Buxgalteriya lit


-§. Buxgalteriya hisobining schotlar rejasi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/79
tarix28.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#99598
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   79
Buxgalteriya lit

4-§. Buxgalteriya hisobining schotlar rejasi
Prezidentimiz I.Karimov O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining „2002- yilda respublikani ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2003- yilda iqtisodiy
islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari“ga
bag‘ishlangan majlisida qilgan ma’ruzasida boshqaruvni
soddalashtirish, yuqoridan turib o‘rinsiz ko‘rsatma va
buyruqlar berishga chek qo‘yishga alohida e’tibor berdi.
Boshqaruvni soddalashtirish, o‘z navbatida, unumsiz
xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik, mahsulot sifatini oshirish va
arzonlashtirish buxgalteriya hisobida o‘z ifodasini topadi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlarni chuqurlashtirishda, ishlab chiqarishni boshqa-
rishda buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil etishda schotlar
rejasi alohida ahamiyat kasb etadi.
Buxgalteriya hisobi schotlar rejasining asosiy vazifasi
amalga oshirilgan xo‘jalik muomalalarini tartibga solish,
mablag‘lar harakatidagi o‘zgarishlarni turlari bo‘yicha
umumlashtirib berishdir. Schotlar rejasi yordamida amalga
oshirilgan har bir muomala mablag‘larning joylashishiga,
ularning tashkil topish manbalariga ta’siri o‘rganiladi va
ularning holati bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlarni
olish imkoniyati yaratiladi.
Korxona xo‘jalik faoliyatidagi iqtisodiy o‘zgarishlarni
to‘liq yoritib berishda, nazariy ishlarning samarasini
oshirishda, mulkning to‘liqligini ta’minlashda to‘g‘ri joriy
qilingan schotlar rejasi alohida ahamiyatlidir.
Hozirda O‘zbekiston Respublikasida korxonalarning
moliya-xo‘jalik faoliyatida buxgalteriya hisobining schotlar
rejasi 1997- yil 1- yanvardan joriy qilingan bo‘lib, uni
joriy qilish mulk shaklidan qat’i nazar, barcha korxona va
tashkilotlar uchun belgilangandir. Amaldagi schotlar rejasi
to‘qqiz bo‘limdan tashkil topgan bo‘lib, har bir bo‘limga


113
kiritilgan schotlar tegishli mablag‘lar harakatini, ularning
manbalarini hisobga olish uchun belgilangandir.
Uzoq yillar davomida schotlar rejasi iqtisodiy rivoj-
lanishning u yoki bu bosqichida buxgalteriya hisobi oldiga
qo‘yilgan vazifalarni bajarishga xizmat qilgan bo‘lsa,
bugungi kundagi vazifa xalqaro andozalarga mos keladigan
schotlar rejasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilishdir.
Yangi schotlar rejasini yaratish borasida respub-
likamizda shakllangan mulkchilik munosabatlaridan kelib
chiqqan holda, aytish mumkinki, amaldagi schotlar rejasi
bugungi kun talablariga javob bera olmay qoldi.
Amalda qo‘llanilgan schotlar rejasini 50- yillardan
boshlab tahlil qilar ekanmiz, ularda bo‘limlar soni, sintetik
schotlar sonidagi o‘zgarishlarni ko‘rish mumkin.
Schotlar rejasida 1950- yildan boshlab amalga oshi-
rilgan o‘zgarishlarni quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin.
Nomlari
Tasdiq-
langan
sana
Bo‘-
lim-
lar
Sintetik
schot-
lar
Sub-
schot-
lar
Balansdan
tashqari
schotlar
1. Yagona namunaviy
schotlar rejasi
07.11.51
31
71
142
11
2. Qisqartirilgan schotlar
rejasi
19.09.56
11
45
71
8
3. O‘zbekiston Respub-
likasida qabul qilingan
schotlar rejasi
26.03.94
9
75
60
9
4. Kiritilgan o‘zgarishlar
bilan
04.04.95
9
72
77
10
5. Yangi schotlar rejasi
01.01.
2002
9
249

14
Keyingi yillarda respublikamizda buxgalteriya hisobi
va hisobotini takomillashtirishga alohida ahamiyat beril-
moqda. O‘zbekiston Respublikasida „Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risida“gi qonunning qabul qilinishi buxgalteriya hisobi
milliy andozalarini ishlab chiqish va uni tatbiq qilishni
taqozo qildi.
8 — Buxgalteriya hisobi nazariyasi


114
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1999-
yil 2-apreldagi 84-sonli „O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1999- yil 5-fevralda qabul qilgan
„Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish
bo‘yicha xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni
shakllantirish tarkibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash
to‘g‘risida“gi 54-sonli qarorini ijro etish buyrug‘iga asosan,
yangi schotlar rejasi xalqaro andozalarga mos holda ishlab
chiqildi. Buxgalteriya hisobi schotlar rejasini qaytadan ishlab
chiqish va jahon andozalariga muvofiqlashtirishda
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining USAID
xalqaro jamiyati bilan hamkorligi tufayli 1999—2000-
yillarda xalqaro talablarga javob beradigan yangi schotlar
rejasi yaratildi va 2002- yil 1- yanvardan kuchga kiritildi.
Buxgalteriya hisobi milliy andozalari (BHMA) hisobida
ro‘yxatdan o‘tkazildi. Qonun munosabatlarida yuz bergan
o‘zgarishlarni hisobga olib, buxgalteriya hisobini takomil-
lashtirish maqsadida Moliya vazirligining 2002- yil 9-
sentabrdagi 103-son qarori bilan xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi
schotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma
tasdiqlandi va Adliya vazirligi tomonidan 2002- yil 23-
oktabrda 1181-son bilan 21-BHMA sifatida ro‘yxatdan
o‘tkazildi.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va
auditorlik tashkilotlari 2002- yil 1- yanvardan, 2003- yil
1- yanvardan boshlab birjalar yangi schotlar rejasiga
o‘tkazildi. 2004- yil 1-yanvardan boshlab mulkchilik
shaklidan qat’i nazar, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyekt-
lar ham bu rejaga o‘tkaziladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo‘jalik faoliyatini
buxgalteriya hisobi schotlar rejasining yangi tahriri — 249-
balans va 14- balansdan tashqari schotlarni o‘z ichiga olgan.
Buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil qilish schotlar
rejasiga rioya qilinishidan boshlanadi. Schotlar rejasida
iqtisodiy axborotni tahlil qilish, o‘rganish, ularni maqsadga


115
yo‘naltirilganligini nazariy tahlil qilish uchun asos
yaratiladi.
Keyingi yillarda respublikamizda buxgalteriya hisobi
schotlar rejasini takomillashtirish, uni xalqaro standart-
larga moslashtirish borasida ijobiy ishlar olib borildi va olib
borilmoqda.
Yangi schotlar rejasini ishlab chiqish va uni amaliyotga
joriy qilishda respublikamizda amalga oshirilayotgan
iqtisodiy islohotlarning hayotiyligi, boshqaruv tizimidagi
ijobiy o‘zgarishlarning ustuvorligi muhim rol o‘ynaydi,
deb aytish mumkin.
Schotlar rejasini ishlab chiqishda chet el mutaxassis-
lari bilan hamkorlik qilinib, rejada ilg‘or usullar joriy
qilingan davlatlarning tajribasidan foydalanilgan. Bozor
iqtisodiyoti davrida mulk turlari, majburiyatlar va xo‘jalik
operatsiyalari, hisobiga olish uchun yangi schotlar kiri-
tilgan, bo‘limlar nomi, schotlar kodi va nomlari o‘zgar-
tirilgan.
Masalan, oldingi schotlar rejasida 1-bo‘lim „Asosiy
vositalar“ deb nomlangan bo‘lsa, yangi schotlar rejasida
„Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli
aktivlar“ deb nomlangan.
Schotlar rejasini takomillashtirish borasidagi taklif-
larni ishlab chiqish amaliyotda qo‘llash buxgalteriya hisobini
bugungi kun talabiga mos kelishidan dalolat beradi.
Schot rejasiga nazar tashlar ekanmiz, uning aktiv,
passiv, kontr-aktiv, kontr-passiv, tranzit va balansdan
tashqari schotlardan tashkil topganligini ko‘ramiz. Aktiv
schotlar xo‘jalik aktivlarini aks ettiradigan va iqtisodiy
resurslarning hisobot davri boshidagi qoldig‘ini va hisobot
davridagi ko‘payishini debet tomonida va shu davrdagi
kamayishini kredit tomonida aks ettiradigan schotlardir.
Yuqoridagi fikrimizning dalili sifatida O‘zbekiston
Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy andozasi — 21-
BHMAga asosan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mo-
liyaviy xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schotlar rejasini
ko‘rsatamiz.


116

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə