Bachadon miomasi sabablari, tashxislash, konservativ va operativ davolash, asoratlari



Yüklə 44,23 Kb.
səhifə2/8
tarix22.03.2024
ölçüsü44,23 Kb.
#168992
1   2   3   4   5   6   7   8
Bachadon miomasi

Gormonal kasalliklar
Mioma — gormonga bog’liq bo’lgan kasallikdir. Organizmda ayol gormonlari darajasi past bo’lganda, ya’ni jinsiy balog’atga yetishdan oldin va klimaks davriga kirgach, bachadon miomasi rivojlanishi ehtimoli juda kamdir. Estrogen gormonlar konsentratsiyasining me’yoridan ortiqligi mioma rivojlanishiga olib keladi.
Biroq, inson organizmida barcha gormonlar o’zaro bog’liqligini ham inobatga olish kerak va ko’pincha bachadon miomasi nafaqat estrogen konsentratsiyasining yuqoriligi, balki ayol jinsiy tizimining barcha gormonlari nozik muvozanatning buzilishi sabab paydo bo’lishi mumkin. Inson organizmida endogen estrogenga o’xshash moddalar aniqlangan va bachadon miomasi ularga huddi estrogenlarga kabi sezuvchanlikka egadir. Ushbu moddalar ksenoestrogenlar deyiladi va ularning mavjudligi, shuningdek, o’sma shakllanishiga turki bo’lishi mumkin.
Homiladorlik, tug’ish, abortlar soni
Mioma shakllanishi sababchisi sifatida gormonal o’zgarishlarning differentsial tashxisida ko’plab omillar hisobga olinadi, masalan, ayol menstrual davrining boshlanishi, menstrual siklning o’rtacha davomiyligi, homiladorliklar, tug’ruqlar soni, emizish muddati va umuman uning mavjudligi. Statistikaga ko’ra, kamida bitta farzand tuqqan ayollarda anamnezida tug’uqlar bo’lmagan ayollarga nisbatan miomaning paydo bo’lishi ehtimoli ancha past bo’ladi.
Oziqlanish ratsioni
Taomnoma kaloriyaligining yuqoriligi, to’yingan yog’ kislotalari va yuqori darajali qayta ishlangan mahsulotlarni iste’mol qilish, shuningdek, o’simlik tolalarini yetarli qabul qilmaslik kabi noto’g’ri ovqatlanish semizlikka olib keladi, bu esa bachadon miomasi xavfini oshiradi. Organizmda yog’ foizining ortiqchaligi gormonal muvozanatning buzilishi, xususan, androgenlarning kamayishi, estestrogenlarning esa oshishiga olib keladi. Bunday gormonal kasalliklar sezilarli darajada ham yaxshi sifatli (endometrioz, bachadon miomasi), ham reproduktiv tizimning yomon sifatli o’smalari va hatto ko’krak bezi saratoni rivojlanishi xavfini oshiradi.
Hayvonlar manbalaridan olingan oziq-ovqat iste’mol qilmaydigan ayollar bachadon miomasidan kamroq aziyat chekishadi. Bachadon miomasi shakllanishi xavfini kamaytirish uchun asosan murakkab uglevodlar, kamroq to’yingan yog’li oqsillar bilan oziqlanish, shuningdek, taomonomaga ko’proq sabzavot, meva, kam yog’li sut mahsulotlari kiritish tavsya etiladi. Tana vaznining 10 kg oshishi ayollarda bachadon miomasi rivojlanish xavfini 20 foizga oshiradi.



Yüklə 44,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə