Bachadon miomasi sabablari, tashxislash, konservativ va operativ davolash, asoratlari



Yüklə 44,23 Kb.
səhifə1/8
tarix22.03.2024
ölçüsü44,23 Kb.
#168992
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bachadon miomasi


Bachadon miomasi — sabablari, tashxislash, konservativ va operativ davolash, asoratlari

Bachadon miomasi har qanday ayolni qo’rqidatigan tashxis. Ultratovush diagnostikasi shifokorining bunday qarori hatto eng bardoshli ayollarni ham vahimaga tushiradi. Biroq, birdan mioma xavfidan xavotir olmaslik kerak. Birinchidan, navbatdagi menstrual siklda boshqa mutaxassisga murojaat qilish va ultratovush tekshiruvni (UZI) takrorlash kerak. Bachadon miomasi nima, u nima uchun paydo bo’ladi, miomani konservativ va jarrohlik usullari bilan davolash va uning qanday alomatlari mavjud? Bu haqida batafsil to’xtalib o’tamiz.


Bachadon miomasi nima?


Bachadon miomasi — bachadon yoki bachadon bo’yni devoridagi yaxshi sifatli neoplazmadir (o’sma). Bundan tashqari, bu kasallik ba’zan fibromioma, leyomioma deb ham ataladi. Ko’pgina hollarda miomaning bachadondagi ko’p o’choqlari mavjud, ularning har birining o’lchamlari bir necha millimetrdan bir necha santimetrgacha o’zgarib turadi. Mioma o’lchamlarini ifodalash uchun, ginekologlar homiladorlikning turli davrlaridagi (haftalarda) ayollar bachadonning kattaligi bilan qiyosiy o’lchovdan foydalanadilar.
Miomaning joylashishiga qarab kasallikning quyidagi turlarini ajratish mumkin:

Mioma turi

O’sma joylashuvi

Subseroz mioma

Mioma bachadonni boshqa kichik tos a’zolaridan ajratib turuvchi seroz qobiq ostida, bachadonning tashqi tomonida joylashgan bo’ladi.

Interstitsial (mushak ichi) mioma

O’sma bachadon mushak qavatining o’rtasida joylashgan.

Submukoz (shilliq osti) mioma

Neoplazma bachadonning shilliq yuzasi ostida joylashgan bo’lib, uning bo’shlig’iga chiqib turadi.

Intraligmentar (boylamlararo) mioma

O’sma bachadon tanasi tashqarisidan chiqib, maxsus anatomik tuzilmalar — ayol jinsiy organlarni kichik tosda ushlab turuvchi boylamlar orasiga kirib boradi.

Bachadon bo’yni miomasi

Bachadon silliq mushak to’qimalarining tashqi qavati va biriktiruvchi to’qima tolalarida shakllanadi.

Bachadon miomasi paydo bo’lishining sabablari
Ko’pincha bachadon miomasi rivojlanishi ayollarda gormonal buzilishlar bilan bog’liq, ayniqsa estrogen konsentratsiyasi ortishi bilan. Ushbu gormonal buzilish ko’proq reproduktiv davrdagi yosh ayollar uchun xos hisoblanadi. Menopauza vaqtida estrogen gormonlarining tabiiy kamayishi tufayli bachadon miomasi o’z-o’zidan, davolashdan qat’iy nazar, yo’qolib ketishi mumkin. Bundan tashqari, bachadon miomasining sabablari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:

  • Irsiy moyillik;

  • Gormonal buzilishlar;

  • Adenomioz;

  • Jinsiy a’zolarda yallig’lanish jarayoni;

  • Modda almashinuvi kasalliklari (qandli diabet, shu jumladan);

  • Surunkali tizimli kasalliklar;

  • Kamharakat hayot tarzi, ortiqcha vazn;

  • Surunkali stress holati;

  • Abortning ta’siri, intrauterin (bachadon ichi) kontratseptivlarni qo’llash;

  • Jinsiy hayot bilan bog’liq norozilik (jinsiy aloqada anorgazmiya).

Bachadon miomasi paydo bo’lishining ayrim sabablari batafsil tushuntirilishi kerak.

Yüklə 44,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə