy huquq mazhablarining asoschilari, shialarda yuqori martabali ruhoniylar va diniy 
huquqshunoslar mujtahid deb yuritiladi. Mujtahid musulmonlar orasida obro‘-e’tibor qo-zongan bo‘lishi lozim. 
Shuningdek, shariat mujtahidning boshqa xislatlari-ni, masalan, arab tilini to‘la bilishini, shariatga qat’iy rioya qilishini
hozir-gi zamonga doir chuqur saviyaga ega bo‘lishi va hokazolarni belgilab beradi. 
Qiyos - fiqhning to‘rtinchi manbai. Qiyos arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, «taqqoslash», «solishtirish» degan 
ma’noni anglatadi. Bunga ko‘ra, biror huquqiy masala o‘ziga o‘xshash ikkinchi huquqiy masala bilan taq-qoslanadi, 
solishtiriladi va ular bir-biriga tenglashtiriladi. Demak, bunga binoan Qur’on va Sunnada berilmagan biror huquqiy 
masala ulardagi shunga o‘xshash masala bo‘yicha berilgan ko‘rsatmaga taqqoslash yo‘li bilan sharhlanadi. Qiyos 
faqihlar huquqini kengaytirib, shariatning turli huquqiy masalalarga tadbiq etilishiga imkon yaratadi. 
Shar’iy asoslarga mos kelmaydigan bir qator urf qonunlari, masalan, ribo (sudxo‘rlik), xotinni almashtirish, o‘z 
                                                      
98
 Ushbu mazhablar haqida batafsil ma'lumotlar quyidagi manbada berilgan: Xusniddinov Z. Islom: 
yo`nalishlar, mazhablar, oqimlar.-T.: «O`zbekiston milliy ensiklopediyasi», 2000. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə