Buxgalteriya lit



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/79
tarix28.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#99598
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   79
Buxgalteriya lit

Kalkulatsiya schotlari. 
Ishlab chiqarilgan mahsulotning
tannarxini to‘g‘ri hisob-kitob qilish, xarajatlarni mahsulot
tannarxiga o‘tkazish bevosita kalkulatsiya schotlari
yordamida amalga oshiriladi. Kalkulatsiya schotining debetida
mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar
ko‘rsatilsa, kreditda ishlab chiqarishdan olingan tayyor
mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlarning haqiqiy tannarxi
ko‘rsatiladi. Bu qoldiq tugallanmagan, tayyor holga
keltirilmaganligi mahsulotga tegishlidir. Kalkulatsiya schotiga
„Asosiy ishlab chiqarish“ schoti kiradi. Schotning o‘ziga


109
xos xususiyatini o‘rganish maqsadida, quyidagi misollarni
keltirishimiz mumkin.
Hisobot davrining bahosiga „Asosiy ishlab chiqarish“
schotidagi qoldiq 15000 so‘m bo‘lib, oy davomida quyidagi
xo‘jalik muomalalari amalga oshiriladi:
Birinchi muomala
. Ombordan asosiy ishlab chiqarish-
ga — 50000 so‘mlik xomashyo chiqarildi. Bu muomalaga
qo‘shimcha buxgalteriya provodkasi beriladi.
Debet
„Asosiy ishlab chiqarish“ schoti — 50000
so‘m.
Kredit
„Materiallar“ schoti — 50000 so‘m.
Ikkinchi muomala. 
„Asosiy ishlab chiqarish“dagi
ishchilarga ish haqi hisoblanadi —15000 so‘m. Bu muo-
malaga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi.
Debet
„Asosiy ishlab chiqarish“ schoti — 15000
so‘m.
Kredit
„Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha
hisob-kitoblar“ schoti.
Uchinchi muomala
. Ishchilarga hisoblangan ish haqiga
nisbatan ijtimoiy sug‘urta belgilangan tartibga asosan ajratma
ajratildi — 5550 so‘m. Bu muomalaga quyidagicha bux-
galteriya provodkasi beriladi.
Debet
„Asosiy ishlab chiqarish“ schoti — 5550 so‘m.
Kredit
„Ijtimoiy sug‘urta va ta’minotga doir hisob-
kitoblar“ schoti — 5550 so‘m.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə