Bachadon miomasi sabablari, tashxislash, konservativ va operativ davolash, asoratlari


Qin endometriozining sabablari va belgilari



Yüklə 44,23 Kb.
səhifə6/8
tarix22.03.2024
ölçüsü44,23 Kb.
#168992
1   2   3   4   5   6   7   8
Bachadon miomasi

Qin endometriozining sabablari va belgilari


Bachadon endometriozi nafaqat a’zoning bo’yiniga, balki qinga ham tarqalishi mumkin, ayniqsa, qinda yallig’lanish jarayonlari, yaralar, yuzaning yaxlitligini buzgan jarohatlar mavjud bo’lsa.
Kasallikning klinik ko’rinishi jinsiy aloqada qon ketish va og’riqli his-tuyg’ular, hayz kelishida og’riqning qinda joylashishidir.
Tashxislash bemorlarni ginekologik tekshiruvdan o’tkazish va tadqiq qilish uchun materiallar olish orqali amalga oshiriladi. Terapiya usuli — medikamentoz davolash, gormonal preparatlarni tayinlash, dorivor preparatlardan samara bo’lmagan holda, olib tashlash, kuydirish uchun jarrohlik muolajalari o’tkazishdir.

Endometriozning rektovaginal shakli


Kasallikning aralash shakli, bunda jinsiy a’zolarning shikastlanishi, bachadon tanasi, bachadon bo’yni, qin endometriozi birlashadi, endometrioid to’qimalarning to’g’ri ichak hududiga o’sib kirishi kuzatiladi.
Kasallikning bunday turi sezilarli og’riq sindromi bilan ajralib turadi, ayniqsa, defeksatsiya vaqtida, shuningdek, hayz ko’rish paytida najasda qon aralashmalari mavjudligi bu shaklga xosdir. Tashxis rektal tekshiruv yordamida qo’yiladi, davolash jarrohlik yo’li bilan amalga oshiriladi.

Qovuq endometriozi xususiyatlari


Qovuq (siydik pufagi) devorlarining endometriy bilan shikastlanishi kamdan-kam hollarda kuzatiladi. Kasallikning ushbu shakli rivojanishining sabablari orasida hayz paytida qonning endometriy hujayralari bilan retrograd otilishi, endometriyning bachadon devor orqali o’sib chiqishi, boshqa a’zolarning endometrioid kistalari bilan hujayralar tarqalishi ajratiladi.
Ba’zan kasallik alomatlarsiz tarzda kechishi va faqatgina boshqa ko’rsatmalarga ko’ra qorin bo’shlig’i jarrohligini qo’llashda tashxislanishi mumkin. Biroq, qovuqning orqa devorida yoki siydik yo’li teshigida endometriy o’sishi qayd qilinganda siydik chiqarishda og’riq, qiynchiliklar, undashning tezlashuvi, og’irlik hissi yuzga kelishi mumkin, ayniqsa hayzdan oldingi davrda.
Bunday klinik tasvir ko’pincha sistit deya noto’g’ri tashxis qo’yish va shunga tegishli davolash choralarini qo’llashga sabab bo’ladi. Sistitni davolash choralariga javob qaytarmaydigan ushbu kasallik rivojlanib borishi bilan siydikda qon paydo bo’ladi, og’riq kuchayadi. Tashxisini to’g’ri shakllantirishni osonlashtirish uchun, alomatlar va hayz siklining korrelyatsiyasiga e’tibor berish kerak. Yakuniy tashxis sistoskopiya usuli yordamida qo’yiladi.

Yüklə 44,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə