Buxgalteriya lit


-§. Schotlarni tuzilishi va tayinlanishiga qarab



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/79
tarix28.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#99598
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   79
Buxgalteriya lit

2-§. Schotlarni tuzilishi va tayinlanishiga qarab
turkumlash
Buxgalteriya hisobi schotlarida ko‘rsatiladigan xo‘ja-
lik muomalalarida bevosita mahsulot ishlab chiqarish, so-
tish bilan bog‘liq hisob-kitoblar ko‘rsatiladi. Bu hisob-
kitoblarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ayrim amalga
oshirilgan muomalalar summasi bevosita mahsulot
tannarxiga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tkazilsa, ayrimlari tegishli
taqsimlash yo‘li bilan o‘tkaziladi. Mahsulot tannarxiga
tegishli taqsimlash yo‘li bilan o‘tkaziladigan xarajatlar
alohida schotlarda yig‘ilib boradi.
Buxgalteriya hisobi schotlarining tuzilishi va tayinlanishi
bo‘yicha turkumlashdan asosiy maqsad, schotlarda aks


104
ettirilgan xo‘jalik muomalalarini tartibga solish, xarajatlarini
o‘rganish va tejab olish imkoniyatlarini aniqlashdir.
Buxgalteriya hisobi schotlarining joylanishi va tuzilishiga
qarab turkumlashdan asosiy maqsad, qaysi schotda nimalar
hisobga olinadi, mahsulot tannarxi qanday aniqlanadi,
xarajatlar qaysi schotlarda yig‘iladi, tannarxga o‘tkazish
tartibi qanday, degan savolga javob olishdir. Buxgalteriya
hisobi schotlarini tayinlanishi va tuzilishiga qarab tur-
kumlashga ko‘ra schotlar quyidagilarga bo‘linadi:
1. Asosiy schotlar.
2. 
Т
artibga soluvchi schotlar.
3. Yig‘ilib taqsimlovchi schotlar.
4. Kalkulatsiya schotlari.
5. 
Т
aqqoslovchi schotlar.
6. Balansdan tashqaridagi schotlar.
Schot turkumlarining yuqoridagi ko‘rsatilgan tartibi
professor M. Ostonaqulov tomonidan yozilgan darslikda
ham o‘z ifodasini topgan.
Asosiy schotlar. Bunday schotlarga korxona mablag‘lari
holatini to‘liq aks ettiruvchi, mablag‘lar joylanishi va tashkil
topishi manbalarini aks ettiruvchi schotlar kiradi.
Demak,
asosiy schotlar korxonaning asosiy va oborot mablag‘larini
hisobga oluvchi schotlarga bo‘linadi. Asosiy vositalarning
harakati faol „Asosiy vositalar“ schotida yuritilsa, oborot
mablag‘larini hisobga oluvchi schotlar faol schotlar
hisoblanib, bu schotlarda mablag‘larning ko‘payishi
debetda, ozayishi esa kreditda ko‘rsatiladi. 
Misol uchun,

Т
ovarlar“ schotini olaylik, bu schotda sotishga mo‘ljal-
langan jami tovarlar summasi ko‘rsatiladi. Schotning oy
boshiga bo‘lgan qoldig‘i, hisobot davridagi ko‘payishi de-
bet tomonda, kamayishi esa kreditda ko‘rsatiladi. O‘z
navbatida, asosiy schotlar mablag‘larning joylanishi va
tashkil topishi, mablag‘larini aks ettiruvchi schotlarni o‘z
ichiga oladi, ya’ni asosiy schotlar guruhi faol va nofaol
schotlardan tashkil topadi.


105

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə