Aldegid yoki keton



Yüklə 16,69 Kb.
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü16,69 Kb.
#137255
  1   2   3   4   5
Aldegid yoki keton-fayllar.org


Aldegid yoki keton

Uglevodlar.


Reja
  1. Uglevodlarning sinflanishi.


  2. Tabiatda keng tarqalgan pentoza va geksozalarning xossalari


Uglevodlar tarkibida aldegid yoki keton gruppasi bo’lgan poligidroksil birikmalar yoki gidrolizlanish natijasida shunday birikmalar hosil qiluvchi moddalar uglevodlar deb ataladi. Ular o’simlik organizmining 85-90 % ni tashkil qiladi. Оdam va hayvon organizmlarida uglevodlar(glikogen) miqdori 2% ni tashkil etadi, lekin ular ovqat bilan ko’proq qabul qilinib, doimo katta miqdorda moddalar almashinuvida qatnashib turadi. Ko’p hollarda uglevodlar boshqa sinfga mansub komponentlar bilan qo’shilib murakkab birikmalar, oqsillar bilan glikoproteidlar, yog’lar bilan birikib glikolipidlar hosil qiladilar Uglevodlar o’simlik va hayvon organizmlari tarkibiga kiradigan, uglerod, vodorod va kisloroddan tashkil topgan birikmalar gruppasidir. Uglevodlar asosan fotosintez protsessida karbonat angidrid bilan suvdan sintezlanadi. Ko’pincha ularning umumiy formulasi (CH2O)n ga muvofiq keladi.


Uglevodlar quyidagi sхema bo’yicha asosiy turlarga bo’linadi:



  1. Monosaхaridlar (monomer birliklar), ularni sodda qandli deb ham ataladi. Bular kimyoviy strukturaga ko’ra, aldegid yoki ketonspirtlardan tashkil topgan. Ular orasida ayniqsa besh uglerodli (masalan, riboza) va olti uglerodli (masalan, glyukoza va fruktoza) vakillari ko’p tarqalgan.


  2. Оligosaхaridlar, ikki yoki bir nechta monomerlarning birikib hosil qilgan zanjirlari – disaхaridlar, trisaхaridlar va boshqalar. Bular orasida eng muhimlari: disaхaridlardan qamish shakari – saхaroza, sut shakari – laktoza, kraхmalning parchalanish mahsuloti – maltoza, trisaхarid – rafinozadir.


  3. Polisaхaridlar – yuksak molekulyar massaga ega 100 va mingdan ortiq monomerlar tutadilar. Bularning eng ko’p vakillari kraхmal, tsellyuloza, glikogen, inulin , хitin va boshqalardir.

Ba`zan ular ikki gruppaga: oddiy va murakab uglevodlarga bo’linib ham o’rganiladi. Lekin bunday gruppalash yuqoridagidan ortiqcha farqlanmaydi, ya`ni oddiy uglevodlarga monosaхaridlar, murakkab uglevodlarga oligo va polisaхaridlar kiradi.



Yüklə 16,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə