Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti



Yüklə 62,34 Kb.
səhifə1/3
tarix30.12.2023
ölçüsü62,34 Kb.
#164728
  1   2   3
Документ Microsoft Word (3)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
9-1 BUX SIRTQI 2020 TALABASI


SHABONOV SHAVKATNING
MOLIYAVIY HISOBOT TAHLILI FANIDAN
BUXGALTERIYA BALANSI UNING TARKIBI, TUZILISHI VA TAHLILI.” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN

MUSTAQIL ISHI

Tekshirdi Adilova.F.E


Buxoro 2023

BUXGALTERIYA BALANSI: TURLARI, TARKIBIY TUZILISHI VA UNGA QO‘YILADIGAN TALABLAR


Reja:
  1. Buxgalteriya balansi to’g’risida tushuncha


  2. Balansning tuzilishi va uning moddalari


  3. Хo’jalik operatsiyalari ta’sirida balansdagi o’zgarishlar


  4. Xulosa



1. Buxgalteriya balansi to’g’risida tushuncha
Korxonalarning xo`jalik mablag`lari hamma vaqt kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida harakatda bo`ladi va davrlar bo`yicha ham miqdor, ham qiymat jihatidan o`zgarib turadi. Xo`jalik faoliyati ustidan rahbarlik qilish va boshqarish uchun korxona qanday mablag`larga ega, ularning tarkibi va qaerda joylashganligi hamda bu mablag`lar qanday manbalardan tashkil topganligi to`g`risida aniq ma’lumotlar bo`lishi zarur. Xo`jalik mablag`larining tarkibi, joylanishi, harakati va ularning kelib chiqish manbalaridagi o`zgarishlarni bir-biriga solishtirib, ma’lum bir sanaga pul o`lchovida umumlashtirib aks ettirish buxgalteriya hisobi usulining muhim elementlaridan biri – balans yordamida amalga oshiriladi.

Buxgalteriya balansi — buxgalteriya hisoboti aniq hisobot sanasida yakunlovchi, mablagʻlarning sarflanishi, manbai va maqsadini taʼriflovchi, jamlovchi, umumlashtirilgan jadvalda pul hisobida aks ettiruvchi hujjat. Buxgalteriya balansi korxona, tashkilot, firma va boshqa xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning mulkiy holatini qiymat koʻrinishida taʼriflab beradi. Buxgalteriya balansi umumlashtirilgan jadval shaklida korxonaning mulklari tarkibini, ularning joylashtirilishini, manbalarini, mablagʻlarning sarflanishi va safarbar etilishini hisobot sanasida qiymat jihatidan aks ettiradi. Buxgalteriya balansi

Korxona rahbarlari buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobotning boshqa shakllarida keltirilgan ma’lumotlardan foydalana olishi, ularni o‘qiy olishi, ulardagi ma’lumotlardan foydalangan holda har bir hisobot moddasi orqasidagi korxonaning haqiqiy holatini ko‘ra olishlari, mablag‘lar qayerdan kelib tushganligi va ular qayerda joylashganligini hamda ularning normal ish faoliyati uchun yetarliligini baholay olishlari kerak. Xo‘jalik yurituvchi subyektning to‘laqonli faoliyat yuritishi va doimiy iqtisodiy o‘sishi uchun doimiy ravishda uning moliya-xo‘jalik holatini tahlil qilish va baholash zarur. Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliya-xo‘jalik holati haqidagi isobot


ma’lumotlarini muntazam kuzatib borish korxona iqtisodiy siyosatiga o‘z vaqtida tuzatishlar kiritib borishiga imkon beradi.
Shunday tahlil qilinadigan va baholanadigan hujjatlardan biri moliyaviy hisobotda asosiy o‘rin egallaydigan asosiy shakllaridan biri hisoblangan buxgalteriya balansidir. Qonunchilikka ko‘ra, xo‘jalik yurituvchi subyektlar belgilangan muddat va hajmlarda moliyaviy hisobotlarni taqdim qilishlari, shuningdek, hisobotlarni taqdim qilish va ayrim moddalarini baholashda zarur talablarga rioya qilishga majburdirlar. Buxgalteriya balansi asosiy hisobot shakli sifatida davlat organlari, korxona rahbariyati, korxona mulkdorlari, banklar va investorlar, kreditorlar va debitorlar oldida hisobot taqdim qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Korxona mablag‘lari va ularning manbalarini guruhlash va umumlashtirish vositasi sifatida va ularni qiymat ifodasida aks ettirganligi hamda moliyaviy hisobo tarkibida asosiy o‘rin tutganligi sababli buxgalteriya balansining turlari va shakllarini o‘rganishning dolzarbligi oshib boradi. Buxgalteriya balansining turlari va shakllarini turkumlagan holda o‘rganish korxonaga buxgalterlik moliyaviy hisobotni yuritishning maqbul usulini tanlashga imkon beradi. Shu bois har xil vaziyatlar uchun buxgalteriya balansining turkumlanishini ko‘rib chiqamiz.
Buxgalteriya balansining turkumlanishiga nisbatan soha mutaxassislari Tomonidan turli xil yondashuvlar mavjud. Jumladan, M.S.Ribyantseva va Ye.A. Oksanichlar buxgalteriya balansi tuzish maqsadlaridan kelib chiqqan holda turli xil belgilar bo‘yicha turkumlanishini keltirishgan. Buxgalteriya balansini turkumlash belgilari bo‘yicha quyidagilarni qayd etishgan:
– buxgalteriya balansini tuzish vaqti bo‘yicha;
– buxgalteriya balansida aks etgan ma’lumotlar bo‘yicha;
– buxgalteriya balansini tuzish manbalari bo‘yicha;
– buxgalteriya balansi axborotlari hajmi bo‘yicha;
– buxgalteriya balansining tozaligi bo‘yicha;
– korxona faoliyati tavsifi bo‘yicha;
– mulkchilik shakllari bo‘yicha;
– buxgalteriya balansini tuzish maqsadlari bo‘yicha [1].
Rossiyalik mutaxassis M.A. Ryabova va N.A. Bogdanovalar tomonidan buxgal-
teriya balansini quyidagi belgilar bo‘yicha turkumlashga e’tibor qaratish lozimligi
ko‘rsatilgan:
– tuzish vaqti bo‘yicha;
– tuzish manbasi bo‘yicha;
– tarkibi bo‘yicha;
– aks ettiriladigan obyektlari bo‘yicha;
– moddalarining tozaligi bo‘yicha;
58
– ma’lumotlarni taqdim etish shakli bo‘yicha [2].
Yuqorida keltirilgan mualliflar tomonidan bildirilgan fikrlarni tahlil qiladigan
bo‘lsak, buxgalteriya balansini turkumlashda e’tiborga olish kerak bo‘lgan belgilar to‘liq keltirilmagan.
O‘zbekistonlik olimlardan professor R.D. Dusmuratov balansning turlarini tur-
kumlash bo‘yicha quyidagi belgilarini ajratib ko‘rsatgan:
– tuzish manbasi;
– mulkchilik shakli;
– axborotlar hajmi;
– tuzish vaqti;
huquqiy maqomi;
– taqdim etilish vaqti;
– qayta tashkil etish tartibi;
– tuzilish shakli;
– soflik darajasi;
– faoliyat turi;
– tarmoqlar bo‘yicha;
– tuzish usuli bo‘yicha [3].
R.D. Dusmuratov tomonidan keltirilgan turkumlash belgilari boshqa mualliflar
tomonidan keltirilgan turkumlash belgilariga nisbatan to‘liqligi bilan ajralib turadi.
Rossiyalik mutaxassislar tomonidan buxgalteriya balansining tarkibi bo‘yicha
bildirilgan fikrlarda buxgalteriya balansi aktiv va passiv qismlardan iboratligi hamda aktiv qismi aylanmadan tashqari aktivlar va aylanma aktivlardan, passiv qismi esa kapital va rezerv, uzoq muddatli majburiyatlar va qisqa muddatli majburiyatlardan iboratligi keltirilgan [4].
O‘zbekistonlik mutaxassislar, jumladan, R.D. Dusmuratov[5]ning ishlarida buxgalteriya balansi ikkita bo‘limdan: aktiv va passivdan iborat bo‘lib, balans aktivi, o‘z navbatida, uzoq muddatli aktivlar va joriy aktivlar, passivi esa o‘z mablag‘lari manbalari va majburiyatlardan iborat.

Yüklə 62,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə