Bachadon miomasi sabablari, tashxislash, konservativ va operativ davolash, asoratlari



Yüklə 44,23 Kb.
səhifə7/8
tarix22.03.2024
ölçüsü44,23 Kb.
#168992
1   2   3   4   5   6   7   8
Bachadon miomasi

Endometriozni davolash


Endometriozni davolashni eng oddiy, arzon va eng kam invaziv usullardan boshlash tavsiya etiladi.

Og’riqni qoldirish


Endometriozdagi og’riq sindromi bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada pasaytiradi, shuning uchun og’riqni bartaraf etishga yetarlicha e’tibor berish kerak. Buning uchun oddiy analgetiklar (paratsetamol) va NYQP ishlatiladi. 2003 yilda platsebo bilan taqqoslaganda algodismenoreyani davolashda NYQPning samaradorligini oshkor etuvchi sistematik tekshiruv o’tkazildi. Tadqiqotda qatnashgan ayollarning katta ulushi endometriozga uchraganligi juda muhim.
Kombinativ oral kontraseptivlarni og’riqli sindromda beradigan nafi borasida juda kam dalillar mavjud, ammo ular hozirgacha qo’llanilmoqda va samarali hisoblanadi.
Tadqiqot natijalariga asoslanib, progesteron preparatlari samaradorligi endometriozning tasdiqlangan tashxisiga ega bo’lganda qo’llaniladigan boshqa dorilar samaradorligi bilan bir xil. Ulardan ushbu kasallikda foydalanish yaxshi tolerantlik va oz sonli nojo’ya ta’sir tufayli mos bo’ladi.

Gormonal terapiya


Endometriozni medikamentoz davolash laparoskopik davolash usullari paydo bo’lishidan oldin amalda keng mavjud edi. Tasdiqlangan endometriozni davolash uchun samarasi isbotlangan asosiy dorilar quyidagilardir:

  • Progestin (progesteron) preparatlari, masalan, dienogest;

  • Monofazali kombinativ oral kontratseptivlar;

  • Danazol;

  • Gestrinon (Nemestran);

  • Gonadotropin rilizing-gormon agonistlari (masalan, Dekapeptil depo — mikrokapsulalangan triptorelin va diferelin — oddiy triptorelin).

Ushbu dorilarning birontasi eng yuqori samardorlikka ega ekanligi borasida dalillar yo’q. Tanlov nojo’ya ta’sirlar spektri, shaxsiy intolerantlik va narx asosida amalga oshiriladi. Ushbu dorilar jarrohlikka tayyorgarlik ko’rishda samara berishi haqida dalillar mavjud, shuningdek, operatsiyadan keyingi davrda ulardan foydalanish ancha uzoq og’riq qoldiruvchi ta’sir qilishi haqida ham.

Yüklə 44,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə