Bachadon miomasi sabablari, tashxislash, konservativ va operativ davolash, asoratlari



Yüklə 44,23 Kb.
səhifə8/8
tarix22.03.2024
ölçüsü44,23 Kb.
#168992
1   2   3   4   5   6   7   8
Bachadon miomasi

Jarrohlik yordamida davolash


Bu jarrohlik usullaridan biri yordamida endometrioz o’choqlarini (tugunlarni) to’liq olib tashlashni nazarda tutadi. Hozirgi vaqtda rezektsiya, elektrokoagulyatsiya, lazerli vaporizatsiya qo’llanilmoqda. Ularning barchasi isbotlangan ta’sirga ega, lekin birining ikkinchisidan ahamiyatli ustunligi haqida ishonchli ma’lumotlar aniqlanmagan. Ko’pgina jarrohlar rezektsiya barcha tugunlarni butunlay olib tashlash imkonini beradi deb hisoblashadi, ayniqsa katta o’lchamdagilarni, xususan, vaporizatsiya yoki elektrokoagulatsiyadan so’ng ular butunlay yo’qolib ketmasligi ham mumkin. Bu usul, shuningdek, bir vaqtning o’zida biopsiya uchun material olish imkonini ham beradi.
Tuxumdonning endometrioid kistalari to’liq olib tashlanishli ekstsiziya eng yaxshi usul sanaladi. Ushbu operatsiyadan keyingi simptomatik yengillik drenajlash va ablyatsiyadan ancha ustunroq turishi isbotlangan, shuningdek, bir vaqtning o’zida noyob tuxumdon o’smalari mavjudligini istisno qilish maqsadida gistologik tekshiruv uchun materiallar olish imkonini beradi.
Ichak, siydik pufagi va Duglas makoni jalb etilgan endometriozning og’ir bosqichlarida operatsiya ginekologik laparoskopiyaga ixtisoslashgan yirik ginekologik markazlarda o’tkazilishi kerak, iloji bo’lsa urolog va kolorektal jarroh nazorati ostida. Bunday hollarda operatsiya ichakni, me’dani rezektsiya qilish va siyik yo’llarini reimplantatsiyasini o’z ichiga olishi mumkin. Bachadon va ortiqlarni olib tashlash hozirgi vaqtda tobora kamroq qo’llanilmoqda, ko’plab metodikalar faqat endometrioz o’choqlarini olib tashlash va tos sohasining normal anatomiyasini tiklashga qaratilgan.

Endometriozning asoratlari va oldini olish


Endometrioz holatlarining yarmi bepushtlik bilan birga kechadi. Bu quyidagi omillar bilan bog’liq:

  • Gormonal o’zgarishlar natijasida ovulyatsiyaning buzilishi;

  • Bachadon naylarida endometriozning hosil bo’lishi, shuningdek, endometrioz sababli tos a’zolarining yallig’lanish jarayonlari naylarning obstruktsiyasi, deformatsiyasiga olib keladi, bu esa tuxum hujayraning urug’lanishiga to’sqinlik qiladi;

  • Bachadon ichi endometriozida tuxum hujayra implantatsiyasi jarayoni buziladi, bu homiladorlikning dastlabki bosqichlarida tugatilishiga olib keladi;

  • Tuxumdonlar endometriozida kistoz shakllanma follikullarning yetilishiga to’sqinlik qiladi va ovarial zaxiraning kamayib ketishiga olib keladi;

  • Endometrioz o’choqlari nafaqat ayollarning sog’lig’iga salbiy ta’sir ko’rsatadi, balki homila uchun toksik moddalarni chiqaradi.

Homilani ko’tarish gormonal kasalliklar tufayli qiyinlashadi, ichki va tashqi jinsiy a’zolarning endometriozi bo’lganda tug’ruq ko’pincha patologik, sog’liq uchun xavfli bo’lgan asoratlar bilan o’tadi.
Endometriozning boshqa keng tarqalgan asoratlari orasida muntazam qon yo’qotish tufayli anemiya, peritonit mavjud, shuningdek, endometriy o’choqlaridagi asab tolalari zararlanadi, bu esa nevrologik buziilishlarga olib keladi.
Endometriozdan reproduktiv yoshdagi ayollarning 30 foizi aziyat chekadi. Kasallikni irsiy tabiati qisman tasdiqlanganligiga qaramasdan, endometrioz profilaktikasi kasallikning rivojlanishini oldini oladi yoki sekinlashtiradi.
Kasallikni keltirib chiqaradigan eng muhim omillardan biri immunitetning pasayishi hisoblanadi. Mutaxassislar endometrioz bilan kasallanmaslik uchun to’g’ri ovqatlanish, zararli odatlardan voz kechish va jismoniy faollikni e’tiborsiz qoldirmaslikni tavsiya qiladilar.
Endometriozning erta bosqichlarini tashxislash va o’z vaqtida davolash ham profilaktika choralariga tegishli. Ginekologga muntazam ravishda tashrif buyurish, bachadon bo’yni, qin holatini tekshirtirish, kontratseptivlarni to’g’ri tanlash endometriozga chalinishni oldini olish yoki endometrioz va boshqa kasalliklarni erta bosqichda aniqlash va davolashni ta’minlaydi
Yüklə 44,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə